01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 04:25
Jamiyat 👁 7,806

ODAM SAVDOSI - INSON SALOMATLIGI VA ERKINLIGIGA TAHDID

ODAM  SAVDOSI   - INSON  SALOMATLIGI  VA  ERKINLIGIGA  TAHDID

Odam savdosi bilan bogʻliq muammolar dunyo mamlakatlari qatori Oʻzbekistonni ham chetlab oʻtayotgani yoʻq. Unga barham berish maqsadida yurtimizda bir qancha huquqiy-meʼyoriy xujjatlar qabul qilinib, ijrosi taʼminlanmoqda. Mamlakatimizda Oʻzbekiston Respublikasining "Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonuni, shuningdek, 2008-yilning 8-iyulida Prezidentning "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish  chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 911-sonli Qarori qabul qilindi. Bunga koʻra, odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika idoralararo komissiya tashkil etilib, uning aʼzolari tomonidan 2014-yilda "Odam savdosi - davr muammosi” targʻibot kontseptsiyasi ishlab chiqildi. Kontseptsiya  davlatimiz rahbarining 2014-yil 6-fevraldagi "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid Davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan  qoʻshimcha    chora-tadbirlar   toʻgʻrisida”gi Qarorida ilgari surilgan gʻoyalarga hamohang boʻlib, yoshlarning mavjud imkoniyatlardan toʻliq foydalanishlari uchun shart-sharoit yaratadi. Binobarin, mamlakatimizda jismonan baquvvat, ruhan tetik, intellektual salohiyati baland, hech kimdan kam boʻlmagan, har qanday vaziyatda toʻgʻri yoʻl topa oladigan avlodni tarbiyalash uchun oila-mahalla-taʼlim muassasasi hamkorligi tizimi yaratilib, bu jarayonga keng jamoatchilik jalb etilgan. Turli kollejlarni bitiruvchi yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish maqsadida imtiyozli kreditlar ajratilib, bundan unumli foydalanib kelinmoqda. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 10-oktyabrdagi "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatini qoʻllab-quvvatlash va uning faoliyat samaradorligini yanada oshirish toʻgʻrisida”gi Qarorida aytilganidek: "Har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash masalasi davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biridir”. Bugun yoshlarimiz internet va ommaviy axborot vositalari orqali har kuni dunyo miqyosidagi rang-barang axborotlarni qabul qilmoqda.

Biz erkin demokratik jamiyat qurish niyatida ekanmiz, yoshlarimizga nimanidir koʻrishni yoki eshitishni taʼqiqlay olmaymiz. Lekin, ayni paytda, farzandlarimizni "Ommaviy madaniyat” niqobi ostida tarqatilayotgan, ularning maʼnaviyatiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan axloqsizlik, zoʻravonlik, individualizm, egotsentrizm gʻoyalari taʼsiridan asrab-avaylashimiz zarur. Agar ularni ana shu illatlar taʼsiridan himoya qila olmas ekanmiz, oʻsib kelayotgan avlod «odam savdosi»dek illatning domiga tushib qolishi hech gap emas. Bu muammo insonning nafaqat jismoniy kuchini, balki uning ruhiyati, dunyoqarashini pasaytirib, hattoki maʼnaviy qadriyatlardan uzoqlashtiradi. Ayrim shaxslar sodda yurtdoshlarimizni boylik orttirish, moʻmay daromod toʻlanadigan ishlarga joylab qoʻyishni vaʼda qilib, Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand, Singapur davlatlariga noqonuniy yoʻllar bilan olib chiqib ketib, sotib yubormoqdalar. Bu millatimiz uchun katta fojiadir. Ayniqsa, bu achinarli voqealarga yoshlar va  ayollarning aralashganini aslo kechirib boʻlmaydi. Mamlakatimizda ishlab, pul topish, farovon yashash imkoniyati boʻlaturib, yoshlarning tadbirkorlik bilan shugʻullanishiga keng imkoniyatlar yaratilayotgan bir paytda ularning xorijga yoʻl olishi, xoʻrlanishi, qul qilib sotilishi hech birimizning gʻururimizga, millatimizning maʼnaviy qadriyatlariga toʻgʻri kelmaydi.

2015-yilning 10 oyida tumanimizda 1426  nafar fuqaro xorijiy davlatlarga borib kelgan boʻlib, 1426 nafari tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, flyurografiyaga tushirilib, OITS va RW tahlillari 100 foiz tekshirilib, tibbiy va psixologik yordam koʻrsatish boʻyicha tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Odam savdosi boʻyicha jabrlangan, deb eʼtirof etilgan 11 nafar shaxs boʻlib, barchasi tibbiy koʻrikka jalb qilingan. 2015-yilning II choragida 10 nafar fuqaro Toshkent shahriga, reabilitatsiya markaziga yuborildi va 1 nafar fuqaroga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi huzuridagi Odam savdosiga qarshi kurashish va jabr koʻrganlarga amaliy yordam koʻrsatish markaziga yoʻllanma berildi. Tuman Salomatlik markazi, davolash-profilaktika muassasalari tibbiy xodimlari hamkorligida 2015 yilda «Odam savdosi va uning salbiy oqibatlari» mavzusida aholi oʻrtasida keng qamrovli targʻibot va tashviqot ishlari olib borildi. Jumladan, 2015-yilda  115 tadbir oʻtkazilib, bunda 8113 nafar kishi qatnashdi. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirish va «Ogoh boʻling, odam savdosi» mavzularida ham 88 ta tadbir oʻtkazilib, ushbu tadbirlarda 3025 nafar yoshlar ishtirok etdi. Kelgusi yilda ham odam savdosiga qarshi kurash boʻyicha koʻplab ishlarni rejalashtirganmiz.

515-18-07  ishonch telefonlari orqali aholi oʻzi uchun kerakli boʻlgan maʼlumotlardan xabardor boʻlmoqda. Bulardan tashqari, «Firibgarning tuzogʻiga ilinmang», «Boshi berk koʻchaga kirib qolmang», «Odam savdosidan ehtiyot boʻling» kabi mavzularda buklet va plakatlar, tarqatma materiallar tayyorlanib, aholiga tarqatilib kelinmoqda. Bularning bari yurtdoshlarimizning odam savdosi qurboniga aylanib qolmasliklari uchundir.

Chunki, odam savdosi - inson erkinligiga tahdiddir. Davlatimizning asosiy Qonuni - Konstitutsiyamizning VII bob, 26-moddasida «Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa, duchor etilishi mumkin emas», deya koʻrsatilgan. Odam savdosi bilan shugʻullanib, moʻmay daromad topishni maqsad qilganlarga esa jazo muqarrardir.

O.HALIMOV,

tuman tibbiyot birlashmasi boshligʻi, tibbiyot fanlari nomzodi.

(Foto - http://oydinyol.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026