01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 15:18
Jamiyat 👁 3,297

IMKONIYaTI ChEKLANGAN AYoL-QIZLARGA KASB-HUNAR OʻRGATILMOQDA

IMKONIYaTI ChEKLANGAN AYoL-QIZLARGA KASB-HUNAR OʻRGATILMOQDA

Qanday sharoitda, qanday ahvolda-yu qay manzilda dunyoga kelishini inson oʻzi belgilay olmaydi. Biroq, inson zoti borki, bu yorugʻ olamda orzu-havas bilan yashaydi, orzulari roʻyobi uchun intilib yashaydi.

Oramizda shunday odamlar ham uchraydiki, orzu-intilishlari yoʻlidagi harakatlari boshqalarnikidan mashaqqatliroq, ogʻirroq kechadi. Biroq ular bundan oʻkinmaydilar, hamisha  kurashib, hech kimdan kam boʻlmasdan yashaydilar. Ular – imkoniyati cheklangan insonlardir.

Tumanimizda ana shunday odamlarning 240 nafardan ziyodini birlashtirgan Oʻzbekiston Nogironlar jamiyatining tuman boʻlimi tumanimizdagi imkoniyati cheklangan kishilarga munosib  turmush sharoitlarini yaratishga, ularning toʻlaqonli hayot kechirishlariga koʻmaklashishga intilmoqda.

Jamiyat raisi Nilufar Xolboyevaning saʼy-harakati bilan ular bir-birini taniydilar, bir-birlari bilan tez-tez uchrashib, hol-ahvol soʻrashib turishadi, hayit, bayramlarni birga nishonlashadi.

Bundan bir necha yillar oldin jamiyat Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat Fondi taʼsis etgan grant tanlovlarida imkoniyati cheklangan yoshlarni kompyuter mutaxassisligi boʻyicha oʻqitishga moʻljallangan loyihasi bilan qatnashib, gʻolib boʻlgan, grant mablagʻi evaziga kompyuter jamlanmalari olib kelinib, koʻplab oʻgʻil-qizlar ushbu soha boʻyicha bilimga ega boʻlgan edilar.

Joriy yilda bu ezgu ishning davomi sifatida jamiyat yana "Nogiron ayol-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida kasbga tayyorlash uchun bichish-tikishga, toʻqishga oʻrgatish va ularning imkoniyatini roʻyobga chiqarish” nomli loyihasi bilan Oliy Majlis huzuridagi NNTlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat Fondining grant tanlovlarida qatnashdi va gʻolib boʻlib, fond mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasi qaroriga koʻra, 25 mln. soʻmlik davlat granti sohibi boʻldi.

Ushbu mablagʻlar loyihada koʻzda tutilgan rejalarni amalga oshirishga keng imkoniyatlar yaratmoqda. Yaʼni imkoniyati cheklangan ayol-qizlarni kasbga tayyorlash uchun bichish-tikishga, toʻqishga oʻrgatish uchun shart-sharoitlar yaratildi. Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji binosidan ajratib berilgan xona eng soʻnggi rusumdagi uchta tikuv mashinalari, bitta tikilgan kiyimga naqsh oʻyish mashinasi, stol-stullar va boshqa zarur uskunalar bilan jihozlandi.

Shu yilning 30-iyunida loyiha doirasida imkoniyati cheklangan ayol-qizlarni kasbga tayyorlash uchun bichish-tikish va toʻqish boʻyicha oʻquv kursi oʻz faoliyatini boshladi.

- Ayni kungacha bu yerda hunar oʻrganish istagida boʻlgan oʻn nafarga yaqin ayol-qizlar mashgʻulotlarga jalb qilinayapti. Hademay ularning safi kengayadi. Chunki kasb-hunar oʻrganish, biror faoliyat turi bilan shugʻullanish imkoniyati cheklangan insonlarning koʻnglida yashash zavqini uygʻotadi, ijtimoiy faolligini oshiradi. Koʻnglida istak boʻlsa-da, bu yerga kelaolmaydigan, tumanimizning olis hududlarida yashaydigan,  yurish-turishda oʻzgalar koʻmagiga muhtoj qizlar ham bor. Biz loyihani ishlash jarayonida ularni ham unutganimiz yoʻq. Yaʼni hududlarga borib oʻqitishni ham yoʻlga qoʻyamiz, - deydi jamiyat raisi Nilufar Xolboyeva.

Ana shunday ezgu ishni boshlagan rais bundan uch yil oldin, jamiyat aʼzosi boʻlgan 26-sonli maktab bitiruvchisi Yulduz Karimovaning ota-onasi bilan maslahatlashib, uni iqtidorli, zehnli va oʻta tirishqoq boʻlganligi sababli Toshkentdagi imkoniyati cheklanganlarning respublika kasb-hunar kollejida oʻqitishini soʻragan va bunga erishgan ham edi.

Yulduz Karimovaning mazkur kollejni tugatib, tikuvchilik boʻyicha modeler-dizayner, konstruktorlik mutaxassisligi diplomini olib, tumanimizga qaytishi oʻquv kursida yoshlarga shu sohada taʼlim beradigan mutaxassisga ehtiyoj tugʻilib turgan bir paytga toʻgʻri keldi.

 - Jonim bilan kollejda oʻqigan bilimlarimni, amaliy tajribalarimni opa-singillarimga oʻrgataman. Ular ham mohir tikuvchi boʻlib yetishisha-di, - deydi Yulduzxon Karimova.

Jamiyat aʼzolari – chevar tikuvchi Saida Oʻrozboyeva, toʻqish ustasi Shoira Najmiddinovalar ham bu savobli ishga bosh qoʻshganlardan.

Xonada ular tikkan, toʻqigan liboslarni koʻrib, hamsuhbat boʻlib, Yaratganning ular jismini nuqson bilan yaratgan boʻlsa-da, yuksak aql-idrok va qobiliyat berganiga amin boʻladi, odam. Va beixtiyor tilingizga  ularga olqish otilib keladi. Axir atrofimizda, koʻz oʻngimizda barcha muchasi sogʻ-u, umrini bemaqsad oʻtkazayotganlar qancha?

Hunarni asrabon netgumdir oxir,

Olib tuproqqami ketgumdir oxir, -

deydi hazrat Mir Alisher Navoiy bobomiz.

Avvalo imkoniyati cheklangan boʻlsa-da, qiyinchiliklarni yengib kasb oʻrgangan, kasbini oʻzlaridek ayol-qizlarga ham oʻrgatishdek qutlugʻ ishga bel bogʻlagan Nilufar Xolboyeva rahbarligidagi besh barmogʻi hunarli qizlarga boshlagan ishlaringiz oʻngidan kelsin, deya tilak bildirdik.

 

Oygul RAJABOVA,
Mahmudjon ShOMURODOV.

Suratda: oʻquv kursi mashgʻulotlari jarayonidan lavha.
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026