OBODLIKKA INTILIB...
Obodlik koʻngildan boshlanadi, deyishlari bejiz emas. Chunki yaxshi niyat, obodlikka intilishimiz va shu maqsaddagi saʼy-harakatlarimiz turmushimizni bezaydi.
Oʻzimiz yashaydigan hudud orasta, obodon va koʻkalamzor, yoʻllar ravon boʻlsa, oʻzimizning foydamiz. Bizning mahallamiz odamlari shunday deb oʻylaydilar va shunga intiladilar.
Yaqinda Oʻzbekiston mahallasidagi uzunligi 300 metr boʻlgan bizning Yangiobod koʻchamizga Kuyuk-koʻpir OFY raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Rashid Yerlapasov boshchiligida hashar yoʻli bilan tosh yotqizildi. Tuman Obodonlashtirish boshqarmasi ham bu xayrli ishga katta hissa qoʻshdi.
Yogʻin-sochinli kunlarda transport uchun ham, koʻchada yashovchi aholi uchun ham koʻchada qatnov ancha qiyinchilik tugʻdirar edi. Endi bunga barham berilganidan barchamiz xursandmiz.
Shuhrat BERDIBOYeV,
shu koʻchada yashovchi fuqaro.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶