28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 12:28
Adabiyot 👁 4,205

SOʻZ MULKINING SULTONI

SOʻZ MULKINING SULTONI

Alisher Navoiy oʻzbek adabiyotidagina emas, balki butun turkiy xalqlar adabiyoti, hatto jahon xalqlari adabiyoti tarixidagi eng noyob hodisalar silsilasiga mansub boʻlgan buyuk shaxsdir. U qoldirgan merosining soni va hajmiga koʻragina emas, yuksak badiiyatiga koʻra ham tengsizdir. Navoiy ijodkor inson, kashfiyotchi olim, teran mushohadali tarixchi, nozik didli mutasavvuf, aruz ilmining bilimdoni, sheʼriyat mulkining sultonidir.

Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haqida gap ketganda "Xamsa”ni tilga olmay iloj yoʻq. Bu borada xamsachilik tarixiga nazar tashlaymiz: "Xamsa” arabcha "beshlik” demak. U mustaqil besh dostondan iborat boʻlishi lozim. Har bir doston mustaqil bir voqeani mazmuni keng va atroflicha masnaviy yoʻli bilan yoritib beradi.

Navoiy "Xamsa” yozishga kirishar ekan:

Yoʻldasa bu yoʻlda Nizomiy yoʻlim,

Qoʻldasa Xisrav bila Jomiy qoʻlim,

- deb madad soʻraydi. U oʻz oldiga oʻziga xos "Xamsa” yaratish vazifasini qoʻyadi. Buni shoir bir-necha oʻrinda ochiq-oydin taʼkidlaydi. "Farhod va Shirin” dostonining muqaddimasida shunday satrlar bor:

"Ayni nazm etki, tarhi toza boʻlgʻay,

Ulusqa mayl beandoza boʻlgʻay,

Yoʻq ersa nazm aylagʻonni xaloyiq,

Muqarrar aylamak sendin ne loyiq?”

Demoqdaki, shunday asar yozginki, oʻziga xos boʻlsin, oʻqigan odamlar boshqa asarlarga oʻxshamasligini sezib tursin. Aks holda, asari oʻzgalar yozganidek boʻlsa, bunday takrorlash senga loyiq emas. Yaxshisi, bunday asar yozmaganing maʼqul.

Lekin  bu ishni qilish oson emas edi. Buning uchun qalam tigʻi oʻtkir Nizomiy va Dehlaviy bilan ijodiy bahsga kirishishi lozim boʻladi. Bu esa juda katta bilim va yuksak adabiy didni talab qiladi. Navoiy "Farhod va Shirin”da shunday yozadi:

"Emas oson bu maydon ichra turmoq,

Nizomiy panjasiga panja urmoq.

Kerak sher oldida ham sheri jangi,

Agar sher oʻlmasa bore palangi”.

Navoiy yoʻlbars emas, sher boʻldi. Bu ogʻir va masʼuliyatli vazifani 1483-1485-yillarda, qisqa muddat ichida ado qildi.

Bugun biz yoshlar ulugʻ bobomiz Alisher Navoiyning avlodlari sifatida ularga munosib farzand boʻlmogʻimiz darkor Navoiyni anglab, ijodini chuqur oʻrganib, bizga nima demoqchi ekanligini anglashimiz lozim. Navoiy dahosi butun dunyoga mashhur. Navoiyni faqat turkiy xalqlar emas, balki jahon xalqlari sevib oʻqiydi. Navoiyning xotirasiga oʻrnatilgan haykallar Moskva, Tokio, Boku shaharlarida qad rostlagan. Mamlakatimiz poytaxtida esa (Oʻzbekiston milliy bogʻida) Alisher Navoiyning ulugʻvor haykali 1991-yil 26-sentyabr kuni barpo qilindi. Ana shu haykal ustidagi peshtoqqa Navoiy gʻazalidan olingan:

Olam ahli bilingizkim, ish emas dushmanligʻ,

Yor oʻlung bir-biringizgaki, erur yorligʻ ish, -  degan misralari yozib qoʻyilgan. Bu soʻzlar esa bashariyatga qarata aytilgan shior kabi jaranglaydi. Yurtboshimiz Islom Karimov aytadilar: "... Olamda turkiy va forsiy tilda soʻzlovchi biror-bir inson yoʻqki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va eʼtiqod bilan qaramasa”. Bugun biz yoshlar Navoiyni anglaymiz va sevamiz. Ularni anglash esa millatni sevish demakdir.


Yulduz TURSUNBOYeVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi, "Kamolot” sardori.    

(Foto - http://sensorika.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026