29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 03:37
Jamiyat 👁 333

FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRLIGI FAXRIYLARI IShTIROKIDA “UCh AVLOD UChRAShUVI” TADBIRI OʻTKAZILDI

FAVQULODDA VAZIYaTLAR VAZIRLIGI FAXRIYLARI IShTIROKIDA “UCh AVLOD UChRAShUVI” TADBIRI OʻTKAZILDI

Yer sayyorasida global iqlim oʻzgarishlari avj olayotgan, insoniyat deyarli har kuni turli ekologik falokatlarga duch kelayotgan bir davrda aholini yuz berishi mumkin boʻlgan xavf-xatarlardan ishonchli himoya qilish Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari zimmasidagi masʼuliyatni yanada oshiradi. Chunki soha xodimlarining ogohligi, yuksak bilim va taktik mahorati bilangina har qanday xavf-xatarning oldi olinadi.

Shu bois, soha xodimlarining bilim va mahoratini tizimli ravishda oshirib borish bilan birga olingan bilimlarni amaliyotda qoʻllash, aholi, ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlodga favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda qanday harakatlanish haqida kerakli maʼlumotlar berish, mazkur sohaga qiziquvchi yoshlar bilan maʼrifiy suhbatlar tashkil etishga alohida eʼtibor qaratiladi. Bu borada Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Amudaryo tuman boʻlimi tomonidan amalga oshirilayotgan maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar ham ahamiyatga molik.

Yaqinda Amudaryo tuman madaniyat boʻlimi binosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Faxriylar Kengashi raisi boshchiligida boʻlib oʻtgan “Uch avlod uchrashuvi” tarzidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir ham ishtirokchilarning bilim va koʻnikmalarini yanada oshirishga xizmat qilgani bilan ahamiyatli boʻldi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining ish rejasiga asosan favqulodda vaziyatlarda aholini ishonchli muhofaza qilish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni Favqulodda vaziyatlar sohasiga qiziqtirish maqsadida tashkil qilingan uchrashuvda Amudaryo tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimi xodimlari, mazkur boʻlimda uzoq yillar ishlab nafaqaga chiqqan isteʼfodagi xodimlar Otamurod Oʻrozaliyev, Baxtiyor Qoʻshboyevlar hamda tumanning turli mahallalaridan tashrif buyurgan ushmagan yoshlar va umumtaʼlim maktablarining yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favaqulodda vaziyatlar boshqarmasi Faxriylar kengashi raisi, isteʼfodagi podpolkovnik Tohir Yoʻldoshev ishtirokchilarga mamlakatimizdagi favqulodda vaziyatlar sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlovchi oʻrta maxsus va oliy oʻquv yurtlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar hamda favqulodda vaziyatlar xodimlarining zimmalaridagi burch va masʼuliyatlari xususida keng tushunchalar berdi.

Uchrashuvda Favqulodda vaziyatlar sohasi faxriylari Otamurod Oʻrozaliyev va Baxtiyor Qoʻshboyevlar oʻz kasbiy faoliyatlari davomida sodir boʻlgan voqea-hodisalar, murakkab vaziyatlarda amalga oshirgan ishlari haqida yoshlarga qiziqarli hikoyalar aytib berishib, xalqimizni favqulodda vaziyatlarda ishonchli himoya qilish, ularning salomatligi, mol-mulki daxlsizligini muhofaza etish soha vakillarining burchi ekanligini taʼkidladilar va yoshlarni ushbu kasb egasi boʻlishga daʼvat etdilar.

Oʻz navbatida mazkur sohaga qiziquvchi yoshlar ham masʼullarga savollar bilan murojaat qildilar. Yoshlarni qiziqtirgan savollarga masʼullar batafsil javoblar berish bilan birga, favqulodda vaziyatlar xodimi boʻlish shunchaki oddiy kasb emas, ayniqsa, yosh yigit-qizlar, har bir inson uchun nihoyatda sharafli ekanligini, favqulodda vaziyatlar xodimi oʻz kasbiy faoliyatini amalga oshirish orqali nafaqat xalqini, balki ona Vatanini tabiiy va texnogen tusdagi ofatlardan himoya qilishini, bu orqali el-yurt farovonligi, mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan taraqqiyotini taʼminlashga munosib hissa qoʻshishini taʼkidladilar.

Samimiy muloqot va qiziqarli savol-javoblar bilan oʻtgan “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri yakunida bir guruh yoshlar kelgusida Favqulodda vaziyatlar Vazirligi tizimida oʻqish istagini bildirdilar.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026