29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 03:25
Jamiyat 👁 473

“KAMBAGʻALLIKDAN – FAROVONLIK SARI” DASTURINI AMALGA OShIRIShGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

“KAMBAGʻALLIKDAN – FAROVONLIK SARI” DASTURINI AMALGA OShIRIShGA BAGʻIShLANGAN YIGʻILISh OʻTKAZILDI

Xalqimizning oʻziga xos milliy-maʼnaviy qadriyatlari, asrlar sinovidan oʻtgan biri-biridan goʻzal urf-odatlari dunyo xalqlarini oʻziga rom etib keladi. “Qoʻshni – qoʻshniga qoʻl-qanot”, “Bir oila obroʻsi mahalla ahli uchun sharaf”, “Mahalla – mehr-oqibat maskani”, “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” kabi hikmatlarni oʻzlarining hayot tamoyillariga aylantirgan mahalladoshlar hech qachon biri-biridan koʻngil uzishmaydi va biri-birini yolgʻiz tashlab qoʻyishmaydi. Ayniqsa, kamxarj oilalarni qoʻllab-quvvatlash, bunday oilalar farzandlarining oʻqib, bilim olishlari, kasb-hunar oʻrganishlari uchun koʻmaklashish hamisha mahalladoshlarning zimmalaridagi insoniy burchlari boʻlib kelgan va bu burch va masʼuliyat tuygʻusi xalqimiz uchun ona Vatanga muhabbat tuygʻusi bilan hamohangdir.

Muhtaram Prezidentimizning 2024-yil 25-noyabrda qabul qilingan “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori mohiyatan mahalla institutining oʻziga xos xalqona qadriyatlarni yanada mustahkamlash borasidagi nufuzini oshirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.

Unga koʻra, keksa avlod vakillarining bilim va katta hayot tajribalaridan foydalangan holda 3 nafar nuroniyni 5ta kambagʻal oilaga biriktirish orqali ularning tomorqa xoʻjaligini samarali yuritishlari uchun shart-sharoitlar yaratishga koʻmaklashish, farzandlarining bilim olishlari, kasb-kor egallashlari borasida toʻgʻri yoʻl-yoʻriqlar berish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida “Nuroniylar va ota-onalar Kengashi” aʼzolari ishtirokida oilalarda tinchlik-xotirjamlikni taʼminlash, koʻchma doʻkonlar, kichik oilaviy tadbirkorlik yoʻnalishlari boʻyicha faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishlarida fuqarolarni “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda doimiy qoʻllab-quvvatlash kabi vazifalarni amalga oshirish belgilangan.

Joriy yilning 3-dekabr sanasida Amudaryo tuman hokimligining katta majlislar zalida tumandagi barcha ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, “Mahalla yettiligi” aʼzolari, “Nuroniy” jamgʻarmasi jamoatchilik Kengashi aʼzolari va faol nuroniylar ishtirokida boʻlib oʻtgan kengaytirilgan yigʻilishda masʼullar tomonidan mazkur Qarorning mazmun-mohiyati, undan kelib chiqadigan vazifalar va “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida tumandagi barcha ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida tashkil etilayotgan “Nuroniylar va ota-onalar Kengashi” aʼzolarining mahalla ahli hayotidagi oʻrni xususidagi masalalar boʻyicha maʼlumot va tavsiyalar, zarur tushunchalar berildi.

Yigʻilishda Amudaryo tuman hokimining oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, “Nuroniy” jamgʻarmasi jamoatchilik Kengashi raisi Bekman Allamberganov va boshqalar soʻzga chiqib, “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishda nuroniylar oʻzlariga birkitilgan kambagʻal oilalar farzandlarining bilim olish, kasb oʻrganishga boʻlgan qiziqish va iqtidorlariga muvofiq ularni usta va hunarmandlarga shogirdlikka berish, xorijiy tillarni oʻrganishlari uchun sharoitlar yaratish, koʻchma doʻkon va kichik ishlab chiqarish uskunalarini xarid qilishni xohlagan oilalarga mahalladagi hokim yordamchisini jalb qilgan holda boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini yaratish, farzandlari OTMlarda taʼlim olayotgan oilalarni tegishli jamgʻarmalar orqali qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrishga masʼuliyat bilan yondashish zarurligi haqida batafsil maʼlumotlar berdilar.

Shuningdek, yigʻilishda mazkur dastur doirasida ovul va mahallalarda salomatlik uchun piyoda yurish, kamxarj oilalardagi nuroniylar va yoshlar ishtirokida turli koʻngilochar sport tadbirlarini tashkil etish, sogʻlom turmush tarzi targʻibotini doimiy ravishda amalga oshirish, ayniqsa, kambagʻal oilalar farzandlarining turli sport musobaqalarda qatnashishlari uchun tegishli manbalar orqali mablagʻlar ajratilishini taʼminlash borasida qimmatli fikrlar ham bildirildi.

Yigʻilishda “Kambagʻallikdan farovonlik sari” dasturi doirasida Amudaryo tumani boʻyicha amalga oshiriladigan vazifalar yuzasidan rejalar belgilanib, tegishli qaror qabul qilindi.

Robiya Yoʻldosheva.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026