01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 07:33
Jamiyat 👁 3,797

KOʻRGAZMA YoShLAR IQTIDORINI NAMOYISh ETDI

KOʻRGAZMA YoShLAR IQTIDORINI NAMOYISh ETDI

Oʻzbek xalqi azal-azaldan hunarmand xalq sanaladi. Shuning uchun boʻlsa kerak, hunarmandchilik mahsulotlari xalq orasida doimo qadrlanib keladi. Hunar insonni ulugʻlik sari chorlaydi. Ota-bobolarimiz tomonidan asrlar osha aytilib kelinayotgan "Hunar – hunardan rizqing unar” naqlida esa hikmatlar bir dunyo.

Biz oʻquvchilar, ayniqsa, qiz bolalar mana shu naqlning nechogʻlik toʻgʻri ekanligini va hunar inson hayotida muhim ahamiyat kasb etishini kollejimizda yoki kollejdan tashqarida  oʻrganayotgan hunarlarimiz asosida ham anglab bormoqdamiz. Bizning Mangʻit iqtisodiyot kasb-hunar kollejimizda xotin-qizlar kengashi muntazam faoliyat koʻrsatib kelmoqda. Kengash tarkibida bir qancha toʻgaraklar tashkil qilingan boʻlib, kollejimiz oʻquvchi-qizlarining bu toʻgaraklarga faol ishtirok etishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilgan. Ayniqsa, "Orasta qizlar” toʻgaragi aʼzolari tahsinga sazovor ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bunda oʻqituvchilarimiz - xotin-qizlar kengashi raisi Maqsuda Polvonova, "Orasta qizlar” toʻgaragi rahbari Mohira Yusupova va Nodira Tajimurodovalarning hissalari katta.

Kollejimizning "Oilashunoslik” fani oʻqituvchisi, "Orasta qizlar” toʻgaragining ham faol aʼzosi hisoblangan Nodira Tajimurodova kollej oʻquvchi-qizlari uchun "Orasta qizlar” toʻgaragi huzurida "Mohir qoʻllar” deb nomlangan toʻquvchilik toʻgaragini tashkil qilgan. U haftaning darsdan tashqari vaqtlarida 7-13-guruhi oʻquvchisi Madina Karimova yordamida ushbu toʻgarak faoliyatini olib bormoqda. Kollej oʻquvchi-qizlari bu toʻgarak faoliyatidan juda xursand. Shu sababdan toʻgarakka oʻttizdan ziyod qizlar muntazam qatnashishmoqda. "Orasta qizlar” xonasida qizlar uchun barcha sharoitlar mavjud. Kollej xotin-qizlar kengashining yana bir yutugʻi shundaki, "Orasta qizlar” xonasini kollejning "Orasta qizlar” hamda "Mohir qoʻllar” toʻgaragi aʼzolari oʻz qoʻllari bilan toʻqigan va yasagan mehnat namunalari bilan bezatishgan. Kollejimizda ushbu toʻgarakka yana koʻplab qizlarni jalb etish va toʻgarak faoliyatini kollejdan tashqarida ham ommalashtirish maqsadida "Orasta qizlar” oyligi doirasida haftaning juma – "Orasta yoshlar” kunida "Mohir qoʻllar” toʻgaragi koʻrgazmasi tashkil etildi. Ushbu toʻgarak koʻrgazmasi kollej xotin-qizlar kengashi raisi Maqsuda Polvonova hamda Mohira Yusupova, Nodira Tajimurodovalar tomonidan tashkil etilib, unda "Olmazor” mahallasi diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Gulnora Oʻrozboyeva mehmon  boʻldi. Koʻrgazmada toʻgarak aʼzolari oʻzlari toʻqigan ishlarini namoyish qildilar.

Feruza YOʻLDOShEVA, gazetaning jamoatchi muxbiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026