01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:35
Jamiyat 👁 3,538

OZOD YuRTGA OBOD KOʻChALAR YaRAShADI

OZOD YuRTGA OBOD KOʻChALAR YaRAShADI

Vaqt oʻtgani sari eng ulugʻ va eng aziz ayyom – mamlakatimiz mustaqilligining 25 yillik bayrami tobora yaqinlashmoqda. Yurtimizning barcha goʻshalarida istiqlol ayyomini munosib tarzda qarshi olishga va uyushqoqlik bilan, koʻtarinki ruhda oʻtkazishga puxta taraddud koʻrilmoqda.

Xalqimiz azal-azaldan katta bayramlar, toʻyu maʼrakalar oldidan oʻz uyini, oʻzi istiqomat qilayotgan goʻshani saranjom-sarishta holga keltirish, koʻrk-u chiroyini ochishdek ezgu ishlarga odatlangan.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2016-yil 16-may kungi "Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 25 yilligiga bagʻishlab, Qoraqalpogʻiston Respublikasi shahar va tumanlarida 25 tadan koʻchalarni rekonstruktsiya qilish, loyihalashtirish, qurish hamda taʼmirlash ishlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 130-sonli qarori va shu qaror asosida 2016-yil 27-may kuni tuman hokimining 289-sonli qarori qabul qilindi.

Mazkur vazifalarni amalga oshirish ishlarini nazorat qilib borish maqsadida ishchi guruh tuzilib, ishchi guruhga shahar, tuman va qishloqlarda koʻchalarni zamonaviy meʼmorchilik va shaharsozlik talablari asosida loyihalashtirish, qurish hamda taʼmirlash, mahallalar hududida sanitariya tozaligini taʼminlash, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish, bu borada amalga oshirilayotgan ishlarni zarurat boʻlganda oʻrganish, qoloqlikka va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan hududlarda tezkor choralar koʻrish kabi vazifalar topshirildi va chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Chora-tadbirlar dasturida koʻchalar yoqasida joylashgan turar va noturar joy obʼektlarini taʼmirlash, noqonuniy qurilishlarni bartaraf qilish, hududlarda sanitariya holatlarini yaxshilash, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, koʻchalarning transport qatnovi qismlarini hamda koʻchalar boʻyidagi yoʻlaklarni, mavjud kommunikatsiya tarmoqlarini taʼmirlash, hududlarda gulzorlar, bolalar oʻyingohlarini va sport maydonchalarini tashkil etish kabi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.

Tuman hokimining qaroriga asosan rekonstruktsiya va obodonlashtirish ishlari olib boriladigan 25 ta koʻchalar belgilab olinib, ushbu koʻchalarga masʼullar biriktirildi.

Ayni kunlarda mazkur koʻchalarda keng koʻlamli obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari qizgʻin davom etmoqda. Ayniqsa, tumanimizning Gurlan, Madaniyat, Samarqand, Barkamol avlod kabi koʻchalari ushbu koʻchalar aholisi va biriktirilgan masʼullarning saʼy-harakatlari bois, yangicha qiyofa kasb etmoqda.

Xalqimizda "Obodlik koʻngildan boshlanadi”, degan hikmatli ibora bor. Haqiqatdan ham, koʻngli, qalbi obod inson oʻzi yashaydigan hududning ozodaligiga ham katta eʼtibor bilan qaraydi, atrofidagilarni ham poklikka, ozodalikka undaydi. Shunday ekan, aziz yurtdoshlar, keling, mustaqilligimizning qutlugʻ 25 yillik toʻyini chor-atrofimizni obod va saranjom-sarishta qilgan holda kutib olaylik! Tumanimizdagi ovul va mahallalar ahli, mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, barcha korxona, tashkilot va muassasalar, taʼlim maskanlari jamoalari, keksa-yu yosh oʻzimiz istiqomat qilayotgan hududdagi barcha goʻshalarni tartibga keltirish, tozalash, obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish tadbirlarida ongli ravishda, chin koʻngildan, faol ishtirok etib, mahallamizning, yurtimizning yanada obod boʻlishiga hissa qoʻshaylik!

 

Sanjar MURODOV,

tuman bosh meʼmori.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026