SUMALAK – TOTLI TAOM
Sumalak! Navroʻz bayramida dasturxonimizni bezaydigan eng sevimli taomlardan biri. U juda shifobaxsh boʻlishidan tashqari, oʻziga xos moʻʼjizalarga ega. Sumalak haqida gap ketar ekan, avvalo uning qanday paydo boʻlgani haqida xalq orasidagi turli xil rivoyatlar ham bir-biridan zavqli. Ularni bobo-buvilarimizdan etishganmiz. Men ham buvimdan sumalak moʻʼjizakorligi haqida rivoyatlar eshitganman. Shulardan birini tinglang: bir ayol boʻlgan ekan. U boyning uyida qolgan ovqatlarni ikki farzandi – Hasan va Husanga olib borish evaziga nonvoy boʻlib ishlarkan. U xamirli qoʻlini boyning uyidan oʻz uyiga kelib yuvar ekan.
Kunlarning birida boy qolgan ovqatni endi bermaydigan boʻlibdi. Ayol uyiga quruq boradi. Farzandlari ochlikdan xarxasha qilishgach, nima qilarini bilmay, tashqariga chiqib ketadi. Ayni paytda bahorning ilk kunlari boʻlgani uchun tashqariga chiqsa, hovlisida bir hovuch bugʻdoy unayotgan ekan. Ayol uni tozalab, boyagi qoʻlini yuvgan xamirli suvga soladi, farzandlarini ovutish uchun tosh ham solib, qaynatadi, qozonni tonggacha kovlab oʻtiradi. Bolalari uning pishishini kuta-kuta uxlab qolishadi. Oʻzi ham tongga yaqin qozonning qopqogʻini yopib, uyquga ketadi. Ertalab farzandlari turib, qozonni ochib, barmogʻi bilan undagi taomdan totib koʻrishadi.
Keyin oyisining yoniga borib:
- Oyi-oyi, turing, ovqatingiz pishibdi, juda mazali, oʻzi bu qanday ovqat? - deydi.
Rostdan ham ishtahani ochadigan ovqat pishib turganini koʻrgan ayol: "bu surmalak”, deb javob beradi. Husan sumalakdan tosh topadi.
Sumalakka tilak aytilib, tosh ham solinishi shundan qolgan ekan.
Dinora KARIMBOYeVA,
Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.
(Foto - http://mytashkent.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶