29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 23:10
Jamiyat 👁 435

Turli yillar davomida yoshlar tashkilotlarida ishlagan sobiq hamkasblarning uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Turli yillar davomida yoshlar tashkilotlarida ishlagan sobiq hamkasblarning uchrashuvi boʻlib oʻtdi

Yoshlar taʼlim-tarbiyasi barcha davrlarda ham jamiyatning eng muhim vazifalaridan biri boʻlib kelgan. Kelajak avlodning bilimli, qatʼiyatli va jamiyatning faol aʼzosi boʻlib voyaga yetishi mamlakatning yorugʻ kelajagini belgilaydi. Oʻzbekistonda ham yoshlarning har tomonlama rivojlanishi, jamiyatdagi oʻz oʻrnini mustahkamlashlariga koʻmaklashish maqsadida turli tashkilotlar tuzilgan. Mustaqillikdan keyin turli davrlarda tashkil qilingan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi va “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati hamda hozirda faoliyat yuritayotgan Yoshlar ishlari agentligi yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashda muhim vosita boʻlgan va shunday boʻlib kelmoqda.

Koʻp yillar davomida Amudaryo tumanidagi yoshlar tashkilotlarida faoliyat yuritib, ayni kunlarda nafaqada, keksalik gashtini surayotgan bir guruh kasbdoshlar va maslakdoshlar har yili yigʻilib, diydorlashishni odat qilishgan. Bu yil ham ushbu anʼana davom ettirilib, faxriylar Mangʻit shahridagi “Istiqlol” toʻyxonasida uchrashdilar.

Umrining navqiron yillarini yoshlar tarbiyasidek sharafli va mashaqqatli kasbga bagʻishlagan nuroniylar bugun ham jamiyat taraqqiyotiga hissa qoʻshishni oʻzlarining doimiy burchi va vazifasi deb bilishadi. Ular oʻz bilim va tajribalarini yangi avlodga oʻrgatib, yoshlarni yorugʻ kelajak sari ruhlantirishni, bu yoʻlda ularga ustozlik va murabbiylik qilishni oʻz oldlariga maqsad qilib qoʻyishgan.

Tadbirda “Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlimi boshligʻi Bekman Allaberganov, mehnat faxriylari, uzoq yillar yoshlar tashklotlarida turli lavozimlarda samarali faoliyat yuritgan Yangiboy Rajabov, Soliy Yoʻldoshev, Sobir Boltayev, Ozod Tojimurodov, Gulchehra Otaboyeva, Xonimjon Rajabova, Gulasal Oʻrozimbetova, Farhod Matkarimov va boshqalar tadbirda soʻzga chiqib, oʻzlari ishlagan davrlarni esga oldilar va bugun yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar, ularga berilayotgan imtiyoz va imkoniyatlar haqida toʻlqinlanib soʻzladilar.

Uchrashuvda yoshlik davrlarining qizgʻin xotiralari, mashaqqatli mehnat yoʻllari va birgalikda oʻtkazilgan shonli kunlar yodga olindi. Doʻstlar davrasida hamkasblar va maslakdoshlar bir-birlari bilan olis yillarni eslab, saflarini barvaqt tark qilgan doʻstlari ruhiga Qurʼon tilovat qilishdi. Bu kabi diydorlashuv onlarida sobiq hamkasblar oʻrtasidagi samimiy doʻstlik va birodarlik tuygʻulari yanada mustahkamlangan boʻlsa, ajab emas.

Tadbirda sobiq Ittifoq davridagi Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasining yoshlar tashkiloti, yaʼni “Komsomol” safida ishlagan, bugun 70-80 yoshdan oshgan nuroniy otaxon va onaxonlardan tortib, bugungi kunda Yoshlar ishlari agentligida faoliyat yuritayotgan navqiron yoshlargacha ishtirok etishdi. “Avlodlar uchrashuvi” nomini olgan bu tadbir har bir ishtirokchida bir olam taassurotlar qoldirdi.

Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, 1918-yilning xuddi shu sanasida, yaʼni 29-oktyabr kuni ishchi va dehqon yoshlar ittifoqlarining I Butunrossiya sezdi boshlangan. Unda Rossiya kommunistik yoshlar ittifoqi tashkil etilgan. Tashkilot keyinchalik Lenin kommunistik yoshlar ittifoqi, 1926-yil mart oyidan boshlab Butunittifoq Lenin Kommunistik Yoshlar Ittifoqi deb yuritilgan. Sobiq Sovet Ittifoqi parchalanib ketishi bilan komsomol tashkiloti ham tugatildi.

1991-1996-yillarda bu tashkilot oʻrnida Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi faoliyat yuritdi. Keyinchalik, 1996-yilda mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimov Farmoni bilan “Kamolot” jamgʻarmasi tuzildi. 2001-yilda esa u “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiga aylantirildi. 2017-yilda “Kamolot” tugatilib, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuzildi, keyin esa bu tashkilotning vazifalari yanada kengaytirilib, u Yoshlar ishlari agentligiga aylantirildi.

Ushbu tizimdagi tashkilotlarda faoliyat yuritib, ayni kunlarda nafaqada boʻlgan nuroniylar hozir ham kelajak avlod tarbiyasiga befarq emaslar. Ular oʻzlarining hayotiy tajribalari, bilimlari va ajdodlardan meros boʻlib kelayotgan milliy urf-odat va anʼanalarimizni yoshlarga oʻrgatishi orqali jamiyatning maʼnaviy-axloqiy asoslarini mustahkamlashga hissa qoʻshib kelmoqdalar. Qolaversa, oilaviy qadriyatlarni, oʻzaro hurmat va insoniylik tuygʻularini yoshlar oʻrtasida targʻib qilib, bu orqali yoshlarning maʼnaviy dunyosini boyitish, ularni oʻz hayotiy pozitsiyalariga ega boʻlgan shaxslar qilib tarbiyalashda ham jonbozlik koʻrsatmoqdalar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026