30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:05
Qishloq xoʻjaligi 👁 439

Paxtadan yuqori hosil olish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Paxtadan yuqori hosil olish masalalariga bagʻishlangan seminar boʻlib oʻtdi

Paxta – yurtimiz iqtisodiyotida muhim oʻrin tutuvchi qishloq xoʻjaligi ekinlaridan biri hisoblanadi. Paxta tolasi, chigit va boshqa mahsulotlari sanoat va eksport uchun katta ahamiyatga ega. Shu sababli, paxta yetishtirishda yuqori hosil olish – har bir dehqon va fermer uchun asosiy maqsad hisoblanadi. Bunga erishish esa, birinchi navbatda, toʻgʻri agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishga bogʻliq.

Joriy yilning 14-aprel sanasida Amudaryo tumanining Oq oltin ovuli hududida paxtadan yuqori hosil olishda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va samarali amalga oshirish masalalariga bagʻishlangan qishloq xoʻjaligi seminari boʻlib oʻtdi.

Ovuldagi “Safarboy Qodir” fermer xoʻjaligi paxta dalasida tashkil etilgan seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Agrar, suv xoʻjaligi, tabiatni muhofaza qilish va ekologiya masalalari qoʻmita raisi Anvar Jumanazarov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, qishloq xoʻjaligi vaziri Shuhrat Teshayev, Oʻzbekiston fermerlari kengashi huzuridagi Fermer xoʻjaliklarini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi direktori Toʻlqin Sattorov, jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻyicha vakili Allaniyoz Ajimov, tumandagi qishloq va suv xoʻjaligi sohasi masʼullari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari ishtirok etdilar.

Seminarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, Qishloq xoʻjaligi vaziri Shuhrat Teshayev soʻzga chiqib, davlatimiz rahbari tomonidan fermer xoʻjaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash borasida yaratilayotgan keng imkoniyat va imtiyozlar xususida toʻxtalib oʻtdi va ulardan samarali foydalangan holda soha rivojiga munosib hissa qoʻshish zarurligi xususida soʻz yuritdi.

Shuningdek, paxta hosildorligini oshirishda paxta yetishtirishda ilm va innovatsiyalarga asoslangan urugʻchilik, nav tanlash, yerga ishlov berish, oʻgʻitlash, sugʻorish ishlarini toʻgʻri tashkil etish paxta-toʻqimachilik sohasida eksport hajmlari va daromadni oshirishga xizmat qilishi, hududlarning tuproq-iqlim sharoitlariga mos eng maqbul navlarni koʻpaytirish va ekish lozimligi, tuproq unumdorligi, uning kimyoviy va biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda kimyoviy va organik oʻgʻitlardan foydalanish maqsadga muvofiq boʻlishi, gʻoʻza kasalliklari va hasharotlarga qarshi kurashishda samarador preparatlarni, zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash zarurligi hamda agrotexnik tadbirlarning oʻz vaqtida va toʻgʻri amalga oshirilishini taʼminlash lozimligi taʼkidlandi.

Maʼlumot tariqasida aytish joizki, tumanda 2025-yil paxta hosili uchun 348 ta fermer xoʻjaliklaridagi 13 ming gektar ekin maydonlariga chigit ekilgan boʻlib, ular “Eko teks” klasteri bilan shartnoma tuzishgan. Paxtachilik fermer xoʻjaliklari tomonidan paxta xomashyosini yetishtirish rejasi umumiy 57 ming 220 tonna boʻlib, chigit ekilgan maydonlarning 10 ming 600 gektariga “Sulton” navi, 2 ming 400 gektariga xorijiy navlar ekilgan. Chigit ekish otryadlari soni 65 ta boʻlib, ularning aʼzolari 119 nafarni tashkil qiladi. Ularning 18 nafari agronomlar boʻlib, har bir otryadga bittadan rahbar masʼul qilib biriktirilgan va 3155 ta texnikalar jalb qilingan.

Seminar boʻlib oʻtayotgan “Safarboy Qodir” fermer xoʻjaligining umumiy yer maydoni 105,7 gektar boʻlib, ekin maydoni 81,8 gektarni tashkil etadi. Paxtachilik va gʻallachilikka ixtisoslashgan koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ekin maydonlarida ertaki sabzavot ekinlari kartoshka, karam, piyoz, sarimsoq piyoz, sabzi kabi mahsulotlar ham yetishtiriladi.

Seminar mobaynida respublika miqyosidagi rahbarlar tomonidan taʼkidlanganidek, paxta maydonlarida begona oʻtlar oʻsimliklarning oʻsishini susaytiradi, hosildorlikni kamaytiradi. Shu bois, agrotexnik choralar orqali ularni yoʻqotish, tuproqni begona oʻtlardan tozalash, gerbitsidlardan foydalanish va qator oralariga ishlov berish muhim ahamiyatga ega. Yer unumdorligini saqlab qolish uchun paxta ekinini har yili bir maydonda ekishdan saqlanish, yaʼni almashlab ekish tartibiga rioya qilish zarur.

Aytish joizki, yuqori paxta hosili – ilmiy asoslangan, tizimli agrotexnik tadbirlar orqali erishiladigan natijadir. Har bir dehqon va fermer oʻz ishida ushbu tadbirlarga jiddiy eʼtibor bersa, nafaqat yuqori hosil, balki yer unumdorligi va iqtisodiy barqarorlik ham taʼminlanadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026