56-SONLI MAKTABDA SUMALAK SAYLI OʻTKAZILDI
Yurtimizda bahoriy tarovatni, yangilanish va yasharish, milliy urf-odatlarimiz va qadriyatlarimizni oʻzida mujassam etgan Navroʻz umumxalq bayrami koʻtarinki ruhda nishonlanmoqda.
Tumanimizdagi 56-sonli maktabning oʻqituvchilari va oʻquvchilar jamoalari ham ushbu bayramimizni munosib kutib olishga qizgʻin hozirlik koʻrdilar.
Bayram arafasida ushbu taʼlim muassasasida sumalak sayli oʻtkazilib, unda ustoz-oʻqituvchilar doshqozonlarda qadimiy taom – sumalak tayyorlashdi, oʻquvchi-yoshlar esa ularga yordam berishdi. Sayilda ashula va sheʼrlar aytildi, raqslarga tushishdi. Ahillikda pishgan sumalak maktab atrofidagi xonadonlarga, faxriy ustozlarga ham tarqatildi.
Allambergan Jumaniyozov, 56-sonli maktabning ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶