30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 04:36
Qishloq xoʻjaligi 👁 490

Qishloq xoʻjaligida xavfsizlik — oziq-ovqat barqarorligining asosi

Qishloq xoʻjaligida xavfsizlik — oziq-ovqat barqarorligining asosi

Oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish va dehqonchilik madaniyatini oshirish uchun agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida, kechiktirmasdan amalga oshirish, oʻsimliklarni zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda ilmiy jihatdan oʻrganilgan tajribalarga asoslangan holda ish olib borish bugungi kunning talabidir.

Oʻsimliklarning zararkunanda va kasalliklariga qarshi kurashish orqali sifatli mahsulot yetishtirishda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining xizmati alohida ahamiyatga ega.

2021-yil 15-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan "Respublikada oʻsimliklar karantini va himoyasi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻsimliklar karantini inspektsiyasi negizida "Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish toʻgʻrisida"gi PQ-5185-sonli Qarori qabul qilindi.

Ushbu huquqiy hujjatlarga muvofiq Agentlik oldiga qator vazifalar qoʻyildi. Xususan, oʻsimliklar karantini va himoyasida prognoz tizimini takomillashtirish, zararli organizmlarga qarshi kurashishning uygʻunlashgan samarali usullarini belgilash va bajarilishini nazorat qilish, monitoring olib borish, iqtisodiy zarar yetkazishi mumkin boʻlgan zararli organizmlarning respublika hududiga kirib kelishi va tarqalishining oldini olish va yoʻq qilish hamda boshqa zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilab berilgan.

Respublikamiz hududlarida hozirgi kunda “Dolzarb oʻttiz kunlik” tadbirlarini uyushqoqlik bilan oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi direktorining 2025-yil 8-iyuldagi 122-son buyrugʻi  ijrosini taʼminlash maqsadida, Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi Amudaryo tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan hududlardagi fermer, dehqon xoʻjaliklari,  tomorqa yerlari, bogʻ va paxta maydonlarida uchraydigan xavfli va iqtisodiy zarar yetkazadigan zararkunandalarga qarshi keskin kurash choralari olib borilmoqda.  

Ular orasida ekinzorlar va bogʻlar uchun eng xavfli hisoblangan  "sharq mevaxoʻri”  hamda poliz ekinlariga jiddiy zarar yetkazib,  qovun-tarvuz paykallarining erta qurib qolishiga, shuningdek, eksport hajmining kamayishiga   sabab boʻluvchi  “qovun pashshasi”  zararkunandalari hamda madaniy oʻsimliklarning oʻsishi va rivojlanishiga salbiy taʼsir qiladigan “zarpechak”, "sudraluvchi kakra”    kabi  begona oʻtlar dehqonchilikda eng xavfli hisoblanib, ularga tizimli ravishda ommaviy profilaktika va qarshi    kurash choralari olib borilmoqda.

Ayni kunlarda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining Amudaryo tuman boʻlimi inspektorlari tomonidan Choykoʻl ovuli hududidagi   mevali bogʻlar va poliz ekinlari ekilgan maydonlarda “Dolzarb oʻttiz kunlik” doirasida kuchaytirilgan fitosanitariyaviy monitoring va dala nazorati  ishlari   oʻtkazilmoqda.  Amalga oshirilayotgan profilaktik chora-tadbirlar jarayonida soha mutaxassislari  fermerlar, dehqon xoʻjaliklari hamda tomorqa yer egalariga zararkunandalar va begona oʻtlarga qarshi kurashish boʻyicha tavsiyalar berishdan tashqari, ekinzorlarda, mevazor bogʻlarda toʻliq nazorat va monitoring ishlari oʻrnatib, hududda  zararkunandalardan "sharq mevaxoʻri", "qovun pashshasi", shuningdek, "sudraluvchi kakra", "zarpechak" kabi dehqonchilik uchun koni zarar boʻlgan  begona  oʻtlar  tarqalishining oldini olish, agar shunday zararkunandalar paydo boʻlgan taqdirda bogʻlar va ekinzorlarga kimyoviy ishlov berish usullari haqida koʻrgazmali tarzda tushuntirish ishlarini ham olib borishmoqda.                                                                                                                                                                                                                                                                  

Kezi kelganida shuni alohida taʼkidlash joizki, ayrim vaziyatlarda, koʻpincha tomorqa xoʻjaliklaridagi poliz ekinlarida "qovun pashshasi" tushgan mahsulotlarni   aholi tomonidan qoramollarga yemish sifatida berish   holatlari kuzatiladi. Shunday qilish orqali koʻpchilik "tomorqada paydo boʻlgan zararkunandani   yoʻq qildim", deb hisoblaydi. Aslida esa zararlangan mahsulotni yegan qoramolning tezagi orqali zararkunanda yana dalaga tushadi va yashashda davom etadi. Begona oʻtlar ham agar jiddiy kimyoviy ishlov berilmasa, daladan yulib olgan bilan yoʻqolib qolmaydi. Shuning uchun fermerlar, bogʻbonlar, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari bu borada oʻta masʼuliyat bilan ish yuritishlari, zararkunandalarga, begona oʻtlarga qarshi kurashishda Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligining tuman  boʻlimi mutaxassislarining tavsiyalari hamda koʻrsatmalari asosida   kimyoviy ishlov berishlari zarur. Dala va bogʻlarda qilingan fidoyi mehnatning barakasini xirmonda koʻraman, degan dehqon-u bogʻbonlar   mavsumiy agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida, samarali tashkil etishlari joiz va bu saʼy-harakatlar mamlakatimizda oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash imkonini beradi.

Ravshan Bahromov.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026