01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 09:09
Jamiyat 👁 3,554

BIZ OʻZBEK OILASIDA KAMOL TOPGAN YoShLARMIZ

BIZ OʻZBEK OILASIDA KAMOL TOPGAN YoShLARMIZ

Oila – muqaddas. Bu chiroyli jumla kimlarningdir qulogʻiga xush yoqishi uchun oʻylab topilgan emas, balki yillar davomida asrlar sinovidan chidam bilan oʻtib kelayotgan yuksak tushunchadir.

Oilaning muqaddas ekanligini anglash uchun avvalo inson har tomonlama yetuk boʻlmogʻi lozim. Yetuklik esa odamni komillikka yetaklaydi. Shubhasiz,  komil inson oilaning ahil va inoq yashashi tarafdori. Buning uchun u jon kuydiradi, har bir qilgan ishida oilasini eslaydi, oila aʼzolarining koʻmagi bilan ulkan marralarga erishadi. Oilada ota-onaning oʻrni beqiyos, ota-ona ahil boʻlsa, bolalar ham ulardan oʻrnak olishadi. Axir "Qush uyasida koʻrganini qiladi”, - deydilar-ku. Shunday ekan, barkamol avlod – ahil oila mevasi. Ahillik oʻz mevasini bermasdan qoʻymaydi.

Muhtaram Yurtboshimiz shunday degan edilar: "Mening eng katta ishonchim yosh avloddir. Zamonaviy bilimga ega, odobli, ilmli, koʻrsang havasing keladigan barkamol va shijoatli farzandlarimizdir. Men oʻzimning taqdirimni ham, mamlakatimiz va mustaqilligimiz taqdirini ham ana shularning qiyofasida koʻraman”. Kishi ana shunday farzandlari borligidan kuch oladi, ongi tiniqlashadi, ragʻbatlanadi, koʻksi togʻday koʻtariladi. Shunday ekan, Yurtboshimizning yuksak ishonchini oqlashimiz darkor. Bugungi kunda ilm-fan choʻqqilarini egallashimiz, orzularimizni roʻyobga chiqarish, salohiyatimizni keng namoyon etishimiz uchun barcha sharoit va imkoniyatlar mavjud. Har qanday davlatning qudrati sogʻlom fikrli, bilimli, Vatan taqdiri uchun jonini tikishga tayyor farzandlarning koʻpligi bilan oʻlchanar ekan, biz ham qudratli davlatlar safidan munosib oʻrin egallaymiz!

Sogʻlomlik va barkamollikni bunyodkorlik tuygʻusisiz tasavvur etib boʻlmaydi. Bunyodkorlik ulugʻ fazilat boʻlib, inson har kuni, har soatda ezgu ishlar qilib yashashi, nimadir yaratishi, nimanidir kashf qilishi, qoʻlni ishga, miyani fikrlashga, qalbni olijanob hislarga tinimsiz oʻrgatib borishi ezgu fazilatidir. Zamon bilan hamnafas bugungi oʻzbek yigitlarini Alpomishdan andoza olgan, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Qizlarini esa, Zulfiyadan ilm-u zakovatni, Uvaysiydan sabr-u qanoatni, Nodiradan goʻzalligu malohatni meros qilib olgan. Buning isbotini ular qilayotgan ishlar misolida yaqqol koʻrish mumkin. Bu ishlarni sanab ado etolmaysiz. Oddiy misol: "Made in Uzbekistan” savdo belgisi Yaponiyada tobora mashhur boʻlib bormoqda. Bu esa tadbirkorlikning yuksak choʻqqilarda ekanidan dalolat beradi. Tadbirkorlik sohasi bilimdonlari orasida esa oʻzbek oilasida kamol topgan, oʻzbekona taʼlim-tarbiya olgan yoshlar juda koʻp. Aziz tengdoshlar! Keling, hozirdanoq yaxshi oʻqib, har bir darsni qunt bilan tinglab, diqqat bilan tushunib, ertaga munosib shaxs boʻlib yetishaylik. Yurtimiz, Yurtboshimiz, qolaversa, oilamiz va ota-onamizning ishonchini oqlaylik!

Sveta ShOMURODOVA,

11-sonli maktab oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026