01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 01:24
Jamiyat 👁 4,680

XITOY OVULI ATAMASI HAQIDA QISQAChA MAʼLUMOT

XITOY OVULI ATAMASI HAQIDA QISQAChA MAʼLUMOT

"Tarixingdir ming asrlar ichra pinhon, oʻzbegim!” (E.Vohidov).

Yer yuzini suv bosgan buyuk Nuh toʻfonidan keyin insoniyat Nuh paygʻambarning uchta oʻgʻli: Hom, Som, Yofas avlodlaridan tarqalgan.

Yofasning yetti oʻgʻli boʻlgan: Turk, Xazar, Saqlab, Rus, Ming, Chin, Kamori (Kaymol). Toʻngʻich oʻgʻli Turk shu yettoviga boshchi qilib saylangan.

Turkning 4-avlodi (oʻgʻli, nevarasi, chevarasidan keyin) – evarasi Alinjahon edi. Alinjahondan egizak – Moʻgʻil va Totor tugʻildi. Alinjahon mamlakatni ikki oʻgʻliga teng boʻlib beradi. Ular ahillikda mamlakatni boshqaradilar. Moʻgʻil bosqini oqibatida hozirgi kunda salbiy tasavvuriy maʼno kasb etib qolgan moʻgʻultotor qabilalari ana shunday tarkib topgan asli bir ota-onadan tugʻilgan "yot” ogʻa-ini elatlardir. Yuz yillar, ming yillar oʻtgan sayin, qabilalar, urugʻlar, elatlar koʻpayishgani sayin bir-biridan uzoqlashib, yotlashib boravergan. Oʻzaro urush-talashlar tinimsiz davom etib turgan, maʼlum davr bir qabila yoki urugʻning, yoki boshqasining nufusi va nufuzi ortiq boʻlib turgan. Turli urugʻ va xalqlar shunday vujudga kelgan.

1313-1342 yillarda Oltin Oʻrda xoni Sulton Muhammad qadimgi kuchli oʻzbek qabilasining sardori boʻlgani uchun "Oʻzbekxon” deb atalgan. Bu qabilalar Oltoy, Yettisuv, Sharqiy Turon tomonidan Oʻrta Osiyo tomon siljib, Movarounnahr hududlarini egallaganlar va oʻzbeklar deb atala boshlagan. Shu oʻrinda Yevropada Oʻrta Osiyo va Markaziy Osiyo bir xil tushunchaga ega boʻlganligini eʼtiborga olish joiz. Dashti Qipchoqda qolganlari esa qozoqlar deb atala boshlagan. Demak, aslida bu xalqlarning tub ildizi bir. Soʻnggi ming-ming yarim yillarda ular turli nomlar (balki urugʻ qabilalar nomlari) bilan atalgan, xolos.

Oʻzbekxon Islom dinini qabul qilgan va rivojlantirgan. Uning hukmronligida harbiy va iqtisodiy qudrati nihoyatda oshib ketgan Oltin Oʻrda Rossiyaning ham koʻpgina knyazliklarini bosib olgan. Demak, Oʻzbekxon hukmdorning ismi emas, balki Sulton Muhammadga berilgan unvon boʻlib, "oʻzbeklarning xoni” maʼnosini anglatadi. Mirzo Ulugʻbek Oltin Oʻrda davlati Sulton Muhammad Oʻzbekxongacha ham "Oʻzbek ulusi”, "Oʻzbakiya” deb atalganini qayd etgan.

Xullas, oʻzbek xalqi ham boshqa turli turkiy xalqlar kabi juda koʻp turk va turk-moʻgʻil qavmlari asosida shakllanganligi haqida qadimiy-tarixiy manbalar mavjud.

Bu manbalarning koʻpchiligida 92 oʻzbek urugʻi nomlari keltirilgan (qavmlar bilan 189 ta, balki undan ham koʻp). Ana shu qavm-urugʻlarning nomlari joy, ovul, qishloq, tuman nomlariga aylanib ketgan: Mangʻit, Qipchoq, Xitoy, Doʻrman, Qangli, Jaloyir, Uyshin, Chimboy, Qoʻngʻirot, Turkman, Qoraqalpoq, Qorliq, Qirgʻiz, Qiyot, Oʻzbek, Yuz, Qirq, Ming, Barlos, Tama, Tobin, Mitan, Moʻytan, Kenagas, Boyovut, Bodoy, Argʻin, Arab, Avgʻon, Noʻkoʻz ... va hokazo.

Bizning Xitoy qishlogʻimiz nomi ham oʻzbekning 92 urugʻidan biri – Xitoy urugʻi nomidan olingan boʻlishi mumkin. Manbalarda bu urugʻ nomining Qitoy shakli ham bor.

Yana qadimiy manbalarda "qitoli” soʻzining jangari, gʻayratli maʼnolarini bildirishi va turkiy xalq qabilalarining biri "qitoli”-"qitolilar”- "qitoy”-"qitoylar” shaklida oʻzgarishga uchrab, urugʻning va joyning nomiga aylanib ketgan boʻlishi mumkinligi aytilgan. Juda katta hududda yashovchi turli elatlarning aloqa-uchrashuvi ham bunday turli nomlarning kelib chiqishiga sabab boʻlgan, albatta.

Xorazmning Shovot, Bogʻot tumanlarida ham Xitoy qishloq fuqarolar yigʻinlari mavjud. Respublikamizning boshqa viloyatlarida hamXitoy, Qoraxitoy nomli joylar, qishloqlarbor.

Oʻn toʻqqizinchi asrda yashagan shoir Turdi shunday yozgan:

Tor koʻngullik beklar, man-man demang, kenglik qiling,

Toʻqson ikki bovli oʻzbak yurtidur, tenglik qiling!

Birni Qipchoq, Xito-yu, birni Yuz, Nayman demang,

Qirqu Yuz, Ming bir boʻlib bir son oyinlik qiling!

Demak, qishlogʻimiz Mangʻit, Qipchoq, Qoʻngʻirot, Doʻrman, Qangli, Jaloyir, Barlos, Uyshin kabi qadimiy oʻzbek xalqining 92 urugʻining biri – Xitoy nomi bilan atalgan.

Abdulhay Abdurahmonovning ikki yuzdan ortiq moʻʼtabar manbalarga tayanib yozilgan "Saodatga eltuvchi bilim” asarida Oʻzbek xalqi qabila va urugʻlarining kelib chiqishi haqida yaxshi asosli maʼlumotlar bor. Mustaqilligimiz sharofati-la diyorimizdan yetishib chiqqan koʻpgina islom allomalarining faoliyatiga hukmron mafkura istagiga qarab emas, bor tarixiy haqiqat nuqtai nazaridan baho berildi. Xalqimizning tarixi, atamalari haqida ham koʻp ilmiy izlanishlar va xulosalar oʻzining zukko fidoyilarini kutib turibdi.

Tursunboy ABDULLAYeV, Xitoy ovuli.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026