BOLANGIZNING YoZGI TAʼTILI KOʻNGILLI OʻTSIN, DESANGIZ...
Oʻquvchilarning tarix faniga oid bilimlarini oshirishda muzeylarga sayohatlar uyushtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuni inobatga olgan holda joriy oʻquv yili oxirgi kunlaridan birida bizning 30-sonli maktabimiz oʻquvchilaridan bir guruhini Savitskiy nomidagi sanʼat muzeyiga sayohatga olib bordik.
Muzey xodimlari oʻquvchilarga u yerdagi tasviriy sanʼat, arxeologiya, xalq hunarmandchiligi, restavratsiya va roʻyxatga olish va saqlash boʻlimlari faoliyati haqida, mavjud eksponatlar haqida qiziqarli hikoya qilib berdilar. Muzeydagi hech bir eksponat oʻquvchilarimizning diqqatini tortmay qolmadi.
Muzey haftaning ikki kunida umumtaʼlim maktablari oʻquv-chilari uchun bepul xizmat koʻr-satishi oʻlkamizning tabiati, ta-rixiga qiziquvchi yosh oʻgʻil-qizlar uchun yana bir imkoniyat ekanligi-ga amin boʻldik.
Mana hozir ayni yoz. Maktab oʻquvchilari yozgi taʼtilga chi-qishdi. Ularning ayrimlari turli oromgohlarda dam oli-shayotgan boʻlsalar, koʻpchiligi uylarida, ota-onalari bagʻrida. Bolalarning boʻsh vaqtlari koʻn-gilli oʻtishi uchun ota-onalar farzandlarini muzeylarga olib borishsa, turli badiiy kitoblar olib berishsa, maqsadga muvofiq boʻlar edi.
Gulshoda SAIDNAZAROVA, 30-sonli maktab
oʻqituvchisi.
(Foto - https://samarkand.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶