30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 22:20
Jamiyat 👁 2,859

KEKSALARNI EʼZOZLASh - EZGU FAZILAT

KEKSALARNI EʼZOZLASh - EZGU FAZILAT

Keksalarni eʼzozlashdek muqaddas qadriyat xalqimizni jipslashtirish, odamlar orasida mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlash, turli millat vakillarining ahil-inoq yashashiga xizmat qilib kelgan. Kattalarga hurmat, kichiklarga izzat koʻrsatish ulugʻlangani bois, jahon ahli bizga havas bilan qaraydi.

Nuroniy otaxon yoki onaxon  bor oilada fayz-u baraka, farovonlik, ahillik boʻlishini barchamiz bilamiz. Ularning duosi bilan yurtimiz obod, hayotimiz tinch, dasturxonimiz toʻkin. Yurtimizda azaldan keksalarga mehr koʻsatilib kelingan, mustaqillik sharofati tufayli ularning hurmatini joyiga qoʻyish davlat siyosati darajasiga koʻtarildi.

Istiqlol davrida yillarning nomlanishiga eʼtibor qilsak, bu borada avvalo onalar sogʻligini mustahkamlash, barkamol avlod tarbiyasi va keksalarni eʼzozlash har doim ustuvor vazifalar sifatida belgilanganiga guvoh boʻlamiz.

Prezidentimiz tashabbusi bilan 2015-yil "Keksalarni eʼzozlash yili” deb nomlanishi zamirida ham inson manfaati yotadi.

Keksalarga boʻlgan gʻamxoʻrlik va eʼtiborni kuchaytirish, yoshi ulugʻ insonlarni davlat va jamiyat tomonidan ham moddiy, ham maʼnaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga oid qator meʼyoriy-huquqiy hujjatlar qabul qilingan boʻlib, ularda belgilangan vazifalarning bajarilishi natijasida keksalarimizning yashash sharoiti yaxshilanib, salomatligi mustahkamlanayapti.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 18-fevraldagi qarori bilan "Keksalarni eʼzozlash yili” davlat dasturi tasdiqlandi. Mazkur dasturga koʻra yil davomida keksalarning hayot darajasi va sifatini yanada yaxshilash, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash koʻlamini kengaytirish, yoshi ulugʻ insonlar, ayniqsa 1941-1945-yillardagi ikkinchi jahon urushi va mehnat fronti faxriylariga ijtimoiy, pensiya taʼminoti va tibbiy xizmat koʻrsatishni takomillashtirish, yoshlarni oʻzbek xalqining koʻp asrlik qadriyat va anʼanalari ruhida tarbiyalashda keksalarning oʻrnini mustahkamlash koʻzda tutilgan.

Ushbu dastur doirasida keksalarni eʼzozlash, oʻzaro hurmat va mehr-muhabbat, yuksak axloqiy va maʼnaviy qadriyatlar muhitini shakllantirish, moddiy yordam koʻrsatish, keksa yoshdagi otaxon va onaxonlarning roʻzgʻor tashvishlarini yengillashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish, taʼlim-tarbiya tizimi va sportning rolini kuchaytirish, bolalar, ayniqsa keksalar oʻrtasida jismoniy tarbiya va sportga mehr uygʻotish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha mahalla va boshqa jamoat tuzilmalarining rolini oshirish, kam taʼminlangan oilalarga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatish masalalariga alohida eʼtibor qaratilgan. Bu borada 2-sonli tuman Davlat notarial idorasi xodimlari tomonidan qator ishlar amalga oshirilmoqda. Joylarda uch avlod uchrashuvlari tashkil qilinib, "Keksalarni eʼzozlash yili” davlat dasturining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish  ishlari olib borilmoqda. Bundan tashqari, notarial idorada keksa otaxon va onaxonlarimizga navbatsiz, bepul maslahatlar berish joriy qilingan.

Keksalarni eʼzozlashdek insonparvarlik zamirida ulkan maʼno-mazmun mujassam. Zero farzandlar kamoli – yurt qudratini, ayollarga munosabat - madaniyatimiz darajasini, keksalarga hurmat va eʼtibor esa maʼnaviyatimiz istiqbolini belgilaydi. Zotan, nuroniylari bor elga qut-baraka yogʻiladi, el aro tinchlik, yurtda farovonlik boʻladi.

Ilhom NURULLAYeV,
2-sonli tuman Davlat notarial idorasi notariusi.
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026