YeRLARNING HOSILDORLIGINI OShIRISh YOʻLIDA
Tumanimizdagi xoʻjaliklararo "Alili yop” kanali koʻp yillar oldin loyihasiz qurilgan boʻlib, shu vaqtgacha rekonstruktsiya qilinmagan edi. Shuningdek, kanaldan fermer xoʻjaliklarining suv olish nuqtalarida muhandislik tipidagi gidroinshootlar yoʻq, suv olish uchun koʻp miqdorda ichki nasoslar ishlatilar, bu oʻz navbatida ekspluatatsiya xarajatlarining juda oshib ketishiga sabab boʻlayotgan edi.
Qisqa qilib aytganda, "Alili yop” kanalining mavjud holati oʻz vazifasini toʻla bajaraolmay, Qilichboy arna kanalidan olingan meʼyordagi suv kanalning oxirida joylashgan fermer xoʻjaliklarining ekin maydonlariga yetib bormay qolgandi. Bu holat hududda paxta, gʻalla va boshqa qishloq xoʻjalik ekinlaridan olinadigan hosildorlikning keskin pasayib ketishiga olib keldi, kanalni rekonstruktsiya qilish ehtiyojini yuzaga keltirdi.
Mavjud ahvolni hisobga olgan holda 2014-yilning may oyida kanalni ikki bosqichda rekonstruktsiya qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. 22,9 km. uzunlikdagi kanal rekonstruktsiyasida koʻzda tutilganiday 4 mlrd. 715 mln. soʻmlikdan ziyod taʼmirlash ishlari olib borildi. 7245 gektar ekin maydoniga suv yetkazib berish quvvatiga ega boʻlgan kanalda 1 dona bosh gidroinshoot, 2 dona quvurli akveduklar, 5 dona koʻtarma gidroinshoot, 1 dona quvurli oʻtkazgich, 20 dona suvning meʼyorida oqishini taʼminlovchi inshootlar oʻrnatildi.
Quyi suv sarfi sekundiga 3,3 m. kubni, oʻrtacha suv sarfi 8,3 m. kubni, eng yuqori suv safi esa 10 metr kubni tashkil etish darajasiga yetkazilgan kanaldagi rekonstruktsiya ishlari "Amudaryodavsuvmaxsuspudrat” davlat unitar korxonasi tomonidan ado etildi va ekspluatatsiya qiluvchi tashkilot – Mangʻit Nazarxon irrigatsiya tizimi boshqarmasiga shu yilning iyun oyida topshirildi.
Rekonstruktsiya ishlarining olib borilishi natijasida mazkur kanal suvidan sugʻoriladigan 7245 gektar ekin maydonlarida, shu jumladan 6313 gektar paxta maydoni, 875 gektar gʻalla maydoni, 236 gektarsabzavot, 813 gektartomorqa, 1705 gektarboshqa ekinlarning suv taʼminoti yaxshilandi. Jami 32 nasos stantsiyadan 24 tasini ishlatishga zarurat qolmadi. Natijada yiliga 146 tonna dizel yoqilgʻisini, 6,5 mln. kvt. elektr energiyasini iqtisod qilish imkoni yaratildi, 12,5 mln. m3suv iqtisod qilinadi.
Shuningdek, ekin maydonlarida paxta hosildorligini 5, gʻalla hosildorligini 8 tsentnerga oshirishga erishiladi.
Bu oʻz navbatida tumanimizda qishloq xoʻjalik mahsulotlari yetishtirishni sezilarli darajada koʻpaytirishga zamin yaratadi.
Baxtiyor Davekov, "Mangʻit-Nazarxon”ITB boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶