KITOBNI SEVING, YoShLAR!
Xalqimiz azal-azaldan kitobxon boʻlishgan. Kitobga boʻlgan mehr bizga ota-bobolarimizdan meros boʻlib qolgan desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Axir, biz Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy kabi kitobga va adabiyotga mehri yuqori boʻlgan buyuk bobolarning avlodlarimiz.
Shunday ekan, aziz tengdoshim, siz ham kitobga mehr qoʻying. Zero, kitob bizning eng yaqin doʻstimiz, oʻrni kelganda suyanchigʻimiz, yengilmas kuch – qudratimiz boʻlib xizmat qiladi.
Vaqtimizni ayniqsa, bu yoshlik deya atalmish betakror, kuch-quvvatga, shijoatga toʻla davrimizni boʻlmagʻur ommaviy madaniyat taʼsirida, virtual dunyo ogʻushida emas, balki real hayotga tik boqib, biror hunar oʻrganishga, kitob oʻqishga yoki kimgadir yaxshilik qilishga sarflasak, bu oʻz foydamizga emasmi?
"Yoshlikda olingan ilm – toshga oʻyilgan naqsh kabi”, deganlaridek, hozir biz qancha koʻp kitob mutolaa qilib, nutqimizni, tarbiyamizni oshirsak, bu kelajak hayotimiz yorqin boʻlishiga xizmat qiladi. Zero, taʼlimni tarbiyadan, tarbiyani esa taʼlimdan ajratib boʻlmaydi. Tengdoshim! Siz oʻz yoʻlingizni toʻgʻri tanlang. Bu yoʻlda birgina notoʻgʻri bosilgan qadam sizni oʻz yoʻlingizdan adashtirishi mumkin. Shu bois kitobga, maʼnaviyatingizni yuksaltirishga, bilimingizni oshirishga xizmat qiladigan kitoblarni koʻp oʻqing!
Muqaddas YaNGIBOYeVA,
Mangʻit Iqtisodiyot kolleji oʻquvchisi.
(Foto - http://uzbekistonovozi.uz/)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶