QISQA SATRLARDA
kollejda SEMINAR-TRENING
Yaqinda "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kollejida Mangʻit shahrida faoliyat yuritayotgan kasb-hunar kollejlarining bir guruh faol oʻquvchilari ishtirokida "Shu aziz Vatan barchamiz uchun muqaddasdir” mavzusida seminar-trening oʻtkazdi.
Seminar-treningda oʻquvchi yoshlar ona Vatanimizni koʻz qorachigʻidek asrash, unga munosib boʻlish borasidagi fikr-mulohazalari, oʻz intilish va rejalari haqida gapirdilar, shu aziz va muqaddas Vatanimizning koriga yaraydigan insonlar boʻlishga intilajaklarini izhor etdilar. Faol ishtirokchilar partiya tuman Kengashining Faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.
***
GIMNASTIKAChI QIZLAR GʻALABASI
29-sentyabr kuni Nukusda badiiy gimnastika boʻyicha "Kamolot gʻunchalari” musobaqasi oʻtkazildi.
13-14 yoshdagi qizlar oʻrtasida oʻtkazilgan musobaqada 1-sonli BOʻSM gimnastikachi qizlari Kamola Salayeva uchinchi oʻrinni egalladi. Nurjamol Oʻrolboyeva esa "Faol ishtirokchi” nominatsiyasi gʻolibi boʻldi. 17 ta jamoa ishtirok etgan bellashuvda sport maktabining gimnastikachi qizlari umumjamoa hisobida uchinchi oʻrinni egallashdi.
***
"ERTA TURMUSh –
UMR ZAVOLI”
Yaqinda Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kollejida "Mening oilam” gazetasi tahririyati xodimlari tuman "Salomatlik markazi”, "Milliy tiklanish” DP tuman Kengashi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomo-nidan moliyalashtirilgan grant loyihasi doirasida "Erta tur-mush – umr zavoli” mavzusida davra suhbati oʻtkazdi.
Davra suhbatida erta turmush qurishning oldini olish, jismonan va ruhan yetuklikka erishmay, yengil-yelpi havaslar bilan erta turmush qurish salbiy oqibatlarga olib kelishi hayotiy misollar orqali tushuntirildi, oila qurish masʼuliyatini chuqur anglash lozimligi, erta turmush – umr zavoli ekanligi xususida maʼlumotlar berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶