AZIZ YuRTDOShLAR!
Yurtimiz yoshlarini har tomonlama barkamol, maʼnaviy jihatdan yetuk insonlar qilib tarbiyalash, shu orqali jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlashga hissa qoʻshish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan "Yuksak maʼnaviyatli avlod – yurt kelajagi” loyihasini amalga oshirish maqsadida "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti har oyning oxirgi juma kuni NNTda "Maʼnaviyat kuni” deb eʼlon qilinganini maʼlum qiladi. "Maʼnaviyat kunlari” doirasida yozuvchi va shoirlar, ijodkorlar va NNT aʼzolarining aholi, ayniqsa yoshlar, olis qishloqlar aholisi bilan uchrashuv hamda davra suhbatlari tashkil qilinadi.
Shuningdek, bolalar va yoshlar, ayniqsa qishloq joylarida yashovchi bolalar va yoshlarning maʼnaviyatini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirishga koʻmaklashish maqsadida "Jayxun ilhomlari” NNT qoshida kutubxona tashkil qilinib, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish maqsadida ovul va mahallalarga "Maʼnaviyat kunlari”da koʻchma kutubxona tashrifi yoʻlga qoʻyiladi.
Tumanimizda istiqomat qilayotgan oʻqituvchi va murabbiylar, ijodkorlar va maʼnaviyat fidoyilarini "Jayxun ilhomlari” NNT tomonidan "Maʼnaviyat kunlari” doirasida ovul va mahallalarda oʻtkaziladigan uchrashuvlar va davra suhbatlarida faol ishtirok etib, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirishdek xayrli ishga hissa qoʻshishga chorlab qolamiz.
Murojaat uchun telefon: +998 94 426 11 68.
"Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkiloti.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶