QAYSI KASB YaXShI?
Har bir kishining oʻz sevgan kasbi boʻladi. Birovlar duradgor, birovlar oʻqituvchi, yana birov tikuvchi-yu naqqosh boʻlishni xohlaydi. Avvalo inson voyaga yetganda oʻziga manzur kasbni tanlashi kerak. Shunda kishi oʻz hunari bilan shugʻullayotganda bu ish judayam oson kechadi, hech qachon zerikmaydi, charchamaydi. Buning ustiga kasbi unga yaxshi kayfiyat va ruhiy hordiq beradi. Baʼzi insonlar oʻziga yoqmagan kasbga qoʻl urishi esa yomon natijalarga olib keladi. Axir oʻqituvchi odam shifokorlik qilaolmaydi-ku. Aziz tengdoshlar! Shuning uchun hammamiz koʻnglimizga yoqqan kasbni tanlaylik. Zero, "kasbing-faxring” deb bejizga aytishmagan. Shunday qilsak, hayotda hech qachon qoqilmaymiz!
Azizaxon MALIKOVA,
Amudaryo qishloq xoʻjalik
kasb-hunar kolleji oʻquvchisi.
(Foto - http://zakovat.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶