01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:24
Salomatlik 👁 3,819

SAMARALI SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK NAZORATNI TAʼMINLASh YOʻLIDA

SAMARALI SANITARIYa-EPIDEMIOLOGIK NAZORATNI TAʼMINLASh YOʻLIDA

Istiqlol yillarida aholi salomatligini muhofaza etish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish, aholining tibbiy madaniyatini yuksaltirishga muhim yoʻnalishlardan biri sifatida alohida eʼtibor qaratilib kelinmoqda. Buning uchun zarur qonuniy, tashkiliy-huquqiy asoslar yaratilmoqda. Mazkur shart-sharoitlar sogʻlikni saqlash tizimidagi islohotlar samaradorligini taʼminlamoqda. Yurtimizda aholining oʻrtacha umr koʻrishi 67 yoshdan 73,5 yoshga, ayollar oʻrtasida esa 75,8 yoshga yetgani bu boradagi amaliy ishlarning natijasidir.

Joriy yilning 27-avgustidan kuchga kirgan "Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni ham jamiyatda sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish boʻyicha qilinayotgan ishlarning mantiqiy davomidir. Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida qabul qilingan ushbu qonun 6 bob, 42 moddadan iborat. Qonunda taʼriflanishicha, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi – aholi sogʻligining holati boʻlib, bunda insonga yashash muhiti omillarining zararli taʼsiri mavjud boʻlmaydi va uning hayot faoliyati uchun qulay shart-sharoitlar taʼminlanadi.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlariga sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, davlat tomonidan sanitariya-epidemiologiya normalarining joriy etilishi, aholining sanitariya madaniyati darajasini oshirish, davlat sanitariya nazoratini va bu borada xalqaro hamkorlikni amalga oshirish kabi masalalar kiradi.

Qonunga koʻra, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari davlat organlari hamda boshqa organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishi shart boʻlgan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi talablarni belgilaydigan hujjatlar boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi tomonidan tasdiqlanadi.

Qonunda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, mahalliy davlat hokimiyati organlarining aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi vakolatlari belgilab berilgan.

Davlat sanitariya nazorati Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligining Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati respublika markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar hamda shaharlar davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazlari, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Ichki ishlar vazirligining, Milliy xavfsizlik xizmatining, "Oʻzbekiston temir yoʻllari” aktsiyadorlik jamiya-tining tegishli tarkibiy boʻlinmalari tomonidan amalga oshiriladi.

Qonunda davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslar va ularning vakolatlari, huquqlari hamda majburiyatlari ham belgilab berilgan.

Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari ham ishtirok etishi mumkin. Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi davlat dasturlarini, hududiy va boshqa dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etadi, sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirishda koʻmaklashadi, tegishli hududda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi tadbirlarning amalga oshirilishi, hovli va uy atrofi hududlaridagi qurilishlar hamda hovli va uy atrofi hududlarini saqlash qoidalariga rioya etilishi yuzasidan jamoatchilik nazoratini amalga oshiradi. Shuningdek, ovul va mahallalar oqsoqollari obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlarida tegishli hududda yashovchilarning ixtiyoriy asosda ishtirok etishini tashkil etadi. Nodavlat notijorat tashkilotlari esa bu ishda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa organlarga koʻmaklashishi hamda zarur yordam koʻrsatishi mumkin.

Qonunning 3-bobida yuridik va jismoniy shaxslarning aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi huquq va majburiyatlari belgilab berilgan. Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasida davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat hamda insonning yashash muhiti holati toʻgʻrisida axborot olish, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish, fuqarolar, yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishi oqibatida, shuningdek sanitariya-gigiyena tadbirlari va epidemiyaga qarshi tadbirlarni amalga oshirish paytida oʻzlarining mol-mulkiga yetkazilgan zararning oʻrni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda toʻliq hajmda qoplanishini talab qilish hamda davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarning qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan boʻysunuv tartibida yuqori turuvchi organlarga yoki mansabdor shaxslarga yoxud sudga belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.

Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bu boradagi majburiyatlari sirasiga esa aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarning qarorlari va koʻrsatmalari talablarini bajarish, yuqumli va parazitar kasalliklar paydo boʻlgan taqdirda ularni bartaraf etish maqsadida sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash hamda aholiga realizatsiya qilish paytida mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligini taʼminlash, mahsulotni ishlab chiqarish, tashish, saqlash va aholiga realizatsiya qilish, ishlarni bajarish hamda xizmatlarni koʻrsatish paytida sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya etish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga tahdid soluvchi avariya vaziyatlari, texnologik jarayonlarning buzilishlari toʻgʻrisida mahalliy davlat hokimiyati organlariga, davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlarga ishonchli axborot taqdim etish kabi majburiyatlar kiradi.

Fuqarolar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi sohasidagi quyidagi huquqlarga ega:

qulay yashash muhiti;

davlat boshqaruvi organlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan, shuningdek davlat sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlardan sanitariya-epidemiologik vaziyat va insonning yashash muhiti holati toʻgʻrisida axborot olish;

yuridik shaxslardan va yakka tartibdagi tadbirkorlardan mahsulotning, shuningdek bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlarning xavfsizligi hamda sifati toʻgʻrisida axborot olish;

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini yaxshilash boʻyicha takliflar kiritish;

aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlari oqibatida oʻz sogʻligʻiga yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishini talab qilish.

Fuqarolar aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi hamda boshqa fuqarolarning sogʻlikni saqlash va qulay yashash muhitiga boʻlgan huquqlari buzilishiga sabab boʻluvchi harakatlarga yoʻl qoʻymasligi shart.

Qonunning 4-bobida aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligini taʼminlashga doir talablar, 5-bobida esa sanitariya-gigiyena tadbirlarini va epidemiyaga qarshi tadbirlarni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibi koʻrsatib oʻtilgan.

Xulosa oʻrnida aytganda, mazkur qonunning qabul qilinishi mamlakatimizda sanitariya-epidemiologik osoyishtalikni taʼminlash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish kompleks tizimini mustahkamlashga, shuningdek ijro etuvchi organlar va nazorat qiluvchi xizmatlar tomonidan samarali nazoratni taʼminlashga xizmat qiladi.

 

Toʻramurod BOBONIYoZOV,

tuman DSENM Bosh shifokori,  xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, Kengashning agrar, suv xoʻjaligi masalalari va

ekologiya boʻyicha doimiy komissiyasi raisi.

(Foto - http://navoimed.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026