30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 09:04
Qishloq xoʻjaligi 👁 3,549

MEHNAT FIDOYILARI RAGʻBATLANTIRILDI

MEHNAT FIDOYILARI RAGʻBATLANTIRILDI

Yangi yil bayrami arafasida tuman hokimligida 2015-yilda tumanda davlatga paxta topshirish shartnomaviy rejasi muvaffaqiyatli ado etilishi munosabati bilan bir guruh mehnat ilgʻorlari va fidoyilarini ragʻbatlantirish marosimi oʻtkazildi.

Tuman  hokimining birinchi oʻrinbosari B.Ernazarov tantanali marosimni kirish nutqi soʻzlab ochar ekan, u muhtaram Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasida yangi tizim  joriy qilinishi, paxta yetishtirishni yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan keng koʻlamli islohotlar, jumladan qishloq xoʻjaligida fermerlik harakatining yangi bosqichga koʻtarilayotganligi, maxsus dasturlar asosida yerlarning meliorativ holati yaxshilanganligi, selektsioner olimlarimiz tomonidan ertapishar va serhosil gʻoʻza navlarining yaratilayotganligi paxtadan moʻl hosil olishga zamin yaratayotgani, shular natijasida tumanimiz paxtakorlari Oʻzbekiston Respublikasida birinchi boʻlib shartnomaviy rejalarini qisqa vaqt ichida muvaffaqiyatli bajargani va 2015-yilda paxtachilikdan olingan daromadning 38 mlrd. soʻmdan oshib ketganligini faxr bilan tilga oldi.

Shundan soʻng mehnat ilgʻorlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va Vazirlar Kengashi, tuman hokimligi hamda homiylar tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

MMTPlar boʻyicha birinchi oʻrinni olgan Qipchoq MMTP raisi J.Jumaboyevga "Lifan” rusumli mototsikl, Qilichboy MMTP rahbari O.Qurboniyozovga "Lifan” UF50QT – 2 A rusumli mototsikl va "Toshyop” MMTP raisi J.Asqarovga kompyuter jamlanmasi topshirildi.

Shundan keyin 3 nafar ilgʻor fermer xoʻjaliklari rahbarlariga, paxta terish mavsumida aholi oʻrtasida targʻibot va tashviqot ishlarini yaxshi olib borgan va aholini paxta yigʻim-terimiga jalb qilishda fidoyilik koʻrsatgan sakkiz nafar fuqarolar yigʻinlari raislariga, fermer xoʻjaliklariga birkitilgan uch nafar otryad boshliqlariga, paxta yigʻim-terimi mavsumida faol harakat qilgan uch nafar "mingboshi”larga, uch nafar korxona-tashkilot rahbarlariga, uch nafar oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari rahbarlariga, uch nafar eng koʻp paxta tergan korxona-tashkilot xodimlariga, uch nafar eng koʻp paxta tergan oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilariga qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Shuningdek, tumanda paxta terimida faol ishtirok etgan Nukus davlat pedagogika institutining 21 nafar talabasiga toʻlov kontraktlari uchun 1 mln. soʻmdan pul oʻtkazib berilganligi maʼlum qilindi.

Mehnat fidoyilarini ragʻbatlantirish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi Bahodir Yangiboyev ishtirok etdi.

(Oʻz muxbirimizdan).

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026