01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 10:44
Jamiyat 👁 3,399

BIR KELIB KETING QIShLOGʻIMIZGA...

BIR  KELIB  KETING  QIShLOGʻIMIZGA...

Men Qilichboy elining farzandiman. Bizning qishlogʻimiz taʼrifini bu atrofda eshitmagan inson yoʻq, nazarimda. Qishlogʻimizda turli xil inshootlar qurilmoqda. Jumladan, men oʻzim tahsil olgan 15-sonli maktab kapital taʼmirdan chiqarilib, zamonaviy oʻquv qurollari bilan jihozlanganiga koʻp boʻlgani yoʻq.

Bu maktabda bir-biridan bilimdon, kelajagimiz egalari boʻlgan iqtidorli yoshlar tahsil olmoqda.

Elimizning dehqonlari tufayli xirmonimiz but, dasturxonimiz toʻkin. Bogʻbon bobomiz qishda kelsangiz  ham sizni uzum bilan siylaydi. Tomorqalarimizda tilyorar qovunlardan tortib, mevasi shirin-shakar oʻrik, olma, nok, gilos, olcha bisyor.

Fermerlarimiz esa har yili qanchadan-qancha gʻalla yetishtirishadi va albatta, undan moʻl hosil olishadi.

Qilichboy hududidan chegaradosh davlat hisoblangan Turkmaniston Respublikasiga tomon "Qilichboy arna” kanali oqib oʻtgan. Aytishlaricha, bu kanalni qadimda Qilichniyoz bobo qazdirgan va butun xalqni suv bilan taʼminlagan ekanlar. "Qilichboy arna” kanali daryo kabi toʻlib-toshib oqmoqda.

Bundan tashqari, qishlogʻimizda shifoxona ham mavjud boʻlib, bu  yerda Z.Oʻrozmetova, R.Kenjayev va boshqa tajribali shifokorlar bizning sogʻligimiz uchun kun-u tun ter toʻkib mehnat qilishmoqda.

Qishlogʻimizda oʻz davrining yetuk sanʼatkorlaridan Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Nazir qori Rahimovning nevarasi Ikrom Siytimov yashab, ijod qiladi. Tumanimizda Ikrom Siytimovning "Mangʻitim”, "Armon” "Qizgina” va boshqa qoʻshiqlari kirib bormagan xonadon  boʻlmasa kerak.

Qishlogʻimizdagi yoshi katta buvajon-u, buvijonlarimiz hayot yoʻli bizga hamisha oʻrnak. Ulardan biri mening buvijonim Oyjon Yoʻldosheva boʻladilar. Buvim 2006-yili "Oʻzbekiston mustaqilligiga 15-yil” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandilar. 2008-yilda "Qoraqalpogʻiston Respublikasida hizmat koʻrsatgan pillakor” faxriy unvoni berildi.

2013-yilda esa pillachilik sohasidagi katta xizmatlari tufayli "Neksiya” avtomobili bilan mukofotlandi.

Qishlogʻimiz ahli mehridaryo, mehmondoʻst, yoshlari iqtidorli, bilimli, dono, har bir ishda epchil hamda chaqqon.

Qishlogʻimiz Qilichboy,

Hurlikdan ochgan chiroy.

Odamlari mehri daryo,

Havosi zoʻr, tanga davo.

Sayrar qushlar xushnavo,

Qilichboyga marhabo!

Yulduzxon YoQUBOVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻquvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026