30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 06:04
Jamiyat 👁 372

Yashil maydonlar hududi kengaymoqda

Yashil maydonlar hududi kengaymoqda

Iqlim oʻzgarishi dunyo miqyosida jiddiy ekologik va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarmoqda. Uning salbiy oqibatlari — havo haroratining oshishi, choʻllanish, suv resurslarining tanqisligi va bioxilma-xillikning qisqarishi — barcha mamlakatlar, jumladan, Oʻzbekiston uchun ham jiddiy muammoga aylanmoqda. Bu muammolarni yumshatish uchun eng samarali va tabiiy yechimlardan biri daraxtzorlarni koʻpaytirishdir.

Daraxtlar tabiatning bebaho neʼmati boʻlib, ularning iqlim oʻzgarishini yumshatishda tutgan oʻrni beqiyosdir. Ular karbonat angidridni oʻzlashtirib, kislorod ishlab chiqaradi, bu esa havodagi issiqxona gazlari kontsentratsiyasini kamaytiradi. Shaharlar va qishloqlarda daraxtzorlar yozning issiq kunlarida havo haroratini moʻʼtadillashtiradi. Qolaversa, daraxtlar tuproq eroziyasining oldini oladi va suv resurslarini saqlashga yordam beradi. 

Shu sababli ham yurtimizda Prezidentimiz tashabbusi bilan bir necha yillardan beri “Yashil makon” umummilliy aktsiyasi oʻtkazilib, bu ishlarda jamoatchilik faol ishtirok etib kelmoqda. Mana shunday xayrli ishga hissa qoʻshish maqsadida Qoraqalpogʻiston Respublikasi “Nuroniy” jamgʻarmasi boshligʻi Tursunboy Abdujabbarov va jamgʻarmaning Amudaryo tumani boʻlimi rahbari Bekman Allaberganovlar bir guruh mahalla faollari bilan birgalikda tuman hokimligi binosi atrofida ajratilgan maxsus dalaga daraxt koʻchatlarini oʻtqazdilar.

Nuroniylar taʼkidlaganlaridek, daraxt ekish — ajdodlarimizdan meros boʻlgan azaliy qadriyatlardan biridir. Xalqimizning bayram va marosimlarida, ayniqsa, bahorda va erta kuzda koʻchat ekish ishlari anʼanaga aylangan boʻlib, buning zamirida nafaqat tabiatga hurmat, balki kelajak avlod uchun qulay muhit yaratish maqsadi ham mujassamdir. 

Chindan ham, ekologik muammolarni hal etishda yashil maydonlarning ahamiyati nihoyatda katta. Har yili bahor va kuz fasllarida “Yashil makon” umummilliy harakati doirasida mamlakatimiz boʻylab millionlab daraxtlar ekilib, ekologik barqarorlikni taʼminlashga hissa qoʻshilayotgani atrof-muhit havosining yaxshilashi va aholi salomatligining mustahkamlanishida muhim omil boʻlishi shubhasiz.

“Yashil makon” umummilliy harakatida ovul va mahallalar ahli ham hamjihatlikda faol ishtirok etmoqda. Daraxtlar ekish va bogʻlar barpo etish ishlariga Amudaryo tumanining Choykoʻl ovuli aholisi ham oʻz hissalarini qoʻshmoqda. Fuqarolar yigʻini maʼmuriyati, “Mahalla yettiligi” aʼzolari va ovul faollari Choykoʻl OFY binosi hududidagi maydonda hamjihatlik bilan mahalla bogʻini barpo qildilar. Avvalo, ekin maydoni begona oʻtlardan tozalanib, qondirib sugʻorildi. Yer tayyor boʻlgach, mahalla faollari koʻchat ekish ishlariga kirishdilar. Ularga tumandagi davlat organlari va jamoat tashkilotlari xodimlari ham yordamga keldi.

Fuqarolar yigʻini binosi atrofidagi maxsus ajratilgan maydonga mevali va manzarali daraxtlarning koʻchatlari tartib bilan ekilib, yangi bogʻ tashkil etildi. Bu jarayonda aholi bir tan-u bir jon boʻlib harakat qildi. Nuroniy otaxon va onaxonlar, ovul faollari va yoshlar oʻzining fidokorona mehnati bilan mahalla bogʻini yaratish ishlarida faol ishtirok etdilar. 

Shunisi eʼtiborliki, yangi bogʻga hududning iqlim sharoitlariga mos koʻchatlar tanlab ekildi. Bogʻning barqaror rivojlanishini taʼminlash, sugʻorish va parvarishlash ishlarini muntazam tashkil qilish maqsadida tajribali bogʻbonlar biriktirildi.

“Yashil makon” umummilliy harakati doirasida tumanning boshqa ovul va mahallalarida, mehnat jamoalarida ham bu kabi tadbirlar uzluksiz davom etmoqda. Bunday loyihalar nafaqat ekologik muhitni yaxshilash, balki jamiyatda birlashuv va ijtimoiy masʼuliyat tuygʻusini shakllantirishda ham muhim rol oʻynaydi. 

Choykoʻl ovul fuqarolar yigʻini maʼmuriy binosi yonida bogʻ barpo qilishdek ovul aholisining ushbu xayrli tashabbusi mahalla hududini yanada obod qilishga hissa qoʻshib, kelajak avlod uchun sogʻlom va qulay yashash muhitini yaratish yoʻlida muhim qadam boʻladi. 

Aziz yurtdoshlar! Har birimiz ushbu hayrli harakatda faol ishtirok etib, tabiatga boʻlgan masʼuliyatimizni amalda namoyon etish orqali uyimiz atrofida, koʻchamizda va ishxonamizda yashil maydonlarni koʻpaytirishga hissa qoʻshaylik!

Kuz fasli — daraxtlar koʻchatlari va qalamchalarini ekish uchun eng maqbul davr hisoblanadi. Bu vaqtda tabiat sukunatga ketar ekan, daraxtlar tuproqqa yaxshi moslashadi va kelgusi yil bahorida tez oʻsishni boshlaydi. Keling, har birimiz kamida oʻn tup daraxt koʻchatini ekaylik. Daraxtlar nafaqat tabiatning koʻrki, balki iqlim oʻzgarishining salbiy oqibatlariga qarshi samarali vosita ekanini unutmaylik. “Yashil makon” umummilliy harakatida faol ishtirok etib, jannatmakon diyorimizni obod va koʻkalamzor goʻshaga aylantiraylik!

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026