30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 19:16
Jamiyat 👁 2,087

El xizmatidagi inson

El  xizmatidagi  inson

Tumanimizda el xizmati uchun jonini fido qilishga shay insonlar juda koʻp. Shaxsan men shunday insonlardan biri Saʼdulla aka Davlatboyev deb bilaman.

Saʼdulla Davlatboyev 1948-yilda Qipchoq ovulida dehqon oilasida tugʻildi. Otasi Davlatboy Ollaniyozov el-yurtning har bir ishiga boshchilik qilib, hurmatli oqsoqol sifatida "Koʻka” nomi bilan mashhur edi. Onasi Qurbongul mehnatkash, ilgʻor pillakor sifatida elga tanildi.

Saʼdulla Davlatboyev 1967-yilda Nukus qishloq xoʻjaligi texnikumining mexanizatsiya boʻlimini muvaffaqiyatli tamomlab, tumandagi "Uz selxoztexnika” korxonasida slesar boʻlib ish boshladi. U korxonada turli vazifalarda ishlab, mehnatsevarligi bilan barchaning hurmatini qozondi.

1985-yilda shu korxonaning rahbari etib tayinlandi. 1987-yilda Toshkent xalq xoʻjaligi instituti Planlashtirish fakultetini sirtdan bitirdi. Tajribali mutaxassisni tuman rahbariyati 1995-yilda sobiq Qipchoq shirkat xoʻjaligiga rais etib tayinlashdi. U 1997-yilda tuman ishlab chiqarish va taʼminot korxonasi direktori, 2003-yildan boshlab Berdaq fermerlar uyushmasining raisi lavozimlarida ishladi. 2004-yildan Qipchoq oʻrmon xoʻjaligi direktori lavozimida ishlab, nafaqaga chiqdi.

Mehnatkash inson qayerda boʻlmasin, oʻzidan yaxshi nom qoldirishi barchaga ayon. U "Uzselxoz-texnika” korxonasiga rahbarlik qilgan davrda qishloqda obodonlashtirish ishlari rivojlandi. Qipchoq ovuli gazlashtirildi, yordamchi xoʻjaliklar, yangi tsexlar barpo etildi.

U rahbarlik qilgan davrda Qipchoq shirkat xoʻjaligida koʻrkam mevali bogʻ barpo etildi, Berdaq fermerlar uyushmasida uyushma maʼmuriy binosi, biolaboratoriya, bolalar bogʻchasi qayta taʼmirlanib, ishga tushirildi. Qipchoq oʻrmon xoʻjaligida esa bogʻ, tutzorlar bunyod etildi.

Saʼdulla Davlatboyev bir necha bor xalq deputatlarituman Kengashining deputati etib saylandi. Yuqori tashkilotlar tomonidan "Faxriy yorliq”lar bilan mukofotlandi.

Tumanda koʻplab yuqori lavozimlarda ishlagan va ishlab kelayotgan Maqsud Toirov (marhum) Oʻrozboy Safarboyev, Bozorboy Otajonov, Jangaboy Eshmurodov, Soatboy Xidirboyevlar Saʼdulla akaning eng yaqin shogirdlari hisoblanishadi.

Bugungi kunda Saʼdulla aka 8 nafar farzandning otasi, 17 nevara, 4 chevaraning suyukli bobosi.

Dehqon farzandi emasmi, nafaqada boʻlishiga qaramay, bogʻ yaratishdan, sabzavot-poliz ekinlarini ekib, tarbiyalashdan charchamaydi. Farzandlari ham ota izidan borib, mehnatkash boʻlib voyaga yetishdi. Saʼdulla aka yaqinda yana bir xayrli ishga qoʻl urdi. Qishloq markazida yaxshi niyat bilan "Davlatboyev Faxriddin” nomli aholiga savdo va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchasi qurilishini boshladi. Shoxobcha orqali aholiga oshxona, mini market, tikuv tsexi, yoshlar saloni, foto salon, poyafzal taʼmirlash xizmatlari koʻrsatiladi. Shu orqali Saʼdulla aka qishloq yoshlarini yangi ish oʻrinlari bilan taʼminlashni maqsad qilib qoʻygan.

Ha, Saʼdulla Davlatboyev ana shunday fidoyi odam!

Oʻrozali REYIMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026