14.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
14.08.2026, 05:39
Qishloq xoʻjaligi 👁 2,409

Nobudgarchilikka yoʻl qoʻyilmaydi

Nobudgarchilikka yoʻl qoʻyilmaydi
Joriy yilda 53 ming gektar maydonda moʻl hosil yetishtirgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi gʻallakorlari oʻrim-yigʻim ishlariga kirishdi.
Qariyb 2500 fermer xoʻjaligi tomonidan yetishtirilgan rizq-roʻzimizni nobudgarchiliklarsiz yigʻishtirib olish, uni yongʻindan asrash yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilandi.
– Hosilni nest-nobud qilmay oʻrib-yanchib olish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, gʻallazor, xirmon va omborxonalarda, elevatorlarda yongʻinning oldini olish boʻyicha puxta hozirlik koʻrib qoʻyildi, – deydi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yongʻin xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Yelmurat Turdimuratov. – Oʻrim-yigʻimda ishtirok etayotgan 200 kombaynning yongʻinga qarshi holati koʻrikdan oʻtkazilib, birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan toʻla taʼminlandi. Gʻallani qayta ishlaydigan korxona va don qabul qilish shoxobchalarining yongʻinga qarshi holatini monitoring qilish chogʻida aniqlangan kamchiliklar bartaraf etildi. Ishchi-xizmatchilar, keng aholi orasida tushuntirish-targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
Donni qabul qilish, saqlash shoxobchalari va uni qayta ishlash korxonalari yongʻinga qarshi kurash va birlamchi oʻt oʻchirish vositalari bilan taʼminlandi.
Gʻallani qabul qilish shoxobchalaridagi yer osti suv gidranti hamda hovuzlarning texnik holati koʻzdan kechirilib, nosozliklar bartaraf etildi.
Nobudgarchilikka yoʻl qoʻymaslik maqsadida har bir shoxobchaga, oʻrim-yigʻim ishlari olib borayotgan 103 otryadga malakali yongʻin xavfsizligi xizmati xodimlari biriktirildi.
Don qabul qilish shoxobchalari va gʻallani qayta ishlovchi korxonalarda favqulodda holatlarning oldini olish va yongʻinni bartaraf etish yuzasidan yongʻin oʻchirish oʻquv-taktik mashgʻulotlari oʻtkazildi.
Amudaryo tumanida 215 fermer xoʻjaligi tomonidan 3 ming gektar maydonda yetishtirilgan hosil "Taxiatosh don mahsulotlari” ochiq aktsiyadorlik jamiyatining "Mangʻitdon” filialiga qarashli "Qipchoq” don qabul qilish shoxobchasida gʻamlanmoqda.
– Mavsumga puxta taraddud koʻrildi, – deydi shoxobcha rahbari Rajabboy Jumaboyev. – Uchta don saqlash omborxona taʼmirlanib, zararkunandalarga qarshi dorilandi. Yongʻinga qarshi kurash choralari koʻrib qoʻyildi.
Orolboʻyi gʻallazorlarida oʻrim-yigʻim ishlari boshlab yuborildi. Bu ishga Amudaryo, Beruniy, Ellikqalʼa va Toʻrtkoʻl tumanlarida qizgʻin kirishildi. Qoraqalpogʻistonlik gʻallakorlar hosili oʻrib-yigʻib olingan dalalarni peshma-pesh somondan tozalab, shudgor ishlarini ham olib bormoqda.
Aminboy Ortiqboyev, OʻzA
🎬 Videogalereya Barchasi →
Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019 IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) IChKI KOʻChALAPNI TAʼMIPLASh YuZASIDAN MAXSUS TAKTIK-OʻQUV MAShGʻULOTLAPI OʻTKAZILDI (+ Video) 04.12.2019 Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) Boʻzyop madaniyat markazi faoliyatidan lavhalar (video) 12.11.2019 Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) Vazirlar Kengashi Paisi Amudaryoda sayyor qabul oʻtkazdi (+video) 02.11.2019 Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) Amudaryoda ilgʻor fermerga "Cobalt" sovgʻa qilindi (+video) 06.10.2019 Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) Amudaryo tumanida oʻtkazilgan Mustaqillik bayrami – 2019 (Toʻliq video, Tas-ix) 03.09.2019 “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) “Mangʻit savdo kompleksi” MChJga qarashli bozor faoliyatidan lavha (+video) 13.08.2019 KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) KOʻP TAPMOQLI FEPMEP XOʻJALIKLAPI SAFI KENGAYMOQDA (+video) 31.07.2019 SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) SINFDOShLAR MAKTABNI BITKAZGANINING 40-YILLIGINI NIShONLAShDI(+video) 31.07.2019 MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) MAHALLADA JINOYaT MUHOKAMASI BOʻYIChA YIGʻILISh OʻTKAZILDI(+video) 31.07.2019 "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) "QALDIPGʻOCh" OPOMGOHI BU YILGI MAVSUMDA JAMI 500 NAFAP BOLALAPNI BAGʻPIGA OLDI (+video) 31.07.2019 Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? Hokim tashabbusi bilan tashkil qilingan kutubxonalar qanday faoliyat yuritmoqda? 13.07.2019 Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) Amudaryo tumani Davlat arxivi faoliyatidan lavha (video) 13.07.2019 Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) Qilichboy ovuli hayotidan lavha (video) 13.07.2019 Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) Elektr energiyasi bilan taʼminlash sifati yaxshilanmoqda (video) 13.07.2019 Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) Farovon mahallasida 72 ta zamonaviy uslubda qurilgan arzon uy-joylar foydalanishga topshirildi (+Foto, video) 01.07.2019 Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) Amudaryo tumanida Yoshlar kuni keng nishonlandi (Foto, video) 30.06.2019 TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI TUMANIMIZNING IKKI NAFAP OʻQUVChISI MAKTABNI OLTIN MEDAL BILAN BITIPDI 24.06.2019