12.11.2026
Til Öz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf ölçami Rang Rasmlar
12.11.2026, 21:25
Adabiyot 👁 5,007

HAYoT SINOVLARI

HAYoT SINOVLARI

(Bölgan voqea)

Hayot Rahmon oğani juda köp sinadi. 12 yoşida baxtsiz tasodif tufayli ota-onasidan judo böldi. Öşanda egizak singillari Fotima-Zuhralar sakkiz, ukasi Omon esa tört yoşda edi.  Oilaning oğir yuki ham, ukalarining tarbiyasi ham yoşgina Rahmonjonning yelkasiga tuşdi. Har doim bir kelib-ketadigan qarindoşlari faqat maslahat qilişdan nariga ötmas, "sen endi oila boşliğisan, ukalaringga boş bölişing kerak”, - deya taʼkidlaşaverişardi. Yon qöşnilari, otasining yaqin dösti Ibrohim oğa esa Rahmonjonga otasiday mehr körsatar, mol-holga, hatto tomorqasiga ham qaraşar, ayoli Guljon opa non yopib berar, har kuni albatta bolalarga bir tovoq ovqat olib çiqardi.

Rahmonjon va uning ukalari ana şu ikki insonning mehri oğuşida ulğayişdi. Avval özi Universitetning biologiya fakultetida sirtdan öqidi, maktabga işga kirdi. Birin-ketin singillari Fotima-Zuhralar ham oliygohlarga öqişga kirişdi. Singillari öqişni tugatgan yili ukasi Omon talaba böldi.  Öşa yili Rahmonjon öz hamkasbiga uylandi. Baxtiga umr yöldoşi Salima aqlli, öta mulohazali va mehribon ayol ekan. Ham öqituvçilik, ham çevarlik qilib, oilaning kam-köstini töğrilaşda Rahmonjonga qöl-qanot böldi.

Inson umri juda tez ötarkan. Singillarini uzatib, ukasi Omonjonni uyli-joyli qilguniça yoşi qirqdan ötganini sezmay qoldi. Endi özining farzandlari – uç qiz, bir öğlini öqitiş, uyli-joyli qiliş taşvişlari bilan yugurib-yelib yurganida umr yöldoşidan ajralib qoldi. Qizlarining kattasi endi kollejning birinçi bosqiçida edi öşanda. Ikki qizi va öğli maktabda öqirdi. Salimaning maʼrakalari ötmay turib uni singillari örtaga olişdi:

- Aka, uylaning, jiyanlarimga ona, özingizga hayotda suyançiq kerak, - deyişdi.

Bu gapni eşitgan qizlari uvvos solib yiğlaşdi. Şu kundan boşlab otasidan begonasirab qolişdi.

- Qizlarim, - dedi Ibrohim oğa, - Otangiz endi 40 yoşga kirdi. Sizlarni öqitib, uyli-joyli qilişi uçun unga umr yöldoş albatta kerak. Oila aravisini tortiş bir kişiga oğirlik qiladi, bunday aqlsiz bölmanglar.

Ibrohim oğa bilan Guljon opa boş bölib Rahmonjonni uylantirib qöyişdi. Zulayhoning bu xonadonga kirib kelişi oila havosini göyo özgartirib yubordi. Bir-ikki oy tumtayişib yurgan Rahmonjonning farzandlari biron sabab bilan Zulayho uyda bölmasa, uni soğinadigan bölişdi. Qizlarning kattasi Nazira institutga şartnoma asosida öqişga kirganida Rahmonjon:

- Kelasi yil qaytadan hujjat topşirarsan, yaxşi repititorga tayyorlansang, albatta davlat granti asosida öqişga kirasan, - dedi tölov-şartnomaning zalvorini öylab.

- Yöq, - dedi Zulayho – bu ham bir imkoniyat otasi, qizimiz öqişga borsin. Mol-hol bor, tovuq boqamiz.

Ayoli şunday deb turganida Rahmonjon nimayam qilardi. Rozi böldi. Nazira to öqişini tugatgunça Zulayho tinib-tinçimadi. Buni qarangki, keyingi qizlari ham, öğli ham ulğayib, barçasi oliy maʼlumotli bölişdi. Qizlarini uzatib, öğlini  uylantirdi. Rahmonjon endi nafaqaga çiqib, huzur-halovatda yaşayman, deganida ikkala oyoği falajlanib, töşakka mixlanib qoldi. Katta xonadonning zalvorli yuki endi ayoli Zulayhoning yelkasiga tuşdi.

- Oldimizda soğ-omon, bolalarga maslahatgöy bölib ötirganingizning özi katta davlat, otasi, - deb qöyardi ayoli mehr bilan.

Ammo kelini özgarib qoldi. "ena-ena” lab Zulayhoning atrofida parvona böladigan kelin Rahmon oğa betob bölib qolgaç, özgardi-qöydi. Qaynonasining jöyali gapiga ham ters javob beradigan böldi. Bir kuni yon qöşnisi, Rahmon oğaga otasiday qadrli bölib qolgan Ibrohim ota vafot etdi. Öğli: "qöni-qöşninikiga çiqqaningizda qiynalmaysiz”, - deb olib bergan nogironlar aravaçasiga hali biron marta ham ötirmagan Rahmon oğa ayoliga:

- Mening otamday edilar, Ibrohim oğaning janozasiga çiqmasam bölmaydi, - deb öşa aravaçani keltirişni söradi.

Ayolining  kömagida aravaçaga ötirib, taʼziyaga çiqayotsa, uning kimgadir norozilik bilan:

- Nafasingni şamol uçirsin-a, unday dema, - deganini bexos eşitdi-yu, köça darvozasiga yetmay, aravaçani töxtatdi.

- Sizga nima, etingiz erib, qoningiz qorişmasa, bunday birovga yuk bölib ötirgandan köra...

Rahmonjon kelinining gaplarini aniq-tiniq eşitdi. Boşidan birov muzday suv quyganday seskanib ketdi. "Nima deyapti u? Birovga yuk bölgandan köra ölgani yaxşi, deb qaynotasini aytayotirmi? Şunday dedi şekilli. Ayoliga ham aççiq-tizziq gapirdi-ya”.

Rahmon oğaning qöllari qaltirab, asabiy holatda darvozaxonada, aravaça ğildiragini uşlagança ötirar, içkaridan esa kelinining ayoli bilan aytişayotgani unga yaqqol eşitilib turardi. Şu ötirişda qança vaqt ötdi, bilmaydi. Faqat köça tomondan kirib kelgan öğli Sohibjonning:

- Ota, taʼziyaga çiqmoqçimisiz? – degan gapidan öziga keldi.

- Ha, - dedi siniq ovozda.

Şu dam kutilmaganda içkaridan otilib çiqqan kelinning:

- Otam ölsa, bu uyda seni bir kun ham qoldirmayman! – degan jazavali ovozidan Sohibjon serraygança qotib qoldi. Bu gapni Ibrohim otaning  vafotini eşitib, şoşilinç darvozadan kirib kelayotgan Rahmon oğaning katta qizi Nazira ham eşitdi. Kelinining ortidan munğayibgina, xuddi aybdorlarday boşini egib uydan çiqqan Zulayho dolondagi supaga ötirib qoldi. Aravaçada ötirgan otasining oldida uyat va nomusdan titrab turgan öğil butun ğazab va nafratini bir sözga jamlab baqirdi:

- Çiq!

Oğzidan çiqqan gapi xuddi miltiqning öqiday bir emas, bir neça odamning yuragini yaralaganini sezgan kelin tipir-çilab qoldi. Uyda heç kim yöq-ku deb qaynonasining ögayligini yuziga solib, qaynotasini ortidan yuzsizlarça haqoratlayotgan kelin boşini egib içkariga yönaldi.

- Çiqib ket uydan! – Ovozining boriça baqirdi Sohibjon. – Oilamni mensimaydigan, ota-onamni odam örnida körmaydigan xotinning menga keragi yöq!

- Qöy, öğlim, - dedi Rahmon oğa, - hali yoş, keyin tuşunadi. Meni Ibrohim otangnikiga olib borgin.

Sohibjon özini bosişga qançalik urinmasin, xonadoniga kelganiga endigina beş oy bölgan kelin – xotinining  oğzidan çiqqan gap otilgan öqday jismini yaralab bölgan, butun vujudi ğazabdan zirqirardi.

Oradan bir xaftalar ötib-ötmay Rahmon oğanikiga janoza xabari keldi. Kelinning soppa-soğ, hukumat idorasida işlab yurgan otasi vafot etibdi. Hammalari taʼziyaga borişdi. Mayyit yerga qöyilgan kuni kelin ökrab yiğlagança Rahmon oğaning oyoqlari ostiga özini taşladi. Qaynonasini quçoqlab, qayta-qayta keçirim söradi. Qizining işlaridan hayron bölib ötirgan onasiga Ibrohim otaning janozasi kuni özi qilgan xatosi haqida sözladi.

- Hayot bir sinov, - dedi onasi. – Xatoni tan olib, xulosa çiqariş esa mardlik. Sening qilgan işing xato emas, gunoh, bolam. Gunohingni endi yaxşiliklaring bilan yuvasan. Soğ öladimi, kasalmi, bu xudoning işi. Ajrimini bandasi emas, Alloh çiqaradi.

Rahmon oğa bilan Zulayho qudağayining bu tanbehidan söng yengil tortişdi.

Hozir Rahmon oğa butun mahallaning  bobosiga aylangan. Zulayho momo bilan nevara-çevaralarining ardoğida. Yaqinda Sohibjon nevarali böldi. Otasining 80 yoşga tölgan kunida nevarasi tuğildi. Ismini Ibrohimjon qöyişdi.

- Ibrohim otaday bağri keng, mehr-oqibatli bölsin, - deyişdi.

Sohibjonning ayoli esa hamon özini gunohkorday his etib, yoşligidagi xudbinligi uçun afsuslanib yuradi.

- Meni hayot tobladi, - deydi u, - qaynonamdan umrni mehr-muhabbat bilan bezab yaşaşni örgandim. "Tilingda tarozi bölsin”, - degan hikmatning haqiqatlarida feʼlimni ziynatladim.

Inson tuğilganidan tuproqqa ketguniça toblanaveradi, deganlari şu bölsa kerak-da.

Robiya YÖLDOŞEVA.

🎬 Videogalereya Barçasi →
Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi ▶ Örta qalʼa ovulida xotin-qizlar bilan profilaktik uçraşuv ötkazildi 12.11.2026 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi ▶ 65-sonli maktabning yangi binosi foydalanişga topşirildi 11.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda ▶ Amudaryo tumanida kuzgi şudgorlaş işlarini sifatli taşkil etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda 10.11.2026 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi ▶ 45-sonli boğçada «Jajji ekologlar» amaliy seminari bölib ötdi 10.11.2026 Aholi salomatligi — oliy qadriyat ▶ Aholi salomatligi — oliy qadriyat 09.11.2026 Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi ▶ Amudaryo tumanida kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik işlari örganildi 09.11.2026 Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi ▶ Jismoniy tayyorgarlikdan ötgan çaqiriluvçilar harbiy qism vakillari bilan suhbatlaşdi 09.11.2026 Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir ▶ Qöriqlaş xizmati — aholi osoyiştaligi va mulk daxlsizligining kafolatidir 06.11.2026 AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA ▶ AMUDARYoDA “YaŞIL MAKON” LOYIHASI DOIRASIDAGI IŞLAR IZÇIL DAVOM ETMOQDA 06.11.2026 Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi ▶ Boğça tarbiyalanuvçilari uçun ekologik tarbiya metodikalari namoyiş etildi 05.11.2026 Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi ▶ Amudaryo tumanida içki işlar organlari xodimlarining kasb bayrami keng nişonlandi 05.11.2026 Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi ▶ Mehnat yarmarkasida 29 nafar fuqaro doimiy işga joylaştirildi 05.11.2026 Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi ▶ Olis ovullardagi maktablarda «Kitobxon yoşlar» klublari taşkil etiladi 04.11.2026 Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi ▶ Yöllarning qiş mavsumiga tayyorligi joyida örganildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi ▶ Amudaryo tumanida harbiy prokuratura sayyor qabuli va mehnat yarmarkasi ötkazildi 04.11.2026 Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi ▶ Amudaryo tumanida kuzgi mavsumda 829 ming köçat ekiladi 03.11.2026 Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi ▶ Amudaryo tumanida maʼnaviy-maʼrifiy işlar samaradorligi, mavjud muammolar muhokama qilindi 02.11.2026 HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI ▶ HARBIY XIZMATÇILAR UÇUN KASB-HUNAR TAʼLIMI KURSLARI YaKUNLANIB, SERTIFIKATLAR TANTANALI TOPŞIRILDI 02.11.2026 Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi ▶ Qonunçilikdagi ayollar va bolalar huquqlari himoyasiga oid normalar tuşuntirildi 31.10.2026 Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda ▶ Aholiga sifatli içimlik suvi yetkazib beriş borasidagi kamçiliklar bartaraf etilmoqda 31.10.2026 Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi ▶ Jajji ekologlar tabiatni asraş böyiça dastlabki tuşunçalarga ega bölişdi 31.10.2026 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi ▶ 10 oy davomida Qoraqalpoğiston böyiça 39 ta holatda içimlik suvi körsatkiçlari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlandi 30.10.2026 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi ▶ 1-sonli maktabda Özbek tili bayrami nişonlandi 26.10.2026 «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi ▶ «Sen isteʼdodlisan» körik-tanlovining tuman bosqiçi ötkazildi 20.10.2026 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda ▶ 9 yoşli bolalar papilloma virusiga qarşi emlanmoqda 20.10.2026 Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi ▶ Fanlar olimpiadasining tuman bosqiçi boşlandi 19.10.2026 Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi ▶ Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabi “Jasorat sinfi” öquvçilarining tantanali vaʼda beriş tadbiri ötkazildi 16.10.2026 Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalaniş aholi daromadini oşirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi ▶ Amudaryoda yoşlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari örganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqiçida texnikum öquvçilari ğoliblari aniqlandi 12.10.2026