14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 15:24
Jamiyat 👁 2,824

AKA-UKA JANGChILAR YoDI

AKA-UKA JANGChILAR YoDI

Xitoy qishlogʻida istiqomat qilayotgan Ollambergan Doʻsmanovlar xonadonida ikki aka-uka Sobir va Norboy Ollamberganovlar oʻsib-ulgʻayib, voyaga yetayotgan kunlarning birida, aniqroq qilib aytganda 1942-yil iyun oyining ikkinchi yarmida, ayni oʻrik va bugʻdoy pishiqchiligi boshlangan kunlarda toʻngʻich oʻgʻil Sobir Ollamberganov nomiga Qipchoq rayon harbiy komissariatidan jangga otlanish toʻgʻrisidagi chaqiruv qogʻozi keladi. Sobir bu paytda endigina yigirma bir yoshga kirgan navqiron yigit edi. Shu kundan eʼtiboran Sobir va uning ovuldagi tengqur doʻstlari hamda butun Qipchoq rayonidan yigʻilgan uch yuzdan ortiq yigitlar Qipchoq pristanidagi paroxod barjasiga minib, Amudaryo orqali Orol dengizi tomon yoʻl oldilar. Orol dengizidan ham oshib oʻtib, Gurev portiga tutashgan temir yoʻl orqali poyezd eshelonidagi bir necha minglab boʻlgʻusi jangchilar bilan hafta-oʻn kun davomida uch yarim ming kilometr yoʻlni bosib oʻtib, Smolenskka yetib keldilar va qoʻllariga qurol olib, jangga kirdilar.

Bu paytda dushman Leningradni nihoyatda kuchli va keng qoʻlamda qamal qilib turgan edi. Harbiy buyruq boʻyicha mana shu dushmanning mustahkam qamal xalqasini yorib oʻtish kerak edi. Beayov va beomon janglar kecha-yu kunduz, oylar davomida olib borildi. Shiddatli janglarning birida yosh jangchi ogʻir yarador boʻladi. Harbiy dala gospitalida ancha vaqt davolangach, Sobir Ollamberganovning jang maydonlariga kirish imkoniyati pastligini eʼtiborga olib, harbiy askarlikdan boʻshatiladi va oʻzi tugʻilib oʻsgan Xitoy qishlogʻiga qaytariladi. U yarador boʻlgan paytda chap koʻzidan ayrilgan edi. 1944-yil boshidan boshlab u Xitoy uchastka aloqa boʻlimini to umrining oxirigacha 1974-yilgacha 30-yil davomida boshqardi. U garchand 53-yil umr koʻrsa-da, Vatan himoyasi yoʻlida va tinchlik yillarida xalqqa pochta hamda aloqa xizmati koʻrsatish yoʻlida oʻzining bor kuch-gʻayratini ayamay mehnat qildi.

Hayotdagi faollik, halollik va fidoyilik qahramonimiz Sobir Ollamberganovdan uning ukasi Norboy Ollamberganov hayotiga toʻla-toʻkis oʻtgan edi. U oʻn toʻqqiz yoshida, yaʼni 1943 yil iyun oyida eldosh tengqurlari bilan birgalikda nemis-fashist bosqinchilariga qarshi jangga otlandi.

Ular 3-Boltiqboʻyi fronti tarkibidagi oʻqchilar diviziyasida hech qanday harbiy taktika tayyorgarliklarisiz toʻgʻridan toʻgʻri jangmaydoniga kirib ketdilar. Chunki, dushmanga qarshi boshlangan yalpi shiddatli janglarning har bir daqiqasi yo hayot, yo momot degani edi. 1943-yilning ikkinchi yarmidan boshlab bir necha minglab kilometrga choʻzilgan barcha front liniyalaridagi jang maydonlarida nemis-fashist bosqinchilariga qarshi yalpi yurish boshlangan boʻlib, ular bosib olgan hududlardan shiddat bilan siqib chiqarishga kirishilgan va birin-ketin ozod qilingan shaharlar va qishloqlar soni koʻpayayotgan edi. Endi navbat Boltiqboʻyi Respublikalarini – Latviya, Litva va Estoniyani ozod qilishdek harbiy-tarixiy majburiyat va burchni bajarish jangchilarimiz zimmasiga yuklatilgan edi. Avvalo Kyonigsberg (Kaliningrad)ni ozod qilish kerak boʻldi. Bu yerda dushman juda mustahkam istehkom oʻrnatgan boʻlib, har bir qarich yerni egallash uchun juda koʻp qurbonlar berishga toʻgʻri keldi. Jon olib, jon berilayotgan bu qattiq janglarda fashistlardan ham anchasi qirgʻin qilindi.

Bu yuzma-yuz beayov olishuv nihoyat dushmanning taslim boʻlishi bilan yakun topdi va nihoyatda mustahkam istehkom shahri boʻlgan Kyonegesberg shahri nemis-fashist bosqinchilaridan ozod qilindi. Keyin birin-ketin Tallin, Vilnyus va Riga shaharlari dushmandan ozod qilinib, nemis-fashist bosqinchilari gʻarbga – Germaniya tomon shoshilinch ravishda chekina boshladilar.

Ammo qahramonimiz Norboy Ollamberganov ikki kun oldin chap oyoq tizzasidan qattiq yarador boʻlgan edi. Shunga qaramay, tizzasini dori darmon qilib bint bilan bogʻlagan holda janglarda qatnashdi va qator jasorat namunalarini koʻrsatdi. Lekin ogʻriq zoʻraygandan zoʻrayib, oxiri dala gospitalida davolanishga majbur boʻldi. Harbiy vrach chap oyoq tizzasida gangrena paydo boʻlishining oldini olish uchun barcha choralarni koʻrdi. Besh oy davom etgan davolash muolaja ishlari oʻzining ijobiy natijasini koʻrsatdi. Ammo tizzani bukish-yozish harakatlari juda qiyinlashdi va chap oyoq oʻng oyoqqa nisbatan besh-olti santimetrga kalta boʻlib qoldi. Buni inobatga olgan gospitalning bosh harbiy vrachi Norboy Ollamberganovning urush harakatlarida qatnashish imkoniyati pastligi boʻyicha dviziya qoʻmondoniga tahlil-hisobot berdi. Shunga asosan dviziya qoʻmondoni Norboy Ollamberganovning urush harakatlariga yaroqsizligi boʻyicha buyruq berdi. 1944-yil yozida u jonajon Xitoy qishlogʻidagi ota-onasi va akasi Sobir Ollamberganov bagʻriga omon-eson qaytib keldi.

Oradan koʻp oʻtmay 2-Qipchoq MTSiga hisobchi boʻlib ishga kirdi. Bunda uning hisob-kitob ishlarida bilimdonligi juda qoʻl keldi. Soʻnggi yillarda mazkur korxona bosh hisobchisi oʻrinbosari, bosh hisobchi boʻlib ishladi. Keyin 1-Mangʻit MTS bosh hisobchisi boʻlib xizmat qildi. Mangʻit shahridagi maishiy xizmat koʻrsatish korxonasida bosh hisobchi va muhandis iqtisodchi vazifalarida mehnat qilib, hisob-kitob ishlarining ustasi sifatida tanildi.

Ikkinchi jahon urushida koʻrsatgan jasoratlari uchun qator medal va faxriy yorliqlar bilan mukofotlandi.

Bu gʻoyat mehnatsevar va favqulodda gʻayrat-shijoatli inson oilaparvar ham edi. U sevimli rafiqasi Tozagul Jabborbergan qizi bilan umrguzaronlik qilib, toʻqqiz nafar solih farzandlarni dunyoga keltirishdi va ulardan yuz nafardan ziyod nevara, chevara va evara koʻrishdi. Bu solih farzandlar marhum Norboy Ollamberganov va marhuma Tozagul Jabborbergan qizining avlodlari bardavomligidan hamda bu yangi avlodlar vakillarining kelajagi porloq, baxtu saodatli ekanligidan darak beradi. Ular oʻzlarining jasoratli, matonatli ota-bobolari xotirasini hech qachon unutmaydilar va ularning ruhi poklariga hamisha duo qilib turadilar. Shu bois ota-bobolar xotirasi hech qachon oʻchmaydi.

Qobul ShOMURODOV.

Urush qahramoni el ardogʻida

Har bir davr, har bir zamon yoshlar hayoti oldiga oʻz talablari, vazifalari, burch va majburiyatlarini qoʻyadi. Ikkinchi jahon urushi yillari oʻsha davr yoshlari zimmasiga nemis-fashist bosqinchilaridan Vatanni himoya qilish va ular bosib olgan mamlakat hududlaridan bu yovuz gʻanimlarni butunlay quvib chiqarishdek tarixiy missiyani amalga oshirish vazifasi va majburiyati yuklatilgan edi. Urush yillari yoshlari oʻz oldlariga qoʻyilgan bu buyuk tarixiy vazifa va majburiyatlarini kerak boʻlsa oʻzlarining aziz jonlarini - hayotlarini tikib, hayratlanarli darajada toʻla-toʻkis bajardilar va urush davrinig chinakam qahramonlariga aylandilar.

Mangʻitlik Sobir ota Nurullayev mana shunday urush davri qahramonlaridan biridir. U ayni kunda Mangʻit shahridagi Navoiy nomli mahallada yetti nafar farzandlari, yuz nafarga yaqin nevara, chevara va evaralari davrasida toʻqson ikkinchi bahorning faraxbaxsh kunlarida baxt-u saodatli hayot kechirmoqda.

Sobir ota Nurullayev 18 yoshida, 1942-yilning 28-sentyabrida gitlerchi bosqinchilarga qarshi jangga otlandi. Urushga kirish oldidan u Omsk shahridagi tankchilar harbiy bilim yurtida tahsil olib, tankni boshqarish va manyovrlar qilish taktikasini puxta egallagan edi. Jang qizigandan qizib, butun front boʻylab dushmanga qarshi yalpi yurish boshlandi. Lekin dushman ham osonlikcha chekinmasdi. Jon-jahdi bilan qarshilik koʻrsatib, qanchadan-qancha harbiy texnikalarga jiddiy talofat yetkazdi. Minglab vatanparvar jangchilar hayotiga zomin boʻldi. Negaki, gitlerchi bosqinchilar oʻsha davrdagi eng soʻnggi harbiy texnika vositalari bilan tish-tirnogʻigacha qurollangan edilar-da. Baribir dushman har qancha harbiy qudrat bilan qarshilik koʻrsatsa-da, front boʻylab davom etayotgan yalpi yurish shiddati va jangchilarimizning mislsiz jasoratlari-yu matonatlaridan ustun kelolmadi.

1944-yil davomida butun Ukrainadan yogʻiylar haydab chiqarilib, gʻalaba bayrogʻi tikildi. Keyinchalik Ruminiya, Polsha va Chexoslovakiya yerlarida joylashib olgan dushmanning juda katta kuchlariga ketma-ket betoʻxtov qaqshatqich zarbalar berib, urush olovini yoqqan gitlerchilarni beayov siqib borib, dushmanni oʻz makonida butunlay va uzil-kesil halokatga uchratishdek vazifa ham tez orada, yaʼni 1945-yilning dastlabki toʻrt oyi ichidayoq sharaf bilan ado etildi.

Sobir ota Nurullayevning koʻksini bezab turgan jangovar orden va medallar urush yillaridagi jasoratga toʻla shavkatli jang maydonlarini eslatuvchi xotirot nishonalari boʻlib qoldi.

- Urush va urushdan keyingi yillarda qator medallar bilan, yaqinda esa "Ikkinchi jahon urushidagi Gʻalabaning 70-yilligi” esdalik yubiley medali bilan mukofotlandim, - deydi Sobir ota Nurullayev faxru iftixor bilan bizga yuzlangan holda. Albatta bu davlat mukofotlari nishonalari va ramzlari Sobir ota Nurullayevning hayotdagi faolligiga, urush va mehnatdagi jasoratlari hamda matonatlariga berilgan munosib eʼtibor va bahodir.

Bugungi dorilomon kunlarda Sobir ota har tongda mustaqilligimiz abadiy boʻlishini, doimo yurtimizda tinchlik va obodlik hukm surishini Yaratgandan soʻrab, duolar qilishdan aslo charchamaydi.

Qobul ShOMURODOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019