14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 18:02
Jamiyat 👁 1,940

ENG BAXTLI MAMLAKAT FUQAROSIMIZ

ENG BAXTLI MAMLAKAT FUQAROSIMIZ

Bu yilgi 9-may – Xotira va qadrlash kuni bayrami yurtimizda nihoyatda hamjihatlik, oʻzaro mehr-oqibat, burchga sadoqat, ota-bobolar jasoratiga cheksiz hurmat tamoyillari asosida oʻtdi.

Men buni oynai jahon qarshisida oʻtirib, mamlakatimizda inson omiliga, ayniqsa, yoshi ulugʻ insonlarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va eʼzozda koʻrdim.

Muhtaram Prezidentimiz xotira maydonidagi nutqida Ikkinchi jahon urushining insoniyat boshiga yogʻdirgan mislsiz kulfatlari haqida gapirar ekan, oʻzbek xalqining eng asl oʻgʻlonlari fashizm qurboniga aylanganligini, onalarimiz, farzandlarimiz chekkan azob-uqubatlarni birma-bir tilga oldilar.

" - Oʻzbekistonda oʻsha paytda 6,5 milliondan ziyod aholi yashagan boʻlsa, - dedi Yurtboshimiz oʻz nutqida, - shuning 1,5 milliondan koʻprogʻi urushda qatnashganining oʻzi, qisqa qilib aytadigan boʻlsak, barcha erkaklar, mardlarimiz qoʻliga qurol olib, yagona dushmanimizga qarshi chiqqanidan dalolat beradi.”

Shuningdek, Prezidentimiz yarim milliondan ziyod yurtdoshlarimiz bu urushda halok boʻlganini, urush boshidanoq front hududlaridan Oʻzbekistonga koʻchirilgan 1 millionga yaqin oila va bolalarni xalqimiz bagʻriga olib, oxirgi bir burda nonini ham ular bilan baham koʻrganini, mehr-muruvvat koʻrsatganini, millatlararo totuvlik Oʻzbekistonda hamisha qadrlanishini taʼkidladilar.

Ota-bobolarimiz beshafqat jang maydonlarida mardlik va matonat koʻrsatgani uchun ularning 338 nafari Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoniga sazovor boʻlgani, minglab yurtdoshlarimiz jangovar orden va medallar bilan taqdirlangani ularning jasoratidan dalolatdir.

Mening qalbimni toʻlqinlantirgan xushxabardan esa koʻzlarimdan quvonch yoshlari sizib chiqqanini aslo yashirmayman. Qarang, chet el olimlari oʻtkazgan "Dunyoning eng baxtli mamlakatlari” mavzusidagi tadqiqot natijalariga koʻra, ona Oʻzbekistonimiz dunyoning 158 ta mamlakati orasida 44-oʻrinni, MDH davlatlari orasida esa faxrli 1-oʻrinni egallagan!

Bir paytlar sobiq ittifoq tarkibidagi ijtimoiy ahvoli nochor, qoloq davlatlardan biri, deb hisoblangan ona Oʻzbekistonimiz istiqlol sharofati, Yurtboshimizning oqilona siyosati va xalqimizning fidokorona mehnati tufayli oʻsha davlatlar orasida eng baxtli mamlakat boʻlgani har birimizga gʻurur, iftixor bagʻishlaydi, albatta.

Shu baxtli mamlakatning oʻttiz milliondan ortiq baxtiyor fuqarolari qatori men ham jannatmakon Vatanda yashayotganimga, inson mehnati, qadr-qimmati ulugʻlangan farovon hayotga yetishganimga ming-ming shukronalar aytaman. Iloho, yurtimizdagi tinchlik va taraqqiyotga koʻz tegmasin!

Ibrohim ISMOILOV,

xalq taʼlimi faxriysi.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019