HARBIY XIZMATChILARGA BAYRAM TUHFASI
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, Yurtboshimiz Farmoniga koʻra tashkil etilgan milliy armiyamiz yurtimiz sarhadlarini ishonchli qoʻriqlab, xalqimizning tinch-osuda hayotini taʼminlab kelmoqda.
Harbiy sohada olib borilgan islohotlar va hukumatimizning eʼtibori tufayli kuchli zamonaviy texnologiya va qurol-yaroq bilan taʼminlangan armiyamiz shakllandi. Ayni kunda harbiy sohada, muddatli harbiy xizmatda eng abjir, zukko va fidoyi oʻgʻlonlar xizmat qilib, sarhadlarimizni sergaklik bilan qoʻriqlashmoqda, harbiy xizmatni ado etish – yigitlarning shon-sharaf ishiga aylanmoqda.
Shu oʻrinda harbiy xizmatchilarning xizmat burchlarini ado etishlari, oilasi bagʻrida baxtiyor yashashlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ham havas qilgulik ekanligini taʼkidlash joiz. Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari oʻz muddatida chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan oʻtkazib turiladi.
Yaqinda tuman Madaniyat va sport ishlari boʻlimi tomoshalar zalida tumanimizda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlariga qarashli harbiy qismlarning harbiy xizmatchilari, ularning oila aʼzolari va chegara hudud aholisi uchun Oʻzbekiston Respublikasi milliy xavfsizlik xizmati chegara qoʻshinlari ansamblining mamlakatimiz mustaqilligining 25 yilligi oldidan bayramga tuhfa sifatida kontserti boʻlib oʻtdi.
Kontsert dasturida xalqimiz ardogʻidagi sanʼatkorlar – Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan artist Maqset Oʻtemurodov, "Nihol” mukofoti sovrindori Malika Egamberdiyeva, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekovlar ishtirok etdilar. Kontsertda ijro etilgan mustaqillikni, ona Vatanni madh etuvchi qoʻshiqlar barchaga aʼlo kayfiyat baxsh etdi.
Jahongir ESANOV,
9202-"D” harbiy qism
kichik serjanti.
(Foto - http://uza.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶