YuTUQLAR SARI OLGʻA
Hozirgi paytda yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Shu imkoniyatlardan unumli foydalanib kelayotganlarning biri 21-sonli musiqa va sanʼat maktabi oʻquvchisi Dostonbek Tilovmurodovdir. U 18-sonli maktabda tahsil oladi, jamoat ishlarida faol qatnashib keladi, yosh boʻlishiga qaramasdan, ijodkor oʻquvchilarning koʻplab koʻrik-tanlovlariga qatnashib, faxrli oʻrinlarni egallab kelmoqda. Shu jumladan, 2015-yil Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan "Sanʼat gʻunchalari” koʻrik-tanlovida faxrli 3-oʻrinni, Nukus shahrida boʻlib oʻtgan "Qosiq ushin jaratilgʻan yeng jaqsi nama” tanlovida 1-oʻrinni, "Kamalak yulduzlari” oʻquvchilar ijodiyoti tanlovining tuman bosqichida faxrli 2-oʻrinni egalladi. Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan "Sanʼat gʻunchalari” damli va zarbli cholgʻu asboblari ijrochilarining xalqaro tanlovida fleytada koʻy ijro etib, maxsus sertifikat bilan qaytdi.
U koʻplab koʻrik-tanlovlarda, tadbirlarda, bayramlarda faol qatnashib, diplom, faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlanib kelmoqda. Dostonbekning barcha oʻqituvchilari, ota-onasi, doʻstlari va yaqinlari uning etuk inson boʻlishiga ishonadilar!
Dostonbek kelajakda albatta, Vatan bayrogʻini yuqori koʻtaradi. Biz unga omad va yutuqlar sari intilib yashashni tilab qolamiz.
Maftuna OʻROZBOYeVA,
18-sonli maktab oʻquvchisi.
(Foto - http://zakovat.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶