30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 20:47
Jamiyat 👁 3,124

Jazirama issiqda qanday harakat qilish kerak?

Jazirama issiqda qanday harakat qilish kerak?

Jazirama issiq – havo haroratining  bir necha kun davomida 10 va undan ortiq darajaga keskin koʻtarilishi bilan tavsiflanadi.

Taʼsiri – inson tanasining harorati issiq olishi natijasida 37,1 darajadan 38,8 darajaga qarab koʻtarilishidir. Issiqlik olishning kritik holati jazirama issiqda uzoq muddat boʻlish natijasida oftob urishi yoki yurak faoliyatining buzilishi oqibatida yuzaga keladi. Tananing qizarib ketishi, kuchli chanqash - issiqlik urishi simptomidir. Keyinchalik yurak faoliyatining toʻxtab qolishi, xushdan ketish holatlari ham kuzatiladi.

Jazirama issiq paytida sogʻlik bilan muammo boʻlmasligi uchun chekmaslik, spirtli ichimlik ichmaslik, kuchli ovqat va jismoniy harakatni kamaytirish tavsiya etiladi.

Jazirma kunlarda zarurat uchun zaxira idishlarga suv oling. Tanani issiqdan saqlash uchun kiyim-kechak, maishiy elektr uskunalari (ventilyatorlar, konditsionerlar) tayyorlash, imkon darajasida  maishiy elektr uskunalarini ishlatishda muqobil elektr energiya manbaidan foydalanish lozim.

Jazirama issiq paytida quyidagilarni yodda tuting!

1. Harorat koʻtarilganda issiqdan panaga oʻting. Havo oʻtadigan och rangdagi kiyim (paxta matosidan tayyorlangan) kiying. Bosh kiyimni ham kiyishni unutmang. Shoshilmasdan harakat qilib, tez-tez panada boʻlishga urining.

2. Koʻp suv ichish – toʻgʻri suv isteʼmol qilish organizmning hayot faoliyatini yaxshilaydi. Issiq paytida suyuqlik isteʼmol qilishni koʻpaytirish kerak. Oddiy ichimlik suv isteʼmol qilish maqsadga muvofiqdir. Pivo va boshqa alkogol ichimliklar organizmning yomonlashishiga olib keladi. Jazirama issiq paytida soat 12:00 dan 16:00 ga qadar koʻchaga chiqmaslik va ochiq quyoshda yurmaslik tavsiya etiladi. Kunni shunday rejalashtirish kerakki, jazirama paytida vaqtni uyda yoki ishxonada oʻtkazish darkor.

3. Tez-tez dush qabul qiling. Bu tananing nafas olish tizimini yaxshilaydi. Suv xona haroratida boʻlishi kerak. Suvni sovutish oqibatida haroratning keskin oʻzgarishi pnevmaniya kasalligiga yoʻl ochib beradi.

4. Jazirama issiq urganda zudlik bilan soya, shamol bor joyga oʻting yoki dush qabul qiling. Tanani sovutishga harakat qiling.

5. Ovqatlanish tartibini oʻzgartirishga harakat qiling. Jazirama issiq paytida sovuq ovqatlar hamda  koʻproq meva va sabzavotlar isteʼmol qilish tavsiya etiladi. Ovqat albatta tuzli boʻlishi darkor. Havo harorati yuqoriligida odam organizmidan koʻp miqdorda natriy chiqib ketadi.

6. Sintetik materialdan kiyim kiyishdan saqlaning. Tabiiy paxta mahsulotlaridan tayyorlangan kiyimlar issiq havoda qulaydir. Shapka kiyishdan uyalmang. Issiq urishi asosan boshning isib ketishidan boʻladi.

7. Konditsioner bor xonada boʻlganingizda uning roʻparasiga oʻtirmang. Konditsionerning ishlashi jarayonida qanchadan qancha bakteriyalar sovuq havo bilan birga xonada haydalib, surunkali bronxit va pnevmaniyani qoʻzgʻatadi.

8. Tana haroratining sovushi qoʻl va oyoq mushaklari tortilishiga olib keladi.  Issiq urishi alomatlaridan (umumiy charchash, bosh ogʻrigʻi, xushni yoʻqotish, yuz terisining qizarib yoki oqarib ketishi, puls meʼyori buzilishi) terlash natijasida inson organizmida suvga ehtiyoj koʻpayadi. Shu sababli 80-100 ml. miqdorida suv ichish va ogʻiz boʻshligʻida bir oz ushlab turish, badanni sovutib, soyaga oʻtib, toʻla badanga suv quyish zarur.

Quyosh yoki issiq urishining belgilari:

boʻshashishlik, koʻngil aynishi, bosh aylanishi;

qayt qilish, qaltiroq bosish yoki xushidan ketish.

Quyosh urishiga asosan kichik va oʻsmir bolalar, qariyalar hamda mast xoldagi insonlar moyil boʻladi. Ularda turli sabablarga koʻra organizmdagi termoboshqaruv tizimi sust ishlaydi. (Termoboshqaruv – bu insonlarning organizmidagi haroratning barqarorligini taʼminlaydi).

Quyosh urishining oldini olish maqsadida quyidagilarga amal qilishingizni tavsiya etamiz:

kunning qizigan vaqtida quyosh tobida jismoniy mashgʻulot bajarmaslik;

kunning qizigan vaqtida ust kiyim yupqa va havo oʻtkazadigan boʻlishi;

sovutilgan choy, kvas va mineral suv ichish inson organizmidagi termoboshqaruv barqarorligini taʼminlaydi;

issiq vaqtda spirtli ichimliklar isteʼmol qilinishi organizmdagi termoboshqaruv tizimining buzilishiga olib keladi, shu sababli spirtli ichimliklarni isteʼmol qilmang.

Quyosh urganda birinchi yordam usuli:

jabrlangan shaxsni soya yoki salqinga olib boring;

unga sovutilgan choy yoki tuzli suv ichiring;

badanni qisib kiyilgan ust kiyimlarni boʻshashtiring;

uni sinchiklab kuzating, sogʻligining yanada yomonlashuviga yoʻl qoʻymang;

terga singigan ust kiyimlarini yechib tashlang;

sovuq suvga shimdirilgan matoda badanini artib chiqing, tomoq, boʻyin va gavda qismlariga, bosh tomir oʻtgan joylarga asosiy eʼtibor berish zarur;

agar muolaja yordam bermasa, tibbiy yordam xizmatini chaqiring.

Quyosh urganda jabrlangan insonning nafas olishi toʻxtashi, miokard infarkti boʻlishi mumkin, shu tufayli jonlantirish ishlariga (sunʼiy havo yuborish va yurakni massaj qilishga) ham tayyor boʻlish kerak.

DIQQAT! Badanga aslo spirt surtmang, chunki spirt badanning mayda teshiklarining yopilishiga olib keladi va issiqlikning chiqishini toʻsib qoʻyadi. Jabrlanganni sovutilgan suvli vannaga joylashtirmang, chunki vanna koʻkrak qafasining qisilishiga va nafas olish yoʻllarining oʻtkazuvchanligiga taʼsir qiladi.

Choʻmilish joylaridagi qoidalar:

Choʻmilish maskanlarida dam olayotgan boʻlsangiz, yodda tuting: ushbu joylarda havo harorati +50 daraja S va undan ortiq boʻlishi mumkin. Choʻmilish havzasidagi suvning harorati esa +22 daraja S +26  daraja S boʻlishi mumkin, shunda haroratning keskin oʻzgarishi +25 daraja S, +30 daraja S ni tashkil etadi.

Agar choʻmilish maskanining sohilida uzoq muddat turib, birdaniga suvga oʻzingizni tashlasangiz, organizmingizdagi harorat keskin tarzda tushib ketishi natijasida nafas olish yoki yurakning toʻxtab qolishiga olib kelishi mumkin.

Suvga tushishdan oldin qoʻl, oyoq, gavda va boshqa qismlarni suv bilan artib chiqishni unutmang.

Yozni maroqli oʻtkazing, oʻzingizni asrang!

fvv.uz sayti materiallari asosida tayyorlandi.

(Foto - http://soglom.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026