01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:24
Jamiyat 👁 3,936

KOʻR-KOʻRONA TAQLID – MAʼNAVIYaTSIZLIKDIR

KOʻR-KOʻRONA TAQLID – MAʼNAVIYaTSIZLIKDIR

Soch emas bu, sharshara bu, sharshara,

Sharsharangda qoʻshilishib oqayin...

Benazir hofiz Sherali Joʻrayev maromiga yetkazib, dil torlarimizni chertib ijro etgan bu qoʻshiqni tinglamagan, tinglash barobarida tim qora sochlari oʻrimi beliga tushgan odobli, hayo-iboli, sarvqomat qizlar koʻz oʻngida namoyon boʻlmagan odam bormikan?

Ha, uzun sochlar qizlar jilvasiga jilva, husniga husn qoʻshadi. Xoh turmaklangan, xoh oʻrilgan boʻlsin, uzun va chiroyli sochlarga havas bilan boqamiz, zavqimiz keladi.

Sochlar... uning taʼrifiga buyuk adiblarimiz, zamondosh shoirlarimiz ham qancha-qancha ashʼorlar bitishmagan, hofizlar qoʻshiq qilib kuylashmagan.

Bularni eslashimga yaqindagina oʻzim shohidi boʻlganim va xayolimdan ketmay qolgan bir voqea sabab boʻldi. Bir yigʻinda oʻrtacha kattalikdagi xonada oʻn-oʻn besh nafarcha turli yoshdagi ayollar oʻtirishardi. Hamma gurung bilan ovora, yoniq turgan televizorga hech kim eʼtibor berayotgani yoʻq edi. Mening yonginamda oʻtirgan 70 yoshlardan  oʻtgan, boshiga oq ipak roʻmol tashlab olgan onaxonning koʻzi teleekranga tushib qoldi-yu, hay, qaranglar, bu ayol kim ekan, - dedi qiziqib. Shunda birovi gapirayotgan ayolning ism familiyasini oʻqidi va nuroniy ekan, deb qoʻshib qoʻydi.

Qiziqqan onaxon uning erkaklarnikiday kalta turmaklangan sochiga, tor koʻylagiga qarab hayratlanganday:

- Yo tavba! Avvallari ayb ish qilgan ayollarni "iloyo soching kesilsin”, deya qargʻashardi. Hozir soch kesish yoshlar-ku yoshlar, nuroniylarga ham urf boʻlib ketdimi? – dedi zarda bilan.

Xoh tim qora, xoh mallarang boʻlsin, xotin-qizlarning rangiga mutanosib ravishdagi sochlari albatta barcha yoshdagilarga ham oʻziga yarashib turishi hammaga ravshan. Biroq oʻzga yurt vakillariga havas qilibmi, yo xorij kinofilmlari qahramonlariga oʻxshashga intilish oqibatidami, sochlarni  turli fasonda kesishlar "moda”ga aylanib ketdi. Hatto ularni orqasidan koʻrsangiz, erkak yo ayolligini bilish qiyin boʻlib qoldi.

Oldinlari sochiga oq oralay boshlagan ayollar buni yashirish uchun qora rangga boʻyab yurishardi. Endi keyingi toʻrt-besh yillardan beri ayol-qizlar husniga husn qoʻshib turgan tim qora sochlarini sariq rangga boʻyaydigan odat chiqarishdi. Tabiatan odamning oʻz rangiga mos sochining rangini ustini sargʻish, tagini qoram-tir tusga boʻyashdan nima maʼno bor? Shunday qilsam, goʻzal boʻlarman, degan xayolga borgan qiz avvalo atrofidagi sochini shu usulda boʻyaganlarga yaxshilab bir nazar solsa-ku, albatta, fikridan qaytar, sochlarining tabiiy rangi oʻziga yarashib turganini anglar edi. Afsuski, hayotda koʻrganlariga koʻr-koʻrona taqlid qilish, ergashish kuchayib borayapti.

Bundan ikki yilcha avval hamkasblarimiz bilan Xiva shahriga sayohatga bordik. Qadimiy obidalarni koʻzdan kechirib yursak, oldimizdan oq kofta, qora kostyum-yubka kiygan, aftidan oʻquvchi boʻlsa kerak, oʻn yetti-oʻn sakkiz yoshlar atrofidagi yelkasiga sumkasini ilib, qoʻliga allaqanday kitob ushlab olgan qiz oʻtib qoldi. Uning mayda qilib oʻrilgan sochlari hatto kostyumining etagidan ham uzun edi. Unga havaslanib qaragan bir men emas ekanman, qiz oldimizdan oʻtib oʻn qadamcha yurgan edi. Uch-toʻrt nafar xorijlik sayyohlar qizga oʻz tilida nimalardir deyishdi. Qiz toʻxtadi. Shunda ulardan biri chaqqonlik bilan oldinga oʻtib suratga oldi. Qaniydi, shu lahzalarni goʻzal sochlarini kestirishga yo allambalo ranglarga oʻzgartirishga ahd qilgan qizlarning hammasi ham koʻrsa, deya oʻyladim.

Bu mulohazalarim bilan men birovning ustidan kulish fikridan juda yiroqman. Demoqchimanki, haqiqiy goʻzallik – tabiiylikda va qalb olami maʼnan boyligida. Maʼnaviy qashshoq odamgina birovga koʻr-koʻrona ergashadi, taqlid qiladi. Shunday emasmi?

Oygul RAJABOVA.

(http://uza.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026