01.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
01.10.2026, 15:30
Jamiyat 👁 4,055

“MAHALLANING ENG ORASTA QIZLARI”

“MAHALLANING ENG ORASTA QIZLARI”

Maʼlumki, tumanimizdagi barcha taʼlim muassasalarida jamoatchilik asosida faoliyat olib boruvchi "Orasta qizlar”  toʻgaragi tashkil etilgan boʻlib, bu toʻgaraklarda qizlarni mustaqil hayotga oʻrgatish asnosida tozalik, ozodalik, orastalik, gigiyenaga oʻrgatish hamda eng muhimi, maʼnaviy dunyoqarashini shakllantirish nazarda tutilgan. Voyaga yetmagan qizlar orasida erta turmush va tugʻruqlarning oldini olish, sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish yoʻlga qoʻyildi. Bu toʻgaraklarga faol qizlar aʼzo boʻlib, tengdoshlari oʻrtasida tashviqot-targʻibot ishlarini olib borishmoqda.

Shuningdek, yoshlarni 12 yillik majburiy taʼlim jarayoniga qamrab olish, oilaviy hayotga tayyorlash, erta tugʻish va erta turmushga chiqarish holatlarining oldini olish, oilalar turmushi buzilishining oldini olishda hamkorlik tizimi yaratildi.

Dastlab maktab oʻquvchilari, soʻng litsey, kollejlar oʻquvchi qizlari orasida "Orasta qizlar” toʻgaraklari tashkil etilgan boʻlsa, ayni kunda bu toʻgaraklar faoliyati keng koʻlam kasb etib, mahalla tizimiga ham olib kirildi va yagona reja asosida faoliyat koʻrsatmoqda. "Orasta qizlar” toʻgaragi aʼzolariga shifokorlar, tajribali uy bekalari, koʻpni koʻrgan onaxonlar ozodalik «Alifbe»sini oʻrgatish bilan toʻgarak mashgʻulotlarini boshlab, bugun mahalla-koʻyga, xonadonlarga orastalik va pokizalikni olib kirdilar.

Yaqinda tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, «Mahalla» xayriya jamoat fondi, «Kamolot» YoIH faollari bilan hamkorlikda "12 yillik majburiy taʼlim – mening saodatim uchun” shiori ostida "Orasta qizlar” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi.

Tanlov yakunida hakamlar hayʼati xulosalariga koʻra, 3-oʻrinni Ayoqchi mahalla fuqarolar yigʻini, 2-oʻrinni Jumurtov shaharcha fuqarolar yigʻini hamda faxrli 1-oʻrinni Qilichboy ovul fuqarolar yigʻini "Orasta qizlari” egalladilar va tashkilotchilarning faxriy yorliq hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanib, tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

"Mahallaning eng orasta qizlari” koʻrik-tanlovi gʻolibi boʻlgan Qilichboy ovul fuqarolar yigʻinining "Sharq gavhari” jamoasiga keyingi bosqichda ham omad tilaymiz!

 

Gavhar ChIMBOYChIYeVA,
"Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman boʻlinmasi boshqaruvi bosh mutaxassisi.
(Foto - http://uza.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026