01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 09:09
Jamiyat 👁 3,128

TADBIRLARIMIZ YoShLAR SALOHIYaTINI YuKSALTIRIShGA XIZMAT QILMOQDA

TADBIRLARIMIZ YoShLAR SALOHIYaTINI YuKSALTIRIShGA XIZMAT QILMOQDA

Globallashuv jarayoni tezkorlik bilan kechayotgan bugungi kunda yoshlarda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, ajdodlarimizning maʼnaviy merosiga egalik hissini shakllantirish, ularni barkamol qilib tarbiyalash, huquqiy savodxonligini oshirish, oʻz haq-huquqlarini toʻla anglab olishlariga erishish, tezkor taraqqiyot asrida hayotda oʻz oʻrinlarini topishiga koʻmaklashish, "Oʻzbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarorida taʼkidlanganidek, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarda yoshlarning faol ishtirokini taʼminlash, yuksak maʼnaviyatli, mustaqil va erkin fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini puxta oʻzlashtirgan har tomonlama sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish – bugungi kunimizning ustuvor vazifalaridandir.

Shu maqsadda "Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tuman Kengashi yoshlar uchun bir qancha loyihalarni amalga oshirmoqda, hamkor tashkilotlar bilan birga maktablar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchi-yoshlari orasida turli koʻrik-tanlovlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar oʻtkazmoqda.

29-mart kuni tuman hokimligi binosida "Hokim va yoshlar” deb nomlangan uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuvda tuman hokimi birinchi oʻrinbosari B.Ernazarov, hokim oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova va tumanda faoliyat koʻrsatayotgan korxona, tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda yoshlarda tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirishga koʻmaklashish va ularni mazkur soha imkoniyatlari bilan tanishtirish, yoshlarni tadbirkorlik sohasiga jalb etish borasida qiziqarli maʼruzalar tinglandi, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari bitiruvchilarining tadbirkorlik faoliyatini boshlashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil tushuncha berildi.

Shu yilning 27-mart kuni "Kamolot” YoIH tuman Kengashi hamkor tashkilotlar bilan birga mudofaaga koʻmaklashuvchi "Vatanparvar” tashkiloti maydonchasida  "Shunqorlar” harbiy sport musobaqasining tuman bosqichini oʻtkazdi.

Musobaqada tumandagi 7 ta oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari jamoalari safda yurish, safda qoʻshiq aytish, ijtimoiy-siyosiy va huquqiy, jismoniy tayyorgarligi boʻyicha sinovdan oʻtkazildi.

Musobaqaning barcha shartlarini aʼlo darajada bajargan 3-sonli Amudaryo akademik litseyining  "Amir Temur izdoshlari” jamoasi tuman bosqichi gʻolibi, deya eʼtirof etildi va mazkur musobaqaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.

31-mart kuni tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimida tumanimizdagi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi  muassasalari oʻquvchilari orasida oʻquvchilarning huquqiy bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhida tarbiyalash, mamlakatimiz sud-huquq, ijtimoiy-iqtisodiy tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirish, iqtidorli yoshlarni aniqlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda ularning oʻz iqtidorlarini namoyish etishlariga imkoniyat yaratish maqsadida "Siz qonunni bilasizmi?” deb nomlangan koʻrik-tanlovning tuman bosqichi oʻtkazildi.

Koʻrik-tanlov yoshlarimizning barchasi ham siyosiy savodxon, jamiyatimiz hayotida faol va intellektual salohiyatli ekanligini koʻrsatdi.

Oʻtkazayotgan tadbirlarimiz yoshlar bilimi, faolligini oshirishga xizmat qilayotgani bilan ham juda ahamiyatlidir.

 

M.OʻROZBOYeV,

"Kamolot” YoIH tuman Kengashi raisi.

(Foto - https://www.gazeta.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026