30.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
30.09.2026, 07:19
Fan va taʼlim 👁 3,502

PARVOZING MUBORAK!

PARVOZING  MUBORAK!

Tumanimizda faoliyat yuritayotgan Amudaryo akademik litseyi bu yil 226 nafar bitiruvchisini mustaqil hayotga kuzatish arafasida. 2008-yil 1 sentyabrda oʻz  ish faoliyatini boshlagan muassasada  oʻqituvchilar ilm-fan sirlarini chuqur oʻzlashtirish, oʻzining aql-idrokini fanga bagʻishlashga qaror qilgan yoshlar orzusini amalga oshirish uchun sidqidildan xizmat qilmoqdalar. Akademik litseyda aniq fanlar, tabiiy fanlar, ijtimoiy-gumanitar fanlar va xorijiy fanlar boʻyicha chuqurlashtirilgan bilim beriladi. Kafedralar ilmiy va oʻquv faoliyatida Nukus Davlat pedagogika instituti  va Qoraqalpoq Davlat universiteti pedagogik jamoasi bilan  oʻzaro  hamkorlikni yoʻlga qoʻygan. Oʻquvchilarning dam olishi va dars tayyorlashlari uchun  barcha sharoitlar yaratilgan. 100-oʻrinli qizlar yotoqxonasi, 100-oʻrinli oʻgʻil bolalar yotoqxonasida jonkuyar murabbiylar oʻz ota-onalaridek  mehribon, ularga hayot saboqlaridan dars berishadi. Yotoqxonada oʻtkaziladigan turli mavzudagi yigʻilishlar, bayramlar, "Sumalak sayli”, "Orasta qizlar” toʻgaragi aʼzolari  tadbirlari oʻquvchi-yoshlarni  bir ota-ona farzandidek jipslashtiradi. Navbatdagi bitiruvchilarni katta hayotga kuzatish chogʻida oʻquvchilar hayotidagi eng quvonchli kunlar beixtiyor esga tushadi: fan olimpiadalari, turli tanlovlar, sport musobaqalari...

2015-2016 oʻquv yilida Respublika 3-bosqich fan olimpiadasida fizika fanidan 3-bosqich oʻquvchisi Izzat Sobirov, ona tili va adabiyoti fanidan Oltinoy Yoʻldosheva, fizika fanidan 2-bosqich oʻquvchisi Muhayyo Ollaberganova, ona tili va adabiyot fanidan Umida Maqsudboevalar ishtirok etishib, faxrli oʻrinlarni egalladilar va Oʻzbekiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanma oldilar "Amir Temur izdoshlari” jamoasi "Shunqorlar” harbiy-sport  musobaqalarida tuman va Qoraqalpoqiston Respublikasi miqyosida gʻoliblikni qoʻlga kiritib, Oʻzbekiston Respublikasi bosqichida 3-oʻrin sohibi boʻldi.

Shu kabi quvonchli xotiralar ortda qolmoqda. Bu maskanda taʼlim-tarbiya olgan   muassasaning ilk qaldirgʻochlaridan 53 nafari mamlakatimizning eng nufuzli oliy taʼlim dargohlarida oʻqib, ayni kunda tumanimizning turli sohalarida mehnat qilmoqdalar. Ushbu dargohni 1046  nafar oʻquvchi-yoshlar bitirib chiqqan boʻlsa, ulardan 547 nafari hozirgi kunda mamlakatimizning  turli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishmoqda. Biz, akademik litsey oʻqituvchilar jamoasi, ayni kunlarda mustaqil parvozga shay turgan ilmga chanqoq, izlanuvchan bitiruvchi  yoshlar mustaqil hayotda   oʻz oʻrinlarini topa olishlariga ishonamiz va barcha bitiruvchilarga:

- Parvozingiz baland boʻlsin, kelajak qaldirgʻochlari! – deymiz.

Uchirma  qush kabi, parvozga shaysan,

Parvozing muborak, sarhad bilmasin.

Ishtiyoqi baland, ilmga chanqoq,

Samimiy qalbingga hech gard qoʻnmasin.

 

Ustozlar ishonchi, ilm ziyosi -

Orzular ummoni sari eltajak.

Qunt ila oʻqiding, izlanding beshak,

Oʻquvchim, seni kutar nurli kelajak!


Gulnora BOBONIYoZOVA,

Amudaryo akademik litseyi oʻqituvchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026