15.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
15.08.2026, 00:49
Jamiyat 👁 3,862

Ramazon fazilatlari

Ramazon fazilatlari

lloh taologa beadad hamdu sanolar boʻlsinki, oʻn bir oyga choʻzilgan sogʻinch va ishtiyoqdan soʻng nihoyat oylarning sultoni, ezgulik va xayr mavsumi, toatu ibodat fasli, saxovatu duo, tarovehu Qurʼon oyi boʻlmish muborak mohi Ramazon oʻzining tarovati, saxovati va barakoti bilan olamga tashrif buyurib, boshimiz uzra rahmat soyaboni boʻlib turibdi.

Jannatmakon oʻlkamizning moʻʼmin-musulmonlari oylarning eng ulugʻi va eng fazilatlisi boʻlmish bu oyni bir olam shodligu quvonch bilan kutib olmoqdalar.

Alloh taolo Ramazon oyini boshqa barcha oylardan oliy va mufassal qildi. Uni koʻplab buyuk fazilatlar va ulugʻ imtiyozlar bilan xosladi. Imom Tabaroniy Ibn Abbos (roziyal-lohu anhumo)dan rivoyat qilingan hadisda Nabiy (sollal-lohu alayhi vasallam): «Oylarning eng afzali Ramazon oyidir», deganlar.

Ramazon oyining fazilatlarini sanab, tugatib boʻlmaydi. Islomning bosh manbai, insoniyatning qiyomatgacha hayot dasturi - Qurʼoni karim shu oyda nozil boʻlgandir. Ushbu oyda Islom tarixiga zarhal harflar bilan yozilgan juda koʻp olamshumul voqealar sodir boʻlgan. Shu bois, butun dunyo musulmonlari ushbu tabarruk oyni solih amallar va Alloh roziligi yoʻlidagi ibodatlar oyiga aylantirishadi.

Ramazon xayr-saxovat oyidir. Paygʻambarimiz (solallohu alayhi va sallam) bu oyda boshqa oylarga qaraganda yanada saxiyroq boʻlib ketardilar.

Shuning uchun ham qadimdan musulmonlar Ramazon kirganda har galgidan saxovatliroq boʻlishga odatlanganlar. Davlatmand kishilar zakotlarini ham aynan Ramazonda ado etishlari ham shundan. Bu oyning barakasidan har bir uy bahramand boʻlib, moʻʼminlar qalbiga xursandlik va shodlik kirsin uchun odamlar alohida Ramazonga xos xayru ehsonlari bilan bir qatorda zakotlarini ham shu oyda chiqaradilar.

Ramazon rahmat oyidir. Ramazonda Alloh taoloning rahmati joʻsh uradi. Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda: «Ramazon boʻlganda rahmat eshiklari ochiladi», deyilgan. Ramazonning avvalgi oʻn kunligi nafaqat oyning, balki yilning «rahmat kunlari» hisoblanadi.

Ramazon magʻfirat oyi. Uning oʻrtadagi oʻn kuni nafaqat oyning, balki yilning «magʻfirat kunlari» hisoblanadi. Ramazon fazilati haqida Salmon (roziyallohu anhu) qilgan rivoyatda Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): «U avvali rahmat, oʻrtasi magʻfirat va oxiri doʻzaxdan ozod boʻlish fursati boʻlgan oydir», deganlar.

Ramazon doʻzaxdan ozod boʻlish oyidir. Ramazon oyida jannat darvozalari ochilib, doʻzax eshiklari yopiladi. Chunki, bu oyda jannatga kirish uchun sabab boʻlgan xayrli ishlar va solih amallar koʻproq bajariladi, doʻzaxga kirish uchun sabab boʻlgan gunoh-maʼsiyatlar va yaramas, jirkanch, uyatli ishlar kamroq sodir etiladi. Jannat darvozalari musulmonlarni xayrli ishlarga shoshilishga targʻib qilib ham ochiladi. Doʻzax eshiklari esa, gunohlardan qaytgan, istigʻfor aytgan, afsus-nadomat chekkan, qayta qilmaslikka niyat qilgan holda tavba qilishga targʻib qilib yopiladi

Uning oxirgi oʻn kunligi «doʻzaxdan ozod boʻlish» kunlari sanaladi. Shu bilan birga, Ramazonda har kecha son-sanoqsiz kishilar doʻzaxdan ozod qilinadi. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ramazonda har kecha Allohning doʻzaxdan ozod qilinadigan bandalari bor», deganlar.

Ramazon – duo oyi. Ramazon oyining har kunida qabul boʻladigan bir duo bor. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qilib dedilar: "Albatta, Ramazonning har kunida barcha musulmonlar uchun qabul boʻladigan bir duo bor” (Imom Ahmad, Bazzor va boshqalar rivoyati).

Agar bu duo roʻza paytida, ayniqsa, iftordan salgina oldin qilinsa, maqsadga muvofiq boʻladi. Yana Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) aytadilar: "Uch kishining duosi qaytarilmaydi: adolatli imom, roʻzadorning to iftor qilgunicha va mazlumning duosi” (Ibn Moja, Termiziy, Ahmad ibn Hanbal, Bayhaqiy, Ibn Hibbon, Tayolisiy, Ibn Xuzayma va Ishoq ibn Rohavayhlar rivoyati).

Bu zikr qilinganlar Ramazon oyining barcha fazilatlarini toʻla qamrab ololmaydi, balki, mazkur fazilatlar oldida daryodan ayrim tomchilar, xolos. Uning fazilat-u xususiyatlarini sanab adogʻiga yetkazish mushkuldir. Alloh taolodan yolvorib soʻraymizki, bu muborak oyni - rahmat va magʻfirat oyini, doʻzaxdan najot beriladigan, duolar ijobat qilinadigan Ramazon oyini barchamizga xayrli va barakotli qilsin! Uni taqvo neʼmatiga erishishimiz uchun vasila qilsin! Omin!


A.MATSAPOYeV,

Yusuf Eshon bobo jomeʼ masjidi imom-xatibi.
(Foto - http://novza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019