“Xitoy” OFY - Qoraqalpogʻistonda birinchi
2015-yil 8-avgust kuni "Eng namunali fuqa-rolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi. Koʻrik-tanlovda hududiy bosqichlarda yuqori ballarni toʻplab, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 16 ta tumanning eng namunali fuqarolar yigʻinlari bellashdilar.
Tanlovning birinchi shartiga koʻra, fuqarolar yigʻinlari xodimlarining ish faoliyati boʻyicha hududda amalga oshirayotgan ishlari, erishilgan yutuqlari, namunali ish tajribalariga oid taqdimoti koʻrgazmali axborot texnologiyalari vositasida namoyish etildi.
2-shartga binoan fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatiga oid qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati, ular faoliyatida uchrayotgan turli muammolarning yechimini topish yuzasidan ishtirokchilarning bilim saviyasi, dunyoqarashi sinovdan oʻtkazildi.
Ishtirokchilarning chiqishlari "Mahalla” xayriya jamoat fondi hamda hamkor tashkilotlar-ning malakali xodimlaridan iborat tarkibda tuzilgan hakamlar hayʼati tomonidan baholab borildi.
Hakamlar hayʼatining xulosalariga koʻra, tumanimizning "Xitoy” ovul fuqarolar yigʻini 1-oʻrin sohibi, deb topildi.
Koʻrik-tanlov soʻngida gʻoliblarga diplom va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.
Xitoy ovul fuqarolar yigʻiniga 9 sentyabrda boʻladigan tanlovning Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida ham omad tilab qolamiz!
Gavhar ChIMBAYChIYeVA, fondning tuman boʻlinmasi boshqaruvi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶