AYoL-QIZLAR HAR JABHADA FAOL
Istiqlol yillarida aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilish, tibbiy madaniyatni yuksaltirish, yoshlarni nikohga tayyorlash, sogʻlom oila qurish madaniyatini shakllantirish, oila, onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish, xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ularning oiladagi va jamiyatdagi mavqeini oshirish kabi koʻlamdor vazifalarni amalga oshirishda mahallalarda faoliyat yuritayotgan diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilarning hissasi ulkan boʻlayotir.
Men faoliyat yuritayotgan "Qangli” OFYda ham bu ishlar yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi bois, 2015-yilda "Mahallaning eng namunali diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichida 2-oʻrinni yengib olishga muvaffaq boʻldim.
Farzand tarbiyasida ota-onaning masʼuliyati muhim ekanligi xususidagi, oilalarning tinch va ahilligiga, aholining turmushi tobora farovonlashuviga erishish borasidagi tashviqot-targʻibot ishlarimiz ham beiz ketmayotir. Turli jabhalarda mehnat qilayotgan ayol-qizlarimiz tuman miqyosida oʻtkazilayotgan turli koʻrik-tanlovlar, sport musobaqalarining faol ishtirokchilaridir. "Maktab-oila-taʼlim muassasasi” hamkorligi yaxshi yoʻlga qoʻyilganligi bugungi globallashuv jarayoni kechayotgan bir davrda yoshlar ongida milliy gʻurur-iftixorni tarbiyalab, har qanday gʻayri kuchlarga, maʼnaviy tazyiqlarga qarshi tura oladigan sogʻlom dunyoqarashni shakllantirishga erishayotganimiz tufayli oʻtgan yilda va joriy yilning oʻtgan davrida voyaga yetmaganlar va yoshlar oʻrtasida koʻngilsiz hodisa sodir etilmadi. Aholining tinch-osoyishtaligi taʼminlanmoqda. Bunga erishishda biz har jabhada faol ayol-qizlarimiz hamkorligiga tayanib ish olib borayapmiz.
Raʼno AMETOVA,
"Qangli” OFYning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶