02.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
02.10.2026, 05:36
Jamiyat 👁 5,083

Yangi yilingiz qutlugʻ boʻlsin!

Yangi yilingiz qutlugʻ boʻlsin!

Assalomu alaykum, yurtimizning har bir osuda tongini ezgu niyatlar bilan qarshi olib, butun kuch-gʻayratini, salohiyatini shu aziz Vatanimiz ravnaqiga hissa qoʻshishga baxshida etayotgan aziz yurtdoshlar!

Mana, mamlakatimiz tarixida oʻziga xos iz qoldirgan 2015-yil ham poyoniga yetib bormoqda. Oʻtayotgan har bir daqiqa bizni yangi 2016-yilga yaqinlashtirmoqda. Bunday hayajonli lahzalarda odam yil mobaynida bosib oʻtgan iziga nazar tashlaydi, oʻz mehnatlari natijasini sarhisob qiladi, yangi yilda oʻzini yanada ezgu, ulkan ishlarga, xayrli amallarga chogʻlaydi.

Siz azizlar bilan gazetaning joriy yildagi oxirgi sonida gʻoyibona diydorlashish, oʻz mehnatimiz mahsuli – yangi sonni yorugʻ yuz bilan hukmingizga havola etar ekanmiz, oʻylaymizki, "Taraqqiyot koʻzgusi” va uning ilovasi "Mening oilam” gazetalari koʻnglingizga eng yaqin nashrlar boʻldi. Gazetalar sahifalaridan tumanimiz hayotiga oid xolis, tezkor va haqqoniy axborotlar olish bilan birga ijtimoiy muammolar haqida mushohada yuritilgan maqolalar, tumanimiz ijodkorlarining ijodidan namunalar bilan tanishib bordingiz.

Shunisi diqqatga sazovorki, yakunlangan yilda "Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi "Oʻzbekistonning eng yaxshi hududiy gazetasi” deya eʼtirof etildi. Shuningdek, "Taraqqiyot koʻzgusi”, "Mening oilam” gazetalari va "amunews.uz” veb sayti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi taʼsis etgan grant tanlovlarida qatnashib, uchta loyihamiz ham gʻolib chiqdi va yil mobaynida loyiha rejalari toʻliq amalga oshirildi.

Qoʻlga kiritilgan ulkan yutuqlardan biri – tahririyat qoshida tumanimiz ijodkorlarini jipslashtiruvchi, yangi ijodiy parvozlarga ragʻbatlantiruvchi "Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilot tuzilib, faoliyatini boshlab yubordi.

Tahririyat ijodiy jamoasining yangi 2016-yil uchun rejalashtirayotgan ishlari koʻlami yanada ulkan.

Kirib kelayotgan yangi yilni muhtaram Yurtboshimiz "Sogʻlom ona va bola” deb nomladilar. Shu munosabat bilan qabul qilinadigan davlat Dasturi bizning zimmamizga ham ulkan vazifalarni yuklashi soʻzsiz. Yurtboshimizning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 23 yilligiga bagʻishlangan tantanali marosimda qilgan maʼruzasidagi "Ona va bola sogʻlom boʻlsa, oila baxtli, oila baxtli boʻlsa, jamiyat mustahkam boʻladi” degan hayotbaxsh gʻoya har bir yurtdoshimizning qalbiga chuqur kirib borishi ana shu ulugʻ ishga munosib hissa qoʻshish barchamizning muqaddas vazifamizga aylanishi lozim”, degan daʼvatiga mamlakatimizning hech bir fuqarosi ham befarq qaramaydi.

Azizlar! Yangi yil ostonasida turib barchangizni kirib kelayotgan "Sogʻlom ona va bola” yili bilan qizgʻin qutlaymiz. Hayotingizning har bir kuni ezgu amallar, quvonchli voqealarga boy boʻlsin, deymiz.

 

"Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi

tahririyati ijodiy jamoasi.

(Foto - http://uza.uz/)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026