01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 15:18
Jamiyat 👁 4,220

Odamlar orasida

Odamlar orasida

Xalqi ahil va inoq yurtdagina obodlik va orastalik hukm suradi, har kuni bir yangilik yaraladi, goʻzallik boʻy tiklaydi. Oʻlkamizga kirib kelgan pishiqchilik fasli tumanimizning tabiati soʻlim, xalqi mehnatkash va mehmondoʻst mavzelaridan biri - Nazarxon ovulidagi mahallalarga ham oʻzgacha fayz bagʻishladi.

- Ovulimiz ahli har yilgi bahorni oʻzgacha mehr bilan  qarshilaydi, - deydi Nazarxon OFY diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya  masalalari boʻyicha maslahatchisi Guljahon Ibrohimova. – 6 ta mahallaga birlashgan qozoq, qoraqalpoq, oʻzbek millatlariga mansub oilalardan iborat 652 ta xonadonning qay biriga kirsangiz ham qaynoq mehnat pallasiga duch kelasiz. Nazarxonliklar oilalar obodligini atrof-muhit sarishtaligida, deb bilishadi.

Haqiqatan ham ayni kunlarda ovulning har bir qarich yerini obod goʻshaga aylantirishga bel bogʻlagan nazarxonliklar hududdagi oʻquv maskanlari atrofi, koʻchalar va suv yoʻllariga erta koʻklamda ekkan turli gul nihollari, mevali va manzarali daraxtlar koʻchatlari yashnab oʻsib, tuproqqa ildiz qoʻygan. Tomorqalarda yetilgan ilk hosil nishonalari oilalar dasturxoniga fayz bagʻishlab turibdi. Ovulda 188 gektar yer tomorqa xoʻjaligi uchun ajratib berilgan boʻlib, 652 ta xonadonning barchasida oilalar ehtiyoji uchun yetarli ertagi sabzavot va poliz ekinlari ekishga alohida ahamiyat qaratiladi.

- Ovul ahli oilalardagi totuvlik va fayz-baraka kaliti – mehnatda, tomorqada ekanligini yaxshi bilishadi, - deydi Guljahon Ibrohimova. – Har bir oilaning oʻz chorvasi, parrandasi, ekin-tikini, bogʻ-rogʻi bor. Nukus shahridagi dehqon bozorida "Berdaq bozori” deb ataladigan rastalar borligining oʻzi tomorqa xoʻjaligi rivojlanib oilalar kundan-kunga farovonlashib borayotganidan dalolat.

Ovulning diniy maʼrifat va maʼniviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi Guljahon Ibrohimova uchun nazarxonliklarning beshikdagi goʻdagidan tortib, yoshi 80-90ni qoralab qolgan, hatto yuz bilan yuzlashish arafasidagi har bir fuqarosi aziz, qadrdon. Uch yarim ming nafardan ziyod ovul aholisining barchasining hayotida Guljahonning xalq deputatlari tuman Kengashi deputati sifatida ham maʼlum maʼnoda oʻrni bor. Ayniqsa, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalar, yakka-yolgʻiz nogironlarni, farzandlari toʻlov-shartnoma asosida tahsil olayotgan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, 925 nafar tugʻish yoshidagi ayollar salomatligi borasida qaygʻurish – xuddi oʻz oilasini qaygʻurish bilan barobar, desak, hech mubolagʻa boʻlmaydi. Ovuldagi faol ayol-qizlar, QVP shifokorlari, uchta umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilari hamda yuqori sinflar oʻquvchi-qizlari bilan tez-tez  hamkorlikda oʻtkazilayotgan tarbiyaviy mavzudagi davra suhbatlari, uchrashuv va bayram tadbirlari oilalar mustahkamligini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, maktab-oila-mahalla hamkorligi, doimiy harakatda boʻlgan beshta sektor  faoliyati bois, oilalar bilan bogʻliq muammolarni tez va ijobiy hal etish imkonini bermoqda.

- Ovulimiz aholisining 1858 nafari ayol-qizlar hisoblanadi, - deydi Guljahon oʻz ish tajribasidan soʻzlarkan. – Avvalo oilada ayol tinch boʻlishi kerak. Nazarxon ovuli hududi katta – 6 ta  aholi punktiga birlashgan mahallalarning barchasini har haftada qadam-ba-qadam kezib chiqishimga toʻgʻri keladi.  Men nima uchun shunday qilaman? Odamning yuzi issiq. Avvalo ana shu issiq mehrni his etish, odamlarning turmush tarzini oʻz koʻzim bilan koʻrish, oilalar bilan bogʻliq muammolarni joyiga chiqib oʻrganish niyatida shunday qilaman.

Kim uyining fasad qismiga eʼtibor qilayotir? Hovli-joyi sarishtami? Koʻchalar ozodami, qoʻshni-qoʻshnisi bilan ahilmi? Maʼraka-yu marosimlar, oilaviy tadbirlarda isrofgarchilikka yoʻl qoʻyilayotgani yoʻqmi? Yangi tushgan kelinlarga qaynonalarning munosabati qanday, yosh oilalarni katta yoshdagi oila sohiblari qoʻllab-quvvatlayaptimi? Bu kabi savollar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha xonadonlar ostonasidan har gal hatlaganida Guljahon eng avvalo oʻzi kirib kelayotgan xonadonning hovlisini koʻzdan kechiradi: toza-ozodaginami? Koʻngildagiday! Demak, bu oila-da xotirjamlik bor, baraka bor. Aksi boʻlsa-chi? Agar hovli yuzasida tartibsizlikka duch kelsa, biladiki, bu xonadon aʼzolarining turmush tarzida kamchilik bor. Yo axloqiy-tarbiyaviy muhitda yoki xonadonning moddiy taʼminotida qandaydir yetishmovchilik boʻladi.

Bunday vaziyatlarda Guljahon uy bekalari – katta yoshdagi onaxonlar, yosh kelinchaklar bilan ishlashishdan aslo zerikmaydi. Goh kelin bilan, goh qaynonalar bilan alohida-alohida suhbatlar oʻtkazadi. Iloji boricha, har bir koʻngilni obod qilmoqqa intiladi.

Oʻtgan 2015-yilda 50 ta oiladan ijtimoiy nafaqa  tayinlashni soʻrab tushgan arizalar boʻyicha joylariga chiqib, ahvol oʻrganilganida, 49 ta ariza egasining oilalarida haqiqatan ham moddiy yetishmovchilik mavjudligi ayon boʻldi. 50 ta arizadan 49 tasi qanoatlantirildi. 2 yoshgacha bolalari boʻlgan onalarga bola tarbiyasi uchun beriladigan nafaqa tayinlashda ham adolat  mezonlariga amal qilindi. 30 nafar ona uchun nafaqa tayinlandi. 4 ta oila  esa haqiqatan ijtimoiy himoyaga muhtojligi uchun moddiy tomondan qoʻllab-quvvatlandi.

- Hozirgi paytda oilaviy hayotda juda qiyin vaziyatga tushib qolishmasa, ovulimiz ahli arizabozlik qilib yurishmaydi, - deydi Guljahon. – Qolaversa, hududimizdagi oilalarning qariyb 80-85 foizi iqtisodiy jihatdan yaxshi taʼminlangan. Bu nimaning samarasi? Eng avvalo, bu odamlar qalbida yerga, mulkka egalik tuygʻusining oshganligidan.

Nazarxonliklar qachon, qanday mehnat bilan shugʻullanishni, oʻz mehnatidan oilasiga qay darajada manfaat yetishini yaxshi biladilar. Ertagi kartoshka, piyoz, bodring, handalak va qovun yetishtirishning hadisini olgan ovul ahli uchun oila manfaati, oila iqtisodi hamma narsadan ustun. Nukus dehqon bozorining bir necha rastasini chorvachilik va parrandachilik mahsulotlari, ertagi rezavorlar bilan toʻldirib qoʻygan nazarxonliklarning oilalariga qadam ranjida qilsangiz, elimizda bunchalar saxiy, bagʻri keng, koʻngli obod insonlar borligidan faxrlanmay ilojingiz yoʻq.

- Aynanayin qarogʻim-ov, kel-seng-shi, - deb albatta qadamingizga hech boʻlmasa bitta kurka soʻyib, sizni suyib qarshilaydi ovul keksalari.

Bu  nimadan dalolat? Albatta, farovonlikdan, jamiyatimiz tayanchi boʻlgan oilalar toʻkisligidan!

- Bizning Nazarxonda oilasini unutgan odam el nazaridan qoladi, - deydi Guljahon. - Oddiy bir misol: ovulning "Koʻkdaryo” mahallasida yashovchi bir oilaviy mojaro uzoq  davom etdi. Men yillar davomida bu oilani saqlab qolishga urindim. Lekin oilasini unutgan erkakni  mahalla tarbiyalay olmadi. Sud ajrimi bilan farzandlariga aliment toʻlashga hukm etildi. Lekin bu erkak aliment toʻlashni ham "unutdi”. Oxiri sud hukmi bilan 3 yillik majburiy xizmatga jalb etildi. Bu bilan nima demoqchiman? Bundaylarni yaxshi gap, maslahat bilan emas, oilasiga eʼtiborsizligi uchun qonuniy chora koʻrish orqali tarbiyalash va jazolash kerak. Axir oilani unutish – oʻzini, el-yurtini behurmat qilish emasmi?

Bunday salbiy holatlarning oldini olish maqsadida mahalla maslahatchisi tinim bilmaydi. "Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi, QVP shifokorlari, hududdagi oʻquv maskanlari, voyaga yetmaganlar bilan ishlashish komissiyasi, tuman IIB profilaktika noziri bilan hamkorlikda olib boriladigan ishlar rejasiga muvofiq oilalarda voyaga yetmagan yosh oʻsmirlar, akademik litsey va kollejlarning oʻquvchi-yoshlari oʻrtasida giyohvandlikka, odam savdosiga qarshi kurash, erta turmushning oldini olish,  aholining ish bilan bandligini taʼminlash maqsadida davra suhbatlari, bayram tadbirlari oʻtkazib, bu kabi tadbirlarda yoshlarning keng ishtirokini taʼminlashga intiladi. Qilinayotgan saʼy-harakatlar natijasi oʻlaroq, toʻylar kamchiqim, tartibli oʻtkaziladigan  boʻldi. Ayniqsa, yoshlar "gulyanka” deb ataydigan boʻlmagʻur "toʻy sayri”ga barham berildi. Siynoq, kengash, kichik toʻy, katta toʻy kabi marosimlar ixchamlashtirilib, ikki kun ichida oʻtkaziladigan boʻldi.

- Bu ham oilalar iqtisodiga katta foyda, - deydi Guljahon mamnuniyat bilan. – Birgina "gulyanka”ning oʻziga oila sohibi kam deganda 1 mln. soʻm sarflardi. 15-20 nafar, baʼzan undan ham koʻproq odam ishtirokida, turgan-bitgani aroq  ichishmadan iborat "siynoq”ni olaylik. Shu "siynoq”ning oʻziga, oʻrtacha hisobini chiqarsak, 1,5-2 mln. soʻm  mablagʻ ketarkan. Bu keraksiz chiqimlar oila iqtisodiga ham, oila muhitiga ham zarar keltiradi.

Biz oilalarimiz iqtisodiga zarar keltiradigan har qanday holatga barham berishga intilamiz.

Intilish – insonga kuch-qudrat ato etadi bu fazilat. Oʻziga ishonch, qatʼiyat, iroda hissini uygʻotadi. Guljahon Ibrohimova ana shu tuygʻu bilan yashaydi, mehnat qiladi, odamlar orasiga oshiqadi. Ish kunining har bir lahzasini el-yurt orasida oʻtkazadi. Bugungi kunda ovulda har oʻn nafar ayolning biri uy mehnati, 16 nafar ayol-qizlar esa kasanachilik faoliyati bilan shugʻullanishadi. Ayol-qizlarning jamiyatga faol aralashuvi, tomorqa xoʻjaligini rivojlantirib, ichki bozorimizni sarhil mahsulotlar bilan taʼminlashga hissa qoʻshishlari uchun jon kuydiradi. Guljahonning saʼy-harakatlari bilan har yili kollej bitiruvchilari boʻlgan qizlar va yosh ayollar uchun 10-12 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etiladi. Nazarxon ovulidagi oilalarda  soʻnggi oʻn yil ichida oilaviy ajrimlar barham topdi. Erta turmush qurishga chek qoʻyildi. Yiliga 7-8  marta oʻtkazilayotgan umumiy tibbiy tekshiruvlar natijasida onalar va bolalar salomatligi meʼyorga yetkazildi. Voyaga yetmaganlar oʻrtasida jinoyatchilik yuz bermadi. Demak, farzandlar ota-onalari bagʻrida, ota-onalar esa sogʻlom va barkamol farzandlar gʻamxoʻrligida. Mahallaning har bir qarich yeri esa nazarxonliklar mehri bilan tobora obod va koʻrkam boʻlib boraveradi. "Mustaqillikning 25 yilligiga 25 tup nihol - mening tuhfam!” shiori ostida ekilgan daraxt va gul koʻchatlari bugun tuproqqa ildiz qoʻygan. Zero, yaxshi niyatlar bilan qilingan har bir ish ezgudir. 

Robiya YOʻLDOShEVA.

 

 

(Foto: Guljahon Ibragimova (chapda) paxta dalasida. Arxiv foto)

 


🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026