01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 13:35
Jamiyat 👁 5,137

SAFARBARLIK ChAQIRUV REZERVIDAGI HARBIY XIZMAT

SAFARBARLIK ChAQIRUV REZERVIDAGI HARBIY XIZMAT

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi fuqarolarga Vatanni himoya qilish majburiyati va burchini yuklaydi. Vatanni himoya qilish instituti turli huquqiy vositalar, shu jumladan davlat xizmatining alohida turi sifatidagi harbiy xizmatni taʼsis etish yoʻli bilan amalga oshiriladi. Oʻzbekiston Respublikasining "Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasiga muvofiq harbiy xizmatning muddatli harbiy xizmat, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmat, shartnoma asosida harbiy xizmat, Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida harbiy xizmatni oʻtagan rezervchilar xizmati turlari mavjud.

Muddatli harbiy xizmatni oʻtashga yaroqli hamda chaqirilish muddatini kechiktirish va chaqirilishdan ozod etilish huquqiga ega boʻlmagan, biroq Qurolli Kuchlar safiga navbatdagi muddatga chaqirilmagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olinadi. Bu xizmat safiga yigirma yetti yoshga toʻlgunga qadar chaqiriladi.

Tuman (shahar) chaqiruv komissiyasi fuqarolarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish boʻyicha belgilangan naryad bajarilganidan keyin chaqiriluvchilarni tanlash yoʻli bilan safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Shundan soʻng, xizmatga olingan fuqarolar bilan yakka tartibda suhbat oʻtkazilib, Mudofaa vazirligining maxsus hisob raqamiga badal oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida yozma shartnoma tuziladi.

Shartnoma mudofaa ishlari boʻlimi boshligʻi, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs va kafil tomonidan imzolanishi hamda mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan va muhrlangan boʻlishi kerak. Shartnoma tuzishdan bosh tortilgan taqdirda esa maxsus hisob raqamiga toʻlanishi kerak boʻlgan pul badallari qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi. Fuqarolarning pul badali toʻlashlari, xizmat mobaynida oylik harbiy yigʻinlardan oʻtishlari fuqarolar tomonidan safarbarlik chaqiruvi rezervida xizmatni oʻtash shartlari hisoblanadi.

Safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan fuqarolar tomonidan maxsus hisob raqamiga toʻlanadigan pul badali summasi eng kam oylik ish haqining 27,5 baravari miqdorida belgilangan.

Shuni qayd etish joizki, pul badallari safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan shaxs yoki uning kafili tomonidan Davlat tijorat Xalq banki filiallari orqali «Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari» maxsus hisob raqamiga shaxsan toʻlanishi kerak.

Byudjet mablagʻlari hisobiga pul badali toʻlash qatʼiyan taʼqiqlanadi.

Tomonlarning kelishuviga koʻra, toʻlov shartnomada belgilangan muddat mobaynida toʻliq hajmda bir yoʻla yoxud bosqichma-bosqich amalga oshirilishi mumkin.

Pul badalini toʻliq miqdorda toʻlagan shaxslar safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmat safiga olingan kundan boshlab oʻn ikki oy oʻtganidan keyin ularga safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatda boʻlganliklari toʻgʻrisida belgi qoʻyilgan harbiy guvohnomalar beriladi.

Pul badali toʻliq hajmda toʻlanmagan yoki uning bir qismi toʻlanmagan taqdirda, shartnoma shartlariga muvofiq, toʻlanmagan summa (muddatida toʻlanmagan qismi) fuqarodan sud tartibida undirib olinadi.

Bu mablagʻlar Moliya vazirligining "Safarbarlik chaqiruvi rezervi mablagʻlari” maxsus hisob raqamida jamlanadi hamda maqsadli ravishda muddatli xizmat harbiy xizmatchilarining pul taʼminotini oshirishga va ularning yashash sharoitlarini yaxshilashga, shuningdek safarbarlik chaqiruvi rezervi safiga olingan shaxslar bilan harbiy yigʻinlar oʻtkazishga yoʻnaltiriladi.  

Shavkat Haydarov, Shimoli-gʻarbiy harbiy okrug harbiy prokurorining katta yordamchisi, adliya podpolkovnigi.

(Foto: http://jizmehnat.uz)

🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026