29.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
29.09.2026, 11:43
Qishloq xoʻjaligi 👁 338

Gʻalla hosilini nobud qilmasdan yigʻib olish – hosildorlik garovi

Gʻalla hosilini nobud qilmasdan yigʻib olish – hosildorlik garovi

Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligi tarmoqlarining barqaror rivojlanishi, xususan, gʻalla yetishtirishda samaradorlikni oshirish ustuvor ahamiyatga ega boʻlib, gʻallachilikni rivojlantirishga, gʻalladan yuqori hosil olishga alohida eʼtibor qaratiladi. Gʻalla – xalqimizning asosiy rizq-roʻzi, dehqonning mashaqqatli mehnati evaziga yetishtiriladigan asosiy oziq-ovqat mahsuloti boʻlib, uni oʻz vaqtida va yoʻqotishlarsiz yigʻib olish katta ahamiyat kasb etadi.

Amudaryo tumanida 2025-yilgi gʻalla hosilini nest-nobud qilmasdan yigʻib olish masalalariga bagʻishlangan koʻrgazmali seminar boʻlib oʻtdi. Seminarda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Oʻzbekiston Respublikasi IIV masʼul xodimi Zafar Marqayev, Agroinspektsiyaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Arslon Yusupov, boshqarmaning texnika holati boʻlimi boshligʻi Azat Aytjanov, tumandagi qishloq xoʻjalik soha masʼullari va fermerlar ishtirok etdilar.

Seminarda soʻzga chiqqanlar gʻallani yigʻib olishda ustuvor ahamiyatga ega vazifalar xususida toʻxtaldilar. Gʻalla oʻrim-yigʻimi puxta rejalashtirilishi lozimligi, hosil toʻliq yetilgach, kombaynlar va texnikalar ishga tushirilishi, oʻrim-yigʻimda kechiktirilgan har bir kun hosilning kamayishiga olib kelishi mumkinligi xususida soʻz yuritildi.

Shuningdek, yengil texnikalar va zamonaviy kombaynlardan foydalanish orqali gʻallaning yerga toʻkilishini, boshoqlarda qolib ketishining oldini olish mumkinligi, bunda texnikalarning sozlik holati muhim ahamiyatga ega ekanligi taʼkidlandi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, tumanda joriy yilgi gʻalla hosilini nest-nobud qilmasdan yigʻib olish maqsadida 18 ta kombaynlar jalb qilingan boʻlib, shunda 5 tasi urugʻlik gʻalla hosilini yigʻib olishga safarbar qilingan. Seminar mobaynida tuman IIB bilan hamkorlikda texnikalarning yigʻim-terimga tayyorligi, sozlik holati sinovdan oʻtkazildi hamda sertifikatlar berildi.

Gʻalla hosilini nest-nobud qilmasdan yigʻib olishda kombaynlarning sozlik holati muhim ahamiyatga ega. Soz boʻlmagan kombaynlar gʻalla hosili bir qismining maydalanishiga, yerga toʻkilishiga yoki notoʻgʻri ajratilishiga olib keladi. Bu esa umumiy hosildorlikka salbiy taʼsir koʻrsatadi. Texnik jihatdan soz kombaynlar qisqa vaqt ichida katta maydonni yigʻib olish imkonini beradi. Bu esa vaqtni va mehnat resurslarini tejaydi va yoqilgʻi sarfi kamayadi. Soz boʻlmagan holatda ishlatilgan texnika esa tez buziladi va taʼmirlash xarajatlari koʻpayadi.

Taʼkidlash joizki, gʻalla hosilini nobud qilmasdan yigʻib olish – dehqon mehnatini qadrlash, milliy oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash demakdir. Bu jarayonda har bir mutasaddi, mexanizator, fermer va agronom oʻz masʼuliyatini chuqur anglab, ishga sidqidildan yondashsa, yurtimiz omborlari toʻla, dasturxonlarimiz moʻl-koʻl boʻladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.  

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026