30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:16
Jamiyat 👁 2,420

QISQA SATRLARDA

QISQA SATRLARDA

Gimnastikachi qizlar bellashdi

Yaqinda Mangʻit iqtisodiyot kolleji sport zalida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 2003-2005-yillarda tugʻilgan qizlar orasida sportning badiiy gimnastika turi boʻyicha Bolalar va oʻsmirlar sport maktablarining ochiq birinchiligi musobaqalari oʻtkazildi.

Musobaqada 1-, 3-sonli BOʻSMlardagi va "Barkamol avlod” bolalar markazidagi badiiy gimnastika toʻgaraklarida tarbiyalanayotgan 35 nafardan ziyod qizlar qatnashdilar.

Musobaqada ular predmetli va predmetsiz chiqishlarni namoyish etishdi.

Gʻoliblarga "Kamolot” YoIHning Faxriy yorliqlari va ota-onalar homiyligida sovgʻalar topshirildi.

Grant mablagʻi monitoringi

Oʻtgan yili 36-sonli maktab rahbariyati "Yaponiya davlatining kichik hajmdagi ijtimoiy loyihalar uchun begʻaraz yordam” dasturida oʻzlarining loyihasi bilan qatnashib, 80517 AQSh dollari miqdoridagi grant sohibi boʻlgan edi.

Oʻtgan davr mobaynida ana shu mablagʻ asosida maktab binosi taʼmirlanib, tamoman yangi qiyofa kasb etdi. Bundan tashqari, maktabga oʻquv anjomlari, jihozlari, kutubxona uchun javonlar, sport inventarlari va oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida tashkil etilgan tikuvchilik toʻgaragi uchun yangi rusumdagi 15 ta tikuv mashinasi, kompyuterlar, duradgorlik toʻgaragi uchun asbob-anjomlar xarid qilindi.

Yaqinda Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi xodimlari Mu Kan va Shin Ichi janoblari grant mablagʻining qay darajada sarflanganini monitoring qilish maqsadida maktabga tashrif buyurdilar va bajarilgan ishlardan mamnun boʻldilar.

Xotira turniri oʻtkazildi

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan 30-sonli maktabda sportning shaxmat turi boʻyicha Arslon Niyozov xotirasiga bagʻishlangan turnir boʻlib oʻtdi.

Arslon Niyozov 1938-yil 20-aprelda Xorazm viloyatining Mangʻit tumanida, xizmatchi oilasida tugʻildi. Hozirgi 1-sonli maktabni aʼlo baholarga bitirgach, 30-sonli maktabda bolalar yetakchisi va oʻqituvchi boʻlib ishladi. 1965-1970-yillarda Nukus Davlat pedagogika institutining rus tili va adabiyoti fakultetining sirtqi boʻlimida oʻqish barobarida 33-, 36-sonli maktablarda oʻquvchilarga rus tili va adabiyotidan saboq berdi. 1975-1980-yillarda 36-sonli maktabda direktor oʻrinbosari, 1980-1983-yillarda tuman Xalq taʼlimi boʻlimi uslubchisi, 1983-1985-yillarda 40-sonli maktab direktori, 1985-1998 yillarda tuman xalq taʼlimi boʻlimida kadrlar va maktablar nazoratchisi boʻlib ishladi. Keksalik nafaqasiga chiqqan talabchan va ishchan murabbiy 2013-yilda 75 yoshida olamdan oʻtdi.

Turnirda 50 yoshdan oshgan 14 nafar ishtirokchilar orasida qipchoqlik shifokor Rustam Xidirboyev, 50 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar orasida Xorazm viloyatidan Maxsud Sapayev birinchi oʻrinni egalladilar.

Shuningdek 20 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar orasida Xorazm viloyatidan Shahzod Abdusharipov, Taxiatosh shahridan Saparbek Yergʻaliyev, Xorazm viloyatidan Jasurbek Haytboyevlar, 16 yoshgacha boʻlgan ishtirokchilar orasida esa taxiatoshlik Mirzaahmad Umirboyev, Merdan Toʻrayev, mangʻitlik Saidbek Qadamboyevlar, qizlar orasida taxiatoshlik Mohim Orazmuhammedova, Selbi Kakishova, xorazmlik Malohat Hayitboyevalar gʻolib boʻldilar.

Xotira turnirining eng keksa ishtirokchisi - mangʻitlik 80 yoshlik Qodir Sultonmurodov, eng yosh ishtirokchisi esa nukuslik Guljamol Nurxoʻjayevalar boʻldilar.

Turnir gʻoliblariga, barcha ishtirokchilariga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Oygul RAJABOVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026