01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:25
Jamiyat 👁 2,924

KEKSALARNI EʼZOZLASh – OLIY QADRIYaT

KEKSALARNI EʼZOZLASh – OLIY QADRIYaT

Xalqimizning oʻzigagina xos shunday hayotbaxsh urf-odatlari, anʼanalari va qadriyatlari borki, ularning har birining oʻziga xos mazmun-mohiyati bor. Ota-onani, oʻzidan katta yoshdagilarni hurmat qilish, mahalladoshlar bilan yaxshi munosabatda boʻlish, bir-birining holidan xabar olib turish kabi urf-odatlarimiz tufayli umrimiz goʻzal va mazmunlidir.

Yurtboshimiz rahnamoligida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosat natijalari nuroniylarga koʻrsatilayotgan eʼtibor va gʻamxoʻrlikda oʻz ifodasini topmoqda. 2015-yil "Keksalarni eʼzozlash yili” deb eʼlon qilindi. Shu munosabat bilan qabul qilingan "Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat Dasturida belgilangan vazifalarga muvofiq bizning fondimiz tomonidan ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Faxriylarni, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va front ortida mehnat qilgan yurtdoshlarimizni ijtimoiy muhofazalash, ularga moddiy-maʼnaviy koʻmak berish ustuvor vazifalarimizdan biridir. Tumanimizda 16 nafar urush qatnashchisi, 319 nafar frontorti faxriylari, yakka-yolgʻiz fuqarolarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirildi. 16 nafar urush qatnashchisining barchasiga analog va raqamli televideniye signallarini qabul qiladigan televizorlar berildi. Shuningdek 1941-1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari, yolgʻiz va ijtimoiy madadga muhtoj keksa kishilarning 2015-2017 yillarda uy-joy sharoitlarini yaxshilashning hududiy dasturlari ishlab chiqildi  va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashga muhtoj keksalarning xonadonlari va uylarini hashar yoʻli bilan joriy taʼmirlash, zarur hollarda esa mukammal taʼmirlashni, shuningdek hovlilarini obodonlashtirishni nazarda tutgan holda ularning turar-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha har bir fuqarolar yigʻinlarida har yili bir nafardan, jami 141 nafar kishini qamrab olgan holda 2015-2017-yillarda bu dasturning amalga oshirilishi belgilandi.

Bundan tashqari, ovul va mahallalarda 15-aprel - 15-may oraligʻida "Keksalar duosini olaylik” shiori ostida aktsiya oʻtkazilib, oylik davomida hududdagi 2000 nafardan ziyod qariya otaxonlar va onaxonlar bu xayrli ishga qamrab olindi. Aktsiya davomida xududdagi barcha maktablar va kasb-hunar kollejlarida keksalar bilan 111 ta uchrashuvlar, badiiy kechalar va kontsert dasturlari tashkil etildi. Bunga 1024 nafar keksalarimiz qatnashdilar, homiylar tomonidan 3 mln. soʻmlik sovgʻalar berildi.

Dasturning 42-bandi ijrosi yuzasidan joriy yil iyun oyining 27 sanasida "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi tashabbusi bilan 100 yosh va undan katta yoshdagi kishilarni ulugʻlash boʻyicha "Asr bilan yuzma-yuz” tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida tumandagi 100 yoshdan oshgan 5 nafar momoning uylariga hududlardagi "Mahallaning orasta qizlari” toʻgarak aʼzolari bilan borib, ularning holidan xabar olindi, suhbatlar tashkil qilinib,  fond tomonidan sovgʻalar berildi.

Hududdagi har bir maktab va kasb-hunar kollejida sinf rahbari boshchiligida 5 nafar oʻquvchidan iborat 3 ta yordamchi guruh, jami 170 ta guruh 9 oy davomida 1020 nafar keksalarning uyiga borib obodonlashtirish, qishga tayyorgarlik ishlariga yordam koʻrsatishdi.

Tumandagi 726 nafar keksalarimiz fuqarolar yigʻini raislari boshchiligida va homiylar koʻmagida ziyoratlarga olib borildi.

Shuningdek ilm-fan, madaniyat, qishloq xoʻjaligi, tibbiyot, taʼlim va boshqa sohalarning rivojlanishiga hissa qoʻshgan 50 nafar keksalarimiz 16-avgust kuni Samarqand  va Buxoro shaharlariga ziyoratga yuborildi. 

2015-yil 28-avgust kuni "Yangiobod” mahallasida joylashgan sunʼiy qoplamali maydonda "Keksalarni eʼzozlash yili” davlat Dasturining 16-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi boshqaruvi, tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi, tuman  Ichki ishlar boʻlimi, tuman Tibbiyot birlashmasi, Tuman XTMFMTTE boʻlimi "Amudaryo televideniyesi” MChJ hamkorligida keksalarimizning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularning jismoniy tarbiya bilan shugʻullanishi, hordiq chiqarishini taʼminlash maqsadida "Keksalar zavqi” sport musobaqalari oʻtkazildi.

Keksalar – yurtimiz fayzi, xonadonlarimiz farishtalaridir. Ularning munosib turmush sharoitlarida yashashi va keksalik davrida doimo gʻamxoʻrlikda, ardogʻimizda umrini koʻngilli oʻtkazishlariga yordamlashish barchamizning burchimizdir. Shu aziz Vatanimizning gullab-yashnashi, bugungi farovon hayotimiz uchun mehnat qilib nuroniy yoshga yetgan otaxonlar, onaxonlarimizni har qancha qadrlasak arziydi.

 

Rustam ROʻZMETOV, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi raisi, xalq deputatlari tuman Kengashi deputati.

(Foto - http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026