01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:35
Jamiyat 👁 3,204

OʻZGA YuRTDAN BAXT IZLAMANG!

OʻZGA YuRTDAN BAXT IZLAMANG!

XXI asrda davlatlararo aloqalarning, transport-kommunikatsiya sohasining rivojlanishi bir davlatdan boshqa davlatga sayyohlar va migrantlar oqimining koʻpayishiga olib keldi. Ayniqsa, u davlatdan bu davlatga borib ishlash, chet mamlakatlarda daromad topish oddiy holga aylandi. Albatta, bu jarayon xalqaro shartnomalar, davlatlararo kelishuvlar asosida tartibga solinadi. Lekin, qonuniy asoslarni chetlab oʻtgan holda yashirin yoʻllar bilan chet davlatda moʻmay daromad topishni niyat qilib, oqibatda esa manfur kimsalarga aldanib, odam savdosining qurboniga aylanish hollari ham, afsuski, koʻplab uchramoqda.

Avvalo, aytish kerakki, odam savdosi – bu kuch bilan tahdid qilish yoki kuch ishlatish yoxud boshqa majburlash shakllaridan foydalanish, oʻgʻirlash, firibgarlik, aldash, hokimiyatni suiisteʼmol qilish yoki vaziyatning qaltisligidan foydalanish orqali yoxud boshqa shaxsni nazorat qiluvchi shaxsning roziligini olish uchun uni toʻlovlar yoki manfaatdor etish evaziga ogʻdirib olish orqali odamlardan foydalanish maqsadida ularni yollash, tashish, topshirish, yashirish yoki qabul qilish harakatidir. Odamlardan foydalanish boshqa shaxslarning fohishaligidan foydalanishni yoki ulardan shahvoniy foydalanishning boshqa shakllarini, majburiy mehnat yoki xizmatlarni, qullik yoki qullikka oʻxshash odatlarni, erksiz holat yoxud inson aʼzolari yoki toʻqimalarini ajratib olishni anglatadi.

Ushbu illatga qarshi kurashish maqsadida davlatimiz BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1950-yilda qabul qilingan "Odam savdosi va fohishalikning uchinchi shaxslar tomonidan ishlatilishiga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi, 2000-yil 15-noyabrda qabul qilingan "Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Konventsiyalarga  qoʻshildi hamda odam savdosining oldini olish, unga chek qoʻyish va buning uchun jazolash toʻgʻrisidagi qoʻshimcha hujjatlar imzolandi.

Odam savdosining oldini olish va unga qarshi kurashish borasida milliy qonunchiligimizda ham qator huquqiy asoslar yaratildi. 2008-yilning 17-aprelida "Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Qonunning hamda 2008-yilning 8 iyulida "Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror qabul qilinishi bilan odam savdosiga qarshi kurashish ishlari yanada samarali amalga oshirilmoqda.

"Odam savdosiga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga asosan mazkur jinoyatga qarshi kurashishni amalga oshiruvchi davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish uchun odam savdosiga qarshi kurashish boʻyicha Respublika hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Idoralararo komissiyalari tuzildi. Idoralararo komissiyaning asosiy vazifasi – davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va nodavlat notijorat tashkilotlarining odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, odam savdosiga imkon beruvchi sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etishga doir ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish, odam savdosining koʻlami, holati va xususiyatlari toʻgʻrisida axborot toʻplash hamda tahlil qilish, odam savdosidan jabrlanganlarga yordam koʻrsatish va ularni himoya qilish ishlarini yaxshilash boʻyicha takliflar tayyorlash, bu boradagi ishlar haqida aholini xabardor qilishdan iborat.

Tuman hokimligi huzuridagi komissiya tomonidan ham shu yoʻnalishda qator ishlar amalga oshirilmoqda. Taʼlim muassasalarida odam savdosi illatlarining mazmun-mohiyati, uning mamlakat taraqqiyoti, milliy qadriyatlarimiz va maʼnaviyatimizga koʻrsatayotgan salbiy taʼsiri haqida "Odam  savdosi – davr muammosi” targʻibot loyihasi amalga oshirilib, tashkilot, idora va muassasalarning mehnat jamoalarida "Xorijda ishlashning qonuniy asoslari hamda odam savdosiga qarshi kurashishning mazmun-mohiyati” mavzusida targʻibot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Mahallalarda "Oilalarga kirish”, "Salomatlik” hamda "Jinoyatchilik profilaktikasi” sektorlari faoliyati doirasida odam savdosining oldini olish va uning ayanchli oqibatlari haqida aholi savodxonligini oshirishga qaratilgan davra suhbatlari va uchrashuvlar tashkil qilinib, ularga minglab aholi qamrab olinmoqda.

Shu kungacha ushbu jinoyatdan zarar koʻrgan 9 nafar yurtdoshimiz odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish va ularni himoya qilish boʻyicha Respublika reabilitatsiya markaziga yuborildi.

Aholi bilan oʻtkazilayotgan uchrashuvlarda noqonuniy mehnat migratsiyasining salbiy oqibatlari, odam savdosidek mudhish jinoyatning ayanchli yakuni xususida tushunchalar berilmoqda. Darhaqiqat, oʻzga yurtda moʻmay daromad topib, tez boyib ketishni orzu qilgan holda yoʻlga otlangan, masalaning qonuniy tomonlarini unutib, fuqarolik pasportini notanish odamlarning qoʻliga tutqazib, bu qilmishi orqali qullikka rozi boʻlayotgan odamning holatini qanday izohlash mumkin? Axir, oʻzga yurtda ishlashning ham qonun-qoidasi bor, daromad topgan joyga soliq ham toʻlanishi kerak. Shundagina fuqaro begona mamlakat himoyasida boʻladi. Aksincha boʻlsa, oʻzlarini hojatbaror koʻrsatib, aslida noqonuniy mehnat migrantlarining hisobidan daromad oladigan, kerak boʻlsa, ularni arzimas pul evaziga sotib yuboradigan "tadbirkorlar” qarmogʻiga ilinadi.

Afsuski, bugungi kunda bu kabi ayanchli taqdirga koʻpchilik fuqarolar giriftor boʻlmoqda. Chet ellarda bir necha yil mehnat qilib, mehnatining evaziga bir burda nonga yetgulik "ish haqi” olayotgan, nochor sanitariya holatidagi tashlandiq kulbalarda yashab, ogʻir mehnat qilayotgan, oʻz oilasi bagʻriga qayta olmay, sarson-sargardon yurganlar qancha... Eng achinarlisi, oila boshligʻi yoki xonadonning bekasi, baʼzi hollarda ikkalasi baravariga chet elga ish izlab ketsa-yu, qarindoshlar yoki qoʻshnilarga tashlab ketilgan farzandlari ota-ona mehridan bebahra oʻsib, koʻnglida kemtik bilan voyaga yetsa, buning badalini kim toʻlaydi? Farzandlarning koʻnglidagi kemtikni pul bilan toʻldirish mumkinmi? Ota-ona mehridan mosuvo oʻsgan farzand ertaga oʻz oilasiga, mahallasiga, Vataniga mehrli boʻladi, deb kim kafolat bera oladi?

Albatta, Konstitutsiyamizga asosan har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda koʻrsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga ega. Fuqarolarning ana shu Konstitutsiyaviy huquqlarini toʻlaqonli roʻyobga chiqarishlariga koʻmaklashish maqsadida har yili yurtimizda salkam bir millionta yangi ish oʻrinlari yaratilmoqda. Tadbirkorlikka keng yoʻl berilib, hududlarda yangi-yangi korxonalar, ishlab chiqarish, servis va savdo shoxobchalari faoliyat boshlamoqda. Ulardamillionlabyurtdoshlarimizish bilan band boʻlib, oʻzlariningjismoniyva intellektual salohiyatini ishga solib, daromadolmoqdalar.Ammo,ana shunday sharoit vaimkoniyatlardanfoydalanmay,chet eldagi "oson ish vamoʻmay daromad”ni xayolqilib safarga otlanishga chogʻlanayotganyurtdoshlarimizgaqaratashundaydegimizkeladi:Xalqimiz"oʻzga yurtni qilma orzu, oʻzgayurtda ham bortosh-u tarozu” debbejiz aytmagan. Oilangizni, bolalaringizni tashlab, olis yurtdan boylik izlaguncha, oʻz kuch-qudratingizni, bilim va salohiyatingizni ona yurtimiz istiqboli yoʻlida safarbar qiling! Yaxshi pul topish, boyib ketish ilinjida boʻysunmas nafsga berilish yaxshilik bilan tugamaydi. Oʻz uyi-oʻlan toʻshagida, oilasi bagʻrida yashab, atrofidagilarga, Vataniga naf keltirish inson uchun eng katta baxt ekanini unutmaylik!

Maryam AHMEDOVA,

tuman hokimi oʻrinbosari, Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati.

(Foto http://darakchi.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026