01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:35
Jamiyat 👁 3,549

KOʻNGILDAGI BOʻShLIQNI QANDAY TOʻLDIRASIZ?

KOʻNGILDAGI BOʻShLIQNI QANDAY TOʻLDIRASIZ?

Bahor kelishi bilan dov-daraxtlar, qurt-qumursqa tirik jon borki, gʻimirlab boshlaydi. Dehqonlar yerini ekishga tayyorlab, urugʻ qadaydi, kimdir ariq-zovur tozalaydi. Shaharda esa koʻpincha kunlar iliy boshlashi bilan baʼzilar olis shaharlarga ishga ketishga hozirlanadi. Yaqindagina uylangan yigit ota-onasining toʻy uchun qilgan qarzini uzish uchun pul topishga majbur, yosh kelinchagini tashlab ketadi. Uylanish uchun pul ishlab topishga ketayotganlar ham talaygina.

Bular ham mayli, ayrim ota-onalar yosh bolalarini, maktabga endi qadam qoʻygan jajji oʻgʻil-qizlarini qari ota-onasiga, yaqin  qarindoshiga yoki boshqa yaqinlariga ishonib, tashlab ketayotganlariga nima deysiz? Pul ishlab kelish uchun ishonib tashlab ketgan odamlari bolalariga qarasa xoʻp, qaramay, eʼtiborsizlik qilsa-chi? Ana undan qiyini yoʻq. Ota-onasi uzoqqa ketgan bolalar maktabga dars tayyorlamay kelsa yoki birov bilan urishib qolsa, ularning nigohlariga qarash juda qiyin: koʻzlari moʻltirab turishidan ustozning ham bagʻri ezilib ketadi.

Ota-onalar majlisi chaqirilganida hammaning ota-onasi kelsa, uning oʻsha qarindoshlaridan birortasi kelmasa, yana oʻsha nigohlarni koʻrasiz. Xuddi yetim bolaga oʻxshab, sizdan bir ogʻiz mehrli soʻz eshitishni, urushmasligingizni istab, umidvor boqadi.

Hozir ularning mehrga zor, ayni oʻrtoqlari bilan oʻynab-kulib, har bayramda, tugʻilgan kunlarida quvonchlari ichiga sigʻmay dugonasi, oʻrtogʻiga ota-onasi qanday sovgʻalar olib kelib berganini maqtanib toʻlib-toshib yuradigan paytda yonida ota-ona boʻlmasa, uzoqdan turib telefon orqali shunchaki qizim yoki oʻgʻlim bu safar ham tugʻilgan kuningda yoningda boʻlaolmadim, degan gapni eshitsa? Qani endi bu murgʻak goʻdaklarning koʻnglidagi ana shu boʻshiqni qanday toʻldirasiz, olislarda yurgan ota-onalar? Siz bolalarim uchun pul topayapman, hammasi oilam uchun, deb oʻz-oʻzingizni oqlarsiz, shunday ham boʻlar. Lekin farzandingiz koʻnglidagi armonlarini, sizsiz oʻtgan damlaridagi boʻshliqni, qanday toʻldirasiz? Uning koʻnglida nimalar kechayotganligini bilishingiz kerak boʻlgan payt siz yonida yoʻqsiz. Shuning uchun u doim maʼyus, oʻrtoqlari, dugonalaridan oʻzini chetga olgisi keladi, chunki ular onasi biror bir mazali ovqat pishirib berganini yoki dadasi oʻyinchoqmi-qoʻgʻirchoqmi olib berganini maqtanadi. U nima deb maqtansin, onam, dadam koʻp pul ishlashga ketdi, deb maqtanadimi?

Ha, toʻgʻri, ishlaganning aybi yoʻq. Biroq pul topaman, deb farzandining tarbiyasi izdan chiqsa, topgan puli bu tarbiyani oʻrniga qoʻya olarmikan? Koʻpchilik shu yerda ham ishlab pul topayapdi-ku. Axir qoʻlingizdan kelgan biror ishni oʻz yurtimizda ham qilish mumkin-ku! Ana shunda oʻz uyingizda, farzandingiz bagʻrida boʻlasiz. Har kuni ularning quvonchi-yu koʻnglidagi gaplarini tinglash baxtiga erishasiz. Ana shunda biz tarbiyalayotgan bolalar koʻnglida boʻshliq aslo boʻlmaydi. Ana shunda beburd vatanfurushlar paydo boʻlmaydi.

Istagim, har bir farzand oʻz ota-onasi bagʻrida baxtli hayot kechirsin, hech bir oʻgʻil-qizning koʻnglida boʻshliq boʻlmasin!

 

Dilbar REYIMBOYeVA,
76-sonli maktab oʻqituvchisi.
(Foto - http://sau.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026