28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 23:18
Jamiyat 👁 373

Xalq farovonligiga raxna soluvchi illat

Xalq farovonligiga raxna soluvchi illat

Demokratik qadriyatlar qaror topib borayotgan, fuqarolik jamiyati asoslari mustahkamlanayotgan bugungi davrda korruptsiya kabi illatning mavjudligi faqat aholining davlat organlariga ishonchini susaytiribgina qolmay, balki siyosiy, iqtisodiy va huquqiy tizimlarga jiddiy tahdid soladi. Davlat xizmatchilari tomonidan poraxoʻrlik va mansab vakolatlaridan suiisteʼmol qilish oqibatida hokimiyatning obroʻsiga putur yetadi, davlat tizimi zaiflashadi va jamoatchilikda norozilik kayfiyati ortishiga sabab boʻladi.

“Korruptsiya” atamasi lotincha “corruptio” — “buzish”, “pora evaziga ogʻdirish” maʼnolarini anglatadi. Yuridik jihatdan esa — mansabdor shaxslar tomonidan oʻz manfaati yoʻlida vakolatlardan noqonuniy foydalanish orqali amalga oshiriladigan jinoiy faoliyat sifatida talqin qilinadi. Bu jinoyat turi koʻp hollarda yashirin xususiyatga ega boʻlib, xufiyona iqtisodiyotning asosiy koʻrinishlaridan biri sanaladi.

Korruptsiya faqat davlat amaldorlari tomonidan emas, balki davlat tashkilotlarida ishlamaydigan shaxslar ishtirokida ham sodir etilishi mumkin. U nafaqat pul, balki mol-mulk, xizmat, imtiyoz yoki boshqa moddiy neʼmatlar orqali ham amalga oshiriladi.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar maʼlumotlariga koʻra, 2024-yil yakunlariga doir ijtimoiy tarmoqlar orqali “Qoraqalpogʻistonda qaysi sohalarda korruptsiya koʻproq kuzatiladi?” mavzusida soʻrovnoma oʻtkazilgan. Unda respondentlarning 52 foizi sogʻliqni saqlash tizimini eng korruptsiyalashgan soha deb topdi. Bu holat shifokorlar xizmatidan qonuniy emas, “mukofot” evaziga foydalanish holatlari keng tarqalganini koʻrsatadi.

Oliy taʼlim muassasalari 34 foiz bilan ikkinchi oʻrinni, xalq taʼlimi tizimi 24 foiz bilan uchinchi oʻrinni egalladi. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar 23 foiz, bank-moliya sohasi 22 foiz, maktabgacha taʼlim tizimi esa 18 foiz natija qayd etdi.

Bu koʻrsatkichlar fuqarolar koʻproq murojaat qiladigan, davlat xizmatlari keng qamrovli boʻlgan sohalarda shaffoflik yetishmasligini, halollik va qonunga rioya qilish tamoyillarining buzilayotganini anglatadi. Bu esa aholining davlat organlariga ishonchini pasaytiradi, huquqiy madaniyat tanazzuliga olib keladi. Shu bois, ushbu sohalarda samarali nazorat mexanizmlarini joriy etish, aholining huquqiy xabardorligini oshirish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish zarur.

Korruptsiya tarqalishiga olib keluvchi asosiy omillardan biri — davlat xizmati tizimining samarasiz tashkil etilganidir. Shuningdek, nazorat va javobgarlik mexanizmlarining sustligi, mansabdor shaxslarda shaxsiy masʼuliyat hissining yetishmasligi, aholining huquqiy savodxonligining pastligi ham bu illatga zamin yaratadi. Bunday sharoitda korruptsiya “ilojsiz odat” sifatida qabul qilina boshlaydi, qonun ustuvorligiga putur yetadi, davlat va fuqaro oʻrtasidagi ishonchsizlik ortib, ijtimoiy adolat va investitsion muhitga salbiy taʼsir koʻrsata boshlaydi.

Oʻzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurash davlat siyosati darajasida olib borilmoqda. Jinoyat Kodeksida bu yoʻnalishdagi jinoyatlar uchun javobgarlik belgilangan. Biroq jazodan koʻra uning oldini olish — yaʼni profilaktik choralar koʻrish samaraliroq hisoblanadi.

Bundan tashqari, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, ochiqlikni taʼminlash, aholi huquqiy savodxonligini oshirish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi choralar ham muhim ahamiyatga ega. Bu jarayonda ommaviy axborot vositalari orqali fuqarolar fikrini shakllantirish, faol ishtirokni taʼminlash mumkin.

Xulosa qilib aytganda, korruptsiyaga qarshi kurash faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki butun jamiyatning, har bir fuqaroning faol va masʼuliyatli ishtirokiga bogʻliq. Fuqarolar oʻz huquq va burchlarini bilishi, halollik tamoyillariga sodiq boʻlishi lozim. Zero, faqat korruptsiyani yengish orqali xalqning davlatga boʻlgan ishonchi mustahkamlanadi va haqiqiy fuqarolik jamiyati poydevori yaratiladi.

Shohzod Qurbonboyev tayyorladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026